|
1-Mavzu. Texnik chizmalarni grafik bajarishning asosiy qoidalari Kirish
|
bet | 17/17 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 58,02 Kb. | | #228435 |
Bog'liq 1-Mavzu. Texnik chizmalarni grafik bajarishning asosiy qoidalari-www.hozir.org
Misol. Detalning ikkita ko’rinishi bo’yicha uning texnik rasmi oldin izometriyada, keyin qiyshiq burchakli dimetriyada chizilsin (3.15-shakl).
Izometrik o’qlar chizilgandan keyin detalning asosi va ustidagi silindrlarning rasmlari chiziladi (16-shakl,a). Detalning asosidagi silindrik teshiklar, yumaloqlangan burchaklari va qovurg’alarini rasmi chiziladi (16-shakl, b).
16-shakl
Detalning texnik rasmini qiyshiq burchakli dimetriyada chizishdan oldin uning aylanalarini qulay vaziyatda chizishni aniqlash tavsiya etiladi. Bu yerda z o’qi u o’qqa almashtirilib chizilishi tavsiya etiladi. Chunki aylana H tekisligida ellips shaklida chiziladi. V da esa aylana ko’rinishida tasvirlanadi. Shuning uchun ellipsni aylanaga almashtirib chizish tavsiya etiladi (16-shakl, s).
Tekshirish uchun savollar.
1. Texnik rasmlar qanday proeksiyalar asosida chiziladi?
2. Texnik rasm nima uchun kerak? Uning mohiyati nimada?
3. Aylanalarning texnik rasmlari qanday egri chiziq ko’rinishida tasvirlanadi? Nima uchun?
4. Izometriyada texnik rasm chizishda x va u o’qlarni o’tkazish uchun gorizontal chiziq bo’yicha beshta birlik olinsa, vertikal chiziq bo’yicha nechta birlik olinadi?
A. Beshta V. To’rtta S. Uchta D. Ikkita Ye. Bitta
5. Qiyshiq burchakli dimetriyada aylana qaysi tekislikda o’zining shaklini o’zgartirmay tasvirlanadi?
A. Gorizontal V. Profil S. Frontal D. Qo’shimcha
http://hozir.org
|
| |