|
-jadval
Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari
|
bet | 96/108 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #113285 |
Bog'liq 1 mavzu Xorijiy investitsiyalarning mazmun mohiyati va tasnifla8.5-jadval
Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari
Ichki sabablar
|
yaratilgan investitsiya muhitidan foydalanish
|
boshqaruvning yangi usullarini o’zlashtirish
|
zamonaviy va eng qulay tartibga erishish; borishni tezlashtirish; ijtimoiy, madaniy va siyosiy bilimlarni kengaytirish; xodimlar malakasini oshirishIshlab chiqarish miqyosida tejash
|
mahalliy ishchi kuchi resurslaridan samarali foydalanishni kengaytirish;
|
xorij bozoriga kirib borishni tezlashtirish
|
ijtimoiy, madaniy va siyosiy bilimlarni kengaytirish
|
xodimlar malakasini oshirish
|
Tashqi sabablar
|
jahon bozoriga chiqish
|
xorijiy iqtisodiy aloqalarning yaxshiligi
|
milliy hukumat talablari
|
sog’lom va samarali raqobat muhiti
|
Strategik sabablar
|
mustahkam xom ashyo bazasiga ega bo’lish
|
texnologiyalar transferti
|
ishlab chiqarishni kengaytirish
|
mamlakatda zamonaviy ish yuritish usullaridan foydalanish imkoniyati
|
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, jahon xo’jaligini rivojlantirishda xalqaro kapital migratsiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalari mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini, ishlab chiqarish hajmini ko’paytiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligini, importchi mamlakatlar texnik salohiyatini o’stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi.
Albatta xorijiy investitsiyali korxonalar orasida faoliyat yuritmayotganlari ham bor, lekin faol ishlab turgan korxonalar sonining tobora oshib borishi ijobiy ko’rsatkich bo’lib, xorijiy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga qiziqishi ortayotganidan va umumiy biznes yuritish muhiti yaxshilanib borayotganidan dalolat beradi.
Ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sanoat tarmoqlari ulushiga xorijiy investitsiyali korxonalar mahsulotining qariyb 80%i to’g’ri keladi. Faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning eng yuqori ulushi sanoat tarmog’iga to’g’ri keladi. 2010 yilda jami xorijiy investitsiyali korxonalarning 31,7 %i sanoat tarmog’ida faoliyat yuritgan (8.3.2-jadval).
So’nggi 10 yil mobaynida mashinasozlik sohasining ishlab chiqarish hajmi xorijiy investitsiyali korxonalarning umumiy mahsulotida 31% dan 39% ga ko’tarildi. Buning boisi shundan iboratki, respublikamizda avtomobilsozlik va unga aloqador tarmoqlar jadal sur’atlarda rivojlanib bormokda. Asakadagi avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan engil mashinalar soni yildan-yilga o’sib bormoqda. 2007 yil oktyabrda O’zbekiston hukumati va AQShning yirik kompaniyasi “Jeneral Motors” o’rtasida bitim imzolanib, unga ko’ra “JM O’zbekiston” korxonasi tashkil etildi. Ushbu qo’shma korxonaning tashkil etilishi respublikamizda ishlab chiqariladigan avtomobillarning yangi turlarini joriy etish, sifatini ta’minlash va ularni eksport qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ushbu zavod bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritayotgan boshqa butlovchi qismlar etkazib beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ham “Jeneral Motors”ning global masshtabdagi marketing tizimiga bog’lash imkonini yaratadi.
Xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatiga xos bo’lgan yana bir jihat shundan iboratki, ular faol ravishda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanib kelishmoqda. Ushbu korxonalarning tashqi savdo aylanmasi 2000 yilda 1,2 mlrd. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda ushbu ko’rsatkich hajmi 7,8 mlrd. dollargacha yoki 6,5 martaga ortgan. Xorijiy investitsiyali korxonalar tarkibida xizmat ko’rsatish, savdo va ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ko’pligi tufayli, ushbu korxonalarning tashqi savdo qoldig’ida muntazam salbiy natija kuzatilmoqda. Jumladan, 2009 yilda ushbu korxonalarning eksport-import operatsiyalari balansining salbiy qoldig’i 1,0 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu holat, aksariyat xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatining ko’proq qismi ichki bozorga yo’naltirilishi bilan izohlanadi
Xorijiy investitsiyali korxonalarning investor mamlakatlar bo’yicha tarkibida etakchi o’rinni Rossiya, Turkiya, AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog’iston, Eron, Shveytsariya kabi mamlakatlar egallashgan. Jumladan, 2000 - 2007 yillarda Rossiyaningulushi 17%dan 18%ga, Koreya Respublikasining ulushi 5%dan 8%ga, Xitoyning ulushi 3%dan 5%ga qadar ortgan.
|
| |