Qiyshiq burchakli dimetriyada texnik rasm chizish uchun oldin x va z o’qlar o’zaro perpendikulyar qilib chizib olinadi va ularga nisbatan u o’q o’tkaziladi.
Misol. Muntazam oltiburchakning texnik rasmi H, V va W tekisliklarda chizilsin (12-shakl).
Oltiburchak V tekisligida o’zining haqiqiy ko’rinishida tasvirlanadi, qolgan tekisliklarda u qisqarib tasvirlanadi. Shuning uchun oltiburchakning H va W dagi texnik rasmini V dagi haqiqiy ko’rinishiga qarab chiziladi. Ma’lumki, qiyshiq burchakli dimetriyada u o’qqa o’lchamlar boshqa o’qlarga nisbatan ikki marta qisqartirib o’lchab qo’yiladi. SHuning uchun AV ni u o’qqa ikki marta qisqartirib qo’yiladi. barcha yasashlar chizmaning o’zidan yaqqol ko’rinib turibdi.
Misol. Aylananing texnik rasmi qiyshiq burchakli dimetriyada yasalsin (13-shakl, a). Aylana V tekisligida o’zgarmay o’zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Qolgan tekisliklarda cho’ziqroq ellips ko’rinishida chiziladi.
Oldin H tekisligida aylana texnik rasmining chizilishi bilan tanishiladi. Buning uchun x va z o’qlar chiziladi va ularga nisbatan taxminan 70 burchakda ellipsning katta o’qi AV va kichik o’qi SE o’tkaziladi. Ellipsning katta o’qi AV diametriga, kichik o’qi SE aylana diametrining uchdan bir, ya’ni SEq1/3 AV qismiga teng olinadi. Katta o’q AV teng uch qismga bo’linadi va uning bir bo’lagi kichik o’q SE ga olib o’tiladi. Ye va 1 nuqtalar tutashtiriladi, 1 nuqtadan OS masofa o’lchab qo’yiladi va T bilan belgilanadi. A, T, S nuqtalar ravon tutashtirilsa, ellipsning chorak qismi yasaladi. SHu tartibda ellipsning qolgan qismlari chiziladi (13-shakl, b).
14-shaklda uchchala proeksiyalar tekisliklarida aylanalarning texnik rasmlarini qiyshiq burchakli dimetriyada chizilishi ko’rsatilgan.
|