1-Mavzu. Texnik chizmalarni grafik bajarishning asosiy qoidalari Kirish




Download 58,02 Kb.
bet7/17
Sana13.05.2024
Hajmi58,02 Kb.
#228435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
1-Mavzu. Texnik chizmalarni grafik bajarishning asosiy qoidalari-www.hozir.org

Geometrik yasashlar.
To’g’ri chiziqqa sirkulь va uchburchaklik yordamida perpendikulyar to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin. (1-shakl a,b).
Misol. To’g’ri chiziqqa perpendikulyar to’g’ri chiziq uning A nuqtasidan o’tkazilsin (1-shakl,a). A nuqtadan barobar masofada 1 va 2 nuqtalar tanlab olinadi va bu nuqtalardan bir xil kattalikdagi yoylar chiziladi. Yoylarning o’zaro kesishishi natijasida 3 va 4 nuqtalar hosil bo’ladi, ular o’zaro tutashtirilsa, berilgan to’g’ri chiziqqa A nuqtasi orqali o’tkazilgan perpendikulyar chiziq hosil bo’ladi.
Misol. To’g’ri chiziqqa A nuqta orqali parallel to’g’ri chiziq o’tkazilsin (1-shakl, s). Berilgan to’g’ri chiziqqa uchburchaklikning bir tomoni qo’yiladi va uning boshqa tomoniga ikkinchi uchburchaklik yoki to’g’ri chizg’ich qo’yiladi. Qo’yilgan uchburchaklik yoki to’g’ri chizg’ich chap qo’l bilan bosib turiladi va to’g’ri chiziqqa qo’yilgan uchburchaklik ohista suriladi. A nuqtaga yetganda to’xtatilib, chiziq o’tkaziladi. SHunda A nuqta orqali berilgan to’g’ri chiziqqa parallel bo’lgan chiziq hosil bo’ladi.
Misol. To’g’ri chiziqqa parallel bo’lgan to’g’ri chiziq30mm masofada o’tkazilsin (2-shakl). Berilgan to’g’ri chiziqqa perpendikulyar qilib yordamchi chiziq o’tkaziladi va unga 30 mm o’lchab qo’yiladi. A nuqtadan berilgan to’g’ri chiziqqa parallel to’g’ri chiziq uchburchakliklar yordamida o’tkaziladi. Yoki berilgan to’g’ri chiziqning ikkita nuqtasidan perpendikulyar yordamchi chiziqlar chizib, ularga 30 mm kesma o’lchab qo’yiladi. A va V nuqtalar o’zaro tutashtirilsa, berilgan to’g’ri chiziqqa parallel to’g’ri chiziq 30 mm masofadan o’tkazilgan bo’ladi (2-shakl, b). Yoki berilgan to’g’ri chiziqning ikkita nuqtasidan sirkulda radiusi 30 mm ga teng yoylar chiziladi va bu yoylarga urinma qilib to’g’ri chiziq o’tkaziladi (2-shakl,s).












Download 58,02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 58,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu. Texnik chizmalarni grafik bajarishning asosiy qoidalari Kirish

Download 58,02 Kb.