|
1-Mavzu. Texnik chizmalarni grafik bajarishning asosiy qoidalari Kirish
|
bet | 12/17 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 58,02 Kb. | | #228435 |
Bog'liq 1-Mavzu. Texnik chizmalarni grafik bajarishning asosiy qoidalari-www.hozir.org11-shakl
Tekshirish uchun savollar
1. Nima uchun chizma chiziqlari turli yo’g’onliklarda bo’ladi?
2. CHizma formatlari qanday hosil bo’ladi?
3. Masshtablar turi nechta?
4. Qanday o’lchamlar mavjud?
5. Geometrik yasashlar deganda nimani tushunasiz?
6. Qanday tutashmalar mavjud?
7. Qiyalik nima? Konuslik-chi?
8. 7-o’lchamda yozilgan «Chizma» so’zini aniqlang.
9. Qanday chiziq tasvirlangan?
A. Asosiy yo’g’on tutash
V. SHtrix-punktir
S. SHtrix
D. Ingichka tutash
10. A3 formatni aniqlang.
A. 210x297
V. 841x1189
S. 420x594
D. 297x420
11. To’g’ri tasvirlangan o’lcham chizig’ining ko’rsatkichini aniqlang.
12. Qanday masshtab (25:1) tasvirlangan?
A. Kattalashtirish
V. Natural
S. Kichiklashtirish
5-Mavzu To’g’ri burchali proeksiyalar.
Reja: Bosh ko’rinish, ustdan, chapdan, o’ngdan, ostdan, ortdan (orqadan) ko’rinishlar. Mahalliy va qo’shimcha ko’rinishlar.
Ko’rinishlar
GOST 2.305-68 ga muvofiq asosiy ko’rinishlar oltita bo’lib, 1-shakldagidek tasvirlanadi: 1. Olddan, 2. Ustdan, 3. CHapdan, 4. O’ngdan, 5. Ostdan, 6. Ortdan (orqadan) ko’rinish deyiladi. SHulardan uchtasi asosiy ko’rinish hisoblanib, detalning frontal proeksiyasi bosh yoki olddan ko’rinish, gorizontal proeksiyasi ustdan ko’rinish, profil proeksiyasi yondan yoki chapdan ko’rinish deyiladi. 2.2-shaklda detalga nisbatan uning ko’rinishlarini ko’rsatuvchi yo’nalishlar berilgan. Jumladan 1-yo’nalish bosh yoki olddan, 2-yo’nalish ustdan, 3-yo’nalish chapdan ko’rinishlarni ko’rsatmoqda.
1-shakl
Modelning asliga qarab uning asosiy ko’rinishlarini chizishda birinchi bo’lib, bosh (olddan) ko’rinish tanlanadi. Bu ko’rinish orqali model to’g’risida eng ko’p ma’lumot olish bilan bir qatorda uning tuzilish xarakterini ham ochib berish kerak. Bosh ko’rinishga nisbatan qolgan ko’rinishlar joylashtiriladi (2-shakl).
|
| |