|
1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
|
bet | 98/108 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #113285 |
Bog'liq 1 mavzu Xorijiy investitsiyalarning mazmun mohiyati va tasniflaAsosiy tushunchalar
Autsorsing (inglizcha “ outsourcing “ so’zidan olingan bo’lib, “tashqi manba” degan ma’noni anglatadi) — bir tashkilot tomonidan muayyan biznes-jarayon yoki ishlab chiqarish funktsiyasining ushbu sohadagi ixtisoslashgan boshqa korxonaga topshirilishi.
Investitsiyalar — foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik ob’ektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo’yiladigan pul mablag’lari, banklarning maqsadli omanatlari, aktsiyalar, boshqa qimmatbaho qog’ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar.
Asosiy kapitalga investitsiyalar — asosiy fondlarni yaratish, takror ishlab chiqarish va sotib olishga sarflangan bir yo’la xarajatlar.
Asosiy fondlar — bir necha takror ishlab chiqarish tsiklida qatnashib, o’z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga asta-sekinlik bilan o’gkazib boruvchi ishlab chiqarish vositalari.
Investitsiyalarning texnologik tarkibi — bironbir ob’ektga sarflanayotgan kapital qo’yilmalarning xarajatlar tarkibi va ularning umumiy smeta qiymatidagi ulushi. Texnologik tarkibi kapital qo’yilmalarning qancha qismi qurilish-montaj ishlari, mashina va asbob-uskunalarni sotib olish, loyiha-tadqiqot ishlari va boshqa xarajatlarga yo’naltirilganligini anglatadi.
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibi — kapital qo’yilmalarning asosiy ishlab chiqarish fondlarini takror ishlab chiqarish shakllari bo’yicha taqsimlanishi va ular o’rtasidagi nisbat. Ushbu tarkib kapital qo’yilmalarning qancha qismi yangi qurilish, amaldagi ishlab chiqarishni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiyalashga yo’naltirilganligini ifoda etadi.
Investitsiyalarning tarmoq tarkibi — kapital qo’yilmalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi.
Investitsiyalarning hududiy tarkibi — kapital qo’yilmalarning mamlakat hududlari bo’yicha taqsimlanishi va ular o’rtasidagi nisbat.
|
| |