Aylyoanalarni tashqi tomonidan aylana yoyi bilan tutashtirish uchun (5-shakl), berilgan tutashtirish radiusi R ni R1 ga qo’shib, R+R1 ga teng radiusda 01 dan, R+R2 ga teng radiusda 02 dan yoylar chiziladi va ularning o’zaro kesishishidan tutashtirish markazi 0 hosil bo’ladi. 0 bilan 01 va 02 lar tutashtirilsa, aylanalarda o’tish nuqtalari 1 va 2 topiladi. 0 nuqta orqali bu o’tish nuqtalari R radiusda tutashtiriladi.
Aylanalarni tutashtirishda ichki tutashma hosil qilish uchun (6-shakl), berilgan tutashtirish radiusi R dan 01 markazli aylana radiusi ayirmasi R-R1 ga teng radiusda 01 dan, R-R2 ga teng radiusda 02 dan yoylar chizilsa, ular o’zaro kesishib, tutashtirish markazi 0 topiladi. 0 bilan 01 va 02 tutashtirilib davom ettirilsa, aylanalarda o’tish nuqtalari 1 va 2 hosil bo’ladi. 1 va 2 nuqtalar radius R da tutashtiriladi.
Misol. 01 markazli aylanaga tashqi, 02 markazli aylanaga ichki tutashma berilgan R radiiusda bajarilsin, (7-shakl).
R+R1 da 01 dan, R-R2 radiusda 02 dan yoylar chiziladi va ularning o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan tutashtirish markazi 0 aniqlanadi. 0 bilan 01 va 02 lar tutashtiriladi. shunda 001 oralig’ida 1, 002 ning davomida 2 o’tish nuqtalari topiladi. 0 nuqta orqali R radiusda topilgan o’tish nuqtalari tutashtiriladi. Natijada aralash tutashma hosil bo’ladi.
Misol. Detal konturi tutashmalar qoidasiga binon ko’rsatilgan o’lchamlarda ko’chirib chizilsin (8-shakl,a).
8-shakl
Tutashtirish qoidalariga amal qilgan xolda tashqi va ichki tutashmalar ingichka chiziqlarda chizib chiqiladi (8-shakl,b).
2. Aylanalarga urinma to’g’ri chiziq o’tkaziladi va chizma taxt qilinadi (8-shakl,s).
|