• 1-shakl 2-shakl
  • 3-shakl 4-shakl Texnik rasm
  • -Mavzu Aksonometrik proeksiyalar. Izometriya.Dimetriya




    Download 58,02 Kb.
    bet14/17
    Sana13.05.2024
    Hajmi58,02 Kb.
    #228435
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    1-Mavzu. Texnik chizmalarni grafik bajarishning asosiy qoidalari-www.hozir.org

    6-Mavzu Aksonometrik proeksiyalar. Izometriya.Dimetriya.
    Reja: To’g’ri burchakli izometrik va dimetrik proeksiyalar. Texnik rasm bajarishda aksonometriyaning o’rni.

    Aksonometrik proeksiyalar
    Aksonometrik proeksiya turlaridan izometriya va dimetriyani ko’rib chiqamiz.
    Izometriya. To’g’ri burchakli izometriyada koordinata o’qlari orasidagi burchaklar o’zaro teng, ya’ni 1200 bo’ladi (1-shakl). Qiyshiq burchakli izometriyada koordinata o’qlarining o’zaro joylashishi uning turiga qarab chiziladi.
    Frontal izometriyada (1-shakl, b), gorizontal izometriyada (1-shakl, s) koordinata o’qlarining o’zaro joylashishiga e’tibor berilsin. Kub va undagi aylanalarning tasvirlanishi to’g’ri burchakli izometriyada (2-shakl, a), frontal izometriya (2-shakl, b) va gorizontal izometriyada(2-shakl, s) tasvirlangan.
    Dimetriya. To’g’ri burchakli dimetriyada koordinata o’qlari 3-shakl, a dagi kabi, qiyshiq burchakli dimetriyada 3-shakl, b dagidek chiziladi. Kub va undagi aylanalarning tasvirlanishi to’g’ri burchakli dimetriyada (4-shakl, a), qiyshiq burchakli dimetriyada (4-shakl, b) ko’rsatilgan.

    Tekis shakl va sirtlarning aksonometriyada tasvirlanishini texnik rasmlar mavzusida tanishtiriladi.






    1-shakl





    2-shakl





    3-shakl


    4-shakl


    Texnik rasm
    Texnik rasmlar aksonometrik proeksiya turlaridan biri asosida chiziladi. Texnik rasmlar chizish asboblaridan foydalanilmasdan narsaning nisbatlari ko’zda chamalab chiziladi. Izometriya o’qlarini chamalab chizish uchun yarim aylana chiziladi va uning choragi teng uch qismga bo’linadi (5-shakl, a). Gorizontal chiziq tomonidagi birinchi bo’lak





    5-shakl
    nuqtasi aylana markazi O bilan tutashtirilsa, izometrik o’qlar x va u hosil bo’ladi. Yoki z o’qqa perpendikulyar chiziqqa O dan boshlab ikki tomonga o’zaro teng beshtadan, so’ngra pastga uchtadan kesma o’lchab qo’yiladi. 31 va 0 nuqta tutashtirilsa, x va u o’qlar hosil bo’ladi (5-shakl, b).
    Misol. Muntazam oltiburchakning texnik rasmi chizilsin.
    Texnik rasmni izometriyada chizish uchun izometrik o’qlar chiziladi va x o’qqa O dan boshlab ikki tomonlama 1 va 4 nuqtalar, u o’qqa O dan boshlab A va V nuqtalar oralig’i ko’zda chamalab qo’yiladi. A va V nuqtalardan x o’qqa parallel chiziqlar o’tkazilib, ularga A va V dan 2 va 3, 5 va 6 nuqtalar oraligi olib o’tiladi. SHunda muntazam oltiburchakning uchlari hosil bo’ladi va ular o’zaro tutashtiriladi (6-shakl).








    Download 58,02 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 58,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu Aksonometrik proeksiyalar. Izometriya.Dimetriya

    Download 58,02 Kb.