Izometrik o’qlar chizilgandan keyin V, va W tekisliklarda muntazam oltiburchakning texnik rasmi H dagi kabi chiziladi (3.7-shakl).
Misol. H, V va W tekisliklardagi aylanalarning texnik rasmi chizilsin (3.8-shakl).
Ma’lumki, aylana izometriyada ellips shaklida tasvirlanadi. SHuning uchun oldin ellips chizish bilan tanishib chiqiladi. O’zaro perpendikulyar o’qlar chiziladi va aylana diametri AV gorizontal chiziqqa o’lchab qo’yiladi. AV o’zaro teng 5 bo’lakka bo’linadi va z o’qqa 3 bo’lak o’lchab qo’yiladi (9-shakl, a). 1 va 2 nuqtalar Ye nuqta bilan tutashtiriladi va ularga OS kesma 1 nuqtadan, 2A kesma 2 nuqtadan o’lchab qo’yiladi va T, K bilan belgilanadi. SHu tartibda ellipsning qolgan nuqtalari topiladi (9-shakl, b). Bu yerda ellips H tekisligida yasalgan bo’lib, uning katta AV o’qi z o’qiga perpendikulyar, kichik o’qi SE esa z o’qiga qo’shilib tasvirlanmoqda. Ellipsning katta o’qi V tekisligida u o’qqa, W tekisligida x o’qqa perpendikulyar bo’lgani uchun, izometriya o’qlarining kesishish nuqtasidan x, u, z o’qlarining davomida bir xil masofada, texnik rasmi chiziladigan aylanalarning markazlari O nuqtalar tanlab olinadi va shu nuqtalardan x, u, z o’qlarga perpendikulyar chiziqlar o’tkaziladi. SHunda chiziladigan ellipslarning katta o’qlari hosil bo’ladi. Endi har bir tekislikda aylanalarning texnik rasmlari yuqorida bayon qilingan usulda chizib chiqiladi (8-shaklga qarang). 10-shaklda prizmaning, 11-shaklda silindrning H, V va W tekisliklardagi texnik rasmlari izometriyada tasvirlangan.
|