Aylanani o’zaro teng 5 bo’lakka bo’lish uchun (6-shakl,a) OA radiusi teng ikkiga bo’linadi va V1 radiusda yoy chizilib, aylana diametrida S nuqta aniqlanadi. 1S aylanani teng 5 bo’lakka bo’luvchi kesma hisoblanadi. Aylanalarni har xil nisbatlarda teng bo’laklarga bo’ladigan kesmalarni aniqlash 6-shakl,b da ko’rsatilgan.
4-Mavzu Tutashmalar
O’zaro kesishuvchi yoki o’zaro parallel ikki to’g’ri chiziqni, to’g’ri chiziq bilan aylanani va ikki aylanani aylana yoyi bilan ravon tutashtirishga tutashma deb ataladi. 1-shaklda tutashmalar qatnashgan detal chizmasi keltirilgan
Burchaklarni yumaloqlash. To’g’ri burchakni berilgan R40 yoy bilan yumaloqlash uchun (2-shakl,a). Burchak tomonlariga 40 mm masofada parrallel to’g’ri chiziqlar o’tkaziladi. Bu to’g’ri chiziqlar o’zaro kesishib, tutashma markazi 0 ni, burchak tomonlari bilan kesishib kesishib esa o’tish nuqtalari 1 va 2 larni hosil qiladi. 0 nuqtadan berilgan radiusda 1,2 nuqtalar tutashtirilib burchak yumaloqlanadi.
Yumaloqlanadigan burchak o’tkir yoki o’tmas bo’lsa (2-shakl,b,s), xudi 1.8-shakl a dagidek tutashma markazi O aniqlab olinadi. O nuqtadan burchak tomonlariga perpendikulyar chiziqlar o’tkazib, o’tish nuqtalari 12 topiladi. Topilgan nuqtalar berilgan radiusda o’zaro tutashtiriladi.
O’zaro parallel to’g’ri chiziqlarni yumaloqlash uchun (2-shakl, d) ularga perpendikulyar chiziq o’tkazib, o’tish nuqtalari 1 va 2 topiladi 1 va 2 kesmaning o’rtasida tutashtirish markazi 0 aniqlanib, parallel to’g’ri chiziqlarning o’zaro ravon o’tishi ta’minlanadi.
Aylanalarga urinma to’g’ri chiziq o’tkazishda (3-shakl,a) aylanalar radiuslari o’zaro teng bo’lsa, ularning markazlari tutashtiriladi va 0,01 nuqtalardan 001 chiziqqa perpendikulyar qilib radiuslari chiziladi. SHunda aylanalarda o’tish nuqtalari 1 va 2 aniqlanadi. Bu nuqtalar o’zaro tutashtirilsa, aylanalarga urinma to’g’ri chiziq o’tkazilgan bo’ladi.
3-shakl
Urinma to’g’ri chiziq o’tkaziladigan aylanalar radiuslari har xil kattalikda bo’lsa (3-shakl,b) ularning radiuslari ayirmasi R-R1 ga teng radiusda, kattaroq aylana markazidan yordamchi aylana chiziladi. 02(001/2) dan 002 radiusda yoy chizilsa, bu yoy 0 markazli yordamchi aylanani A nuqtada kesadi. O va A nuqtalar tutashtirilib davom ettirilsa, katta aylanada o’tish nuqtasi 1 topiladi. 01 dan 01 ga parallel chizilsa, kichik aylanadagi o’tish nuqtasi 2 hosil bo’ladi. 1 va 2 nuqtalar tutashtirilsa, har xil radiusdagi aylanalarga urinma to’g’ri chiziq o’tkazilgan hisoblanadi.
01 va 02 markazli aylanalar 0 markazli aylananing tashqi (4-shakl,a) va ichki (4-shakl,b) tomonidan urinib o’tmoqda. Demak, aylanalarni o’zaro aylana yoyi bilan tutashtirishda tashqi va ichki tutashmalar mavjud ekan.
|