-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning tarkibi, sabablari va oqibatlari




Download 0.52 Mb.
bet3/41
Sana13.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#97961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org
Uzbekistan, O\'zbekistonda Millatlar aro Munosabatlar, 14-mavzu, Energiya - Vikipediya, 6044 485 13.00.02 (1), Elektrolitlarda elektr toki, inson huquqlari, 4 класс 2 чт, 30-psixolog, Eshquvvatova Mohinur, маъруза матни, «umumiypedagogika», a, 1693
2-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning tarkibi, sabablari va oqibatlari
  1. Xufyona iqtisodiyot tushunchasining mazmuni. Xufyona faoliyat va uning turlari.


  2. Xufyona iqtisodiyot vujudga kelishi sabablari. Xufyona iqtisodiyotning namoyon bulish shakllari.


  3. Xufyona iqtisodiyotning asosiy soxalari.


  4. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish oqibatlari.


1.Xufyona iqtisodiyot tushunchasining mazmuni. Xufyona faoliyat va uning turlari.


Xufyona iqtisodiyot mavjudligiga dastlab 20-asrning 30-yillarida e’tibor bera boshladilar. XX asrning 70-yillaridan boshlab xufyona iqtisodiyotni ilmiy tadqiq qilish boshlandi. Xufyona iqtisodiyotni tahlil qilish rivojlanayotgan mamlakatlar misolida ingliz sotsiologi K.Xart tomonidan birinchilar qatorida boshlandi U “uchinchi dunyo” mamlakatlarida ko‘plab shaharliklarning rasmiy iqtisodiyotga aloqador emasligini aniqladi. U norasmiy iqtisodiyot atamasini ilmiy muomalaga kiritdi. Daromad olishning formal va noformal shakllari o‘rtasidagi farq ish haqi va o‘zini o‘zi ish bilan band qilish asosida topilgan daromad o‘rtasidagi farq sifatida izohlandi. P.Gutman (AQSh) xufyona iqtisodiyot ko‘lamiga va roliga e’tibor qilish lozimligini asosladi.
Fernando de Soto “Boshqa yo‘l” asarida xufyona iqtisodiyotni xalqning korrupsiyalashgan davlatning qashshoqlashayotgan aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishga layoqatsizligiga nisbatan stixiyali va ijodiy reaksiyasi (javobi) deb atadi. U tarnsaksiya xarajatlarini oshkoralik (legallik) va nooshkoralik (nolegallik) kriteriyalari asosida guruhlashni taklif etgan.
20-asrning 70-yillar ikkinchi yarmi- 80-yillarning boshlarida rivojlangan mamlakatlar olimlari va siyosatchilari amaldagi iqtisodiyot ko‘lamlari rasmiy iqtisodiyot ko‘lamlaridan ortiqroq ekanligini aniqladilar. E. Feyg xufyona iqtisodiyot ko‘lami 70- yillarning oxirida AQSh rasmiy YaIM ning uchdan bir qismini tashkil etishini baholadi. Bu baho AQSh Kongressining Iqtisodiy qo‘mitasida maxsus muhokama qilindi. Faygning fikriga ko‘ra, har bir alohida xufyona iqtisodiyot turining tafsifi uning vakillari buzadigan institutsional qoidalar to‘plami bilan belgilanadi, ya’ni ularning faoliyati qoidalar va normalarning o‘rnatilgan tizimi doirasidan tashqariga chiqadi yoki uni chetlab o‘tadi va, o‘z navbatida, o‘lchanmaydi va ijtimoiy jihatdan hisobga olinmaydi.
1991 yilda Jenevada Yevropa statistiklarining yashirin va norasmiy iqtisodiyotga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Uning materiallari asosida rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot statistikasi bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalari nashr etilgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli ta’riflar berilgan:
  1. Xufyona iqtisodiyot qonun asosida man qilingan faoliyat turlari deb ta’riflanadi.


  2. Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi.


  3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortishdan chetda qoladi.


Xufyonalik - shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda mavjud huquq(qonun) normalaridan foydalanishdan bo‘yin tovlash va yozilmagan huquqqa, ya’ni an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat.


Xufyona iqtisodiyot - nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalar, jamiyatdagi iqtisodiy mynocabatlapni o‘z ichiga oluvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy voqelik, balki, avvalo, jamiyat tomonidan nazorat qilib bo‘lmaydigan, mamlakat aholisining bir qismini tashkil qiluvchilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarni qondirish, ya’ni katta miqdorda qo‘shimcha daromad (foyda) olishni ko‘zlab davlat organlari boshqaruvi va nazoratidan yashirgan holda, davlat va nodavlat mulkdan hamda iqtisodiy boylik, tadbirkorlik qobiliyatidan jinoiy yo‘l bilan foydalanishdir.
Xufyona rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar bilan bog‘liq. Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub’ektlar boshqa xarajatlarni ko‘proq amalga oshirishadi - ular «xufyonalik bahosi»ni to‘lashga majburdirlar. Xufyonalik bahosi bir necha unsurlardan tarkib topadi.



  1. Download 0.52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning tarkibi, sabablari va oqibatlari

Download 0.52 Mb.