• 3,mavzu. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchash va uning miqyoslari
  • 1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari




    Download 0.52 Mb.
    bet6/41
    Sana13.11.2023
    Hajmi0.52 Mb.
    #97961
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org
    Uzbekistan, O\'zbekistonda Millatlar aro Munosabatlar, 14-mavzu, Energiya - Vikipediya, 6044 485 13.00.02 (1), Elektrolitlarda elektr toki, inson huquqlari, 4 класс 2 чт, 30-psixolog, Eshquvvatova Mohinur, маъруза матни, «umumiypedagogika», a, 1693
    Birinchidan, xufyona iqtisodiyot ulushi katta bo‘lib, iqtisodiyotning dominant, norasmiy va g‘ayrihuquqiy munosabatlar muhim o‘rin tutuvchi sektoriga aylanib bormokda. Ba’zi MDH mamlakatlarida davlat apparatining yoppasiga korrupsiyalashgani, huquq va sud tizimi rolining sustligi, ularning ma’muriy apparatiga, yashirin moliyaviy kapitalga tobeligi bugungi kunning real voqeligidir.
    Ikkinchidan, iqtisodiyotda moliyaviy guruhlar (klanlar) shakllandi. Ular yirik kapital qo‘yilmalarini boshqaradigan davlat hokimiyati organlari «qanoti» ostida bo‘lgan hokimiyat xo‘jalik tuzilmasi bo‘lib, keng ko‘lamdagi tadbirkorlik (eng avvalo, tijorat) faoliyati bilan shug‘ullanadilar. O‘z faoliyati bilan bu moliya guruhlari bozorda, asosiy tovar guruhlari bozorida va, ayniqsa, tashqi savdoda raqobat kurashini cheklaydilar. Yashirin moliya kapitalining iqtisodiyotdagi monopol hukmronligi orqali o‘ta katta daromadlar olishining yana bir oqibati - aholining katta qismi qashshoqlashib ketishidir.
    Uchinchidan, xufyona iqtisodiyot rivojlanishi oqibatida mamlakatning budjet tizimi buziladi, daromad va xarajatlarini taqiklash yoki kamaytirish, cheklashlar yuzaga keladi. Moliya kapitali guruhlari budjet mablag‘laridan katta daromadlar olish yo‘lida foydalanadilar, budjet mablag‘lari va davlat mulki bilan turli qing‘ir ishlarni amalga oshiradilar, bunday sharoitda davlat moliyaviy muammolarni hal qilish uchun qarz mablag‘larini olishga majbur bo‘ladi. Shu bilan birga, bu voqelik iqtisodiyotning real sektori qisqarishiga, korxonalarning ko‘p qismi sinishiga va, oxir oqibatda, ularning deyarli 30 foizi bankrotlikka uchrashiga, uchdan ikki qismi esa bankrotlik ostonasiga kelib qolishiga olib keladi.
    To‘rtinchidan, xufyona iqtisodiyot milliy daromad iste’mol qilinishiga, foyda qayta taqsimlanishiga olib keladi. Yashirin daromadlarning ortib borishi esa yashirish ishbilarmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi noishlab chiqarish tuzilmalarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Xalq xo‘jaligining aksariyat aholining turmush farovonligini ta’minlovchi tarmoqlari (xalq iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va shu kabilar) inqirozga yuz tutadi.
    Beshinchidan, xufyona iqtisodiyot vakillari o‘z kapitalining asosiy qismini xorijga olib chiqib joylashtiradilar. Ekspertlarning fikricha, o‘tgan asrning 90-yillarining birinchi yarmida Rossiyadan olib chiqib ketilgan kapital 150-300 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu tizim barqaror ravishda takror ishlab chiqiladi va bu takror ishlab chiqarishning bosh mexanizmi, shakllangan jinoiy moliyaviy kapital umumdavlat miqyosida iqtisodiy-siyosiy qarorlar qabul qilishda amalda dominant roliga ega bo‘lib, boshqa barcha xo‘jalik sub’ektlari ichida yuqori raqobatdosh bo‘ladi.
    Xufyona iqtisodiy munosabatlarning jamiyatning iqtisodiy hayotidagi o‘rni haqida gapirganda, zararli organizm sifatida xufyona iqtisodiyoti tushunchasi uning ko‘plab turlari, ayniqsa, “Qora” iqtisodiyot, kelajakda rasmiy iqtisodiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishdan ko‘ra ko‘proq yordam beradi.
    Darhaqiqat, hisoblangan ko‘rsatkichlar dinamikasiga rioya qilsak, so‘nggi o‘n yilliklarda deyarli barcha guruhlar mamlakatlari iqtisodiyotida xufyonali iqtisodiyotning nisbatan o‘sishi barqaror tendensiyasi kuzatildi. Bundan tashqari, xufyona faolligining ta’siriga bog‘liqlikning sezilarli darajada oshishi iqtisodiyotining muhim rivojlanish yo‘nalishlaridan biridir.
    Xufyona iqtisodiyotining sobiq SSSR hududida o‘zgarishi uning ko‘p funksionalligi va xilma-xilligi bilan bog‘liq, chunki u keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarga ta’sir qiladi va bu ta’sir ijobiy ham, salbiy hamdir. Shu bilan birga, xufyonali iqtisodiyotning ijobiy va salbiy ta’sirlarining nisbati, u qaysi iqtisodiyotda va qaysi iqtisodiy tizim doirasida rivojlanayotganiga bog‘liq ravishda katta farq qiladi.
    So‘nggi paytlarda bu mamlakatlarda iqtisodiy jarayonlar xufyonali iqtisodiyot tuzilmalari kengayishining o‘ta noqulay oqibatlari bilan ajralib turadi. Demokratlashtirish va iqtisodiy faoliyatning bozor asoslarining kengayishi natijasida federal va mintaqaviy darajada iqtisodiy rivojlanish ustidan nazoratni sezilarli darajada murakkablashtirishi xufyona sohasi ko‘lamining iloji boricha ko‘payishiga olib keladi.


    3,mavzu. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchash va uning miqyoslari

    1. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning zarurligi. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchash usullari. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning mikrousullari.


    2. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari. Xufyona iqtisodiyotni baxolashning turli usullarini solishtirish.


    3. Xufyona iqtisodiyot miqyoslari. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot miqyoslari. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyotni o‘lchash va uning miqyosi.


    Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash murakkab masaladir. Bu hol Xufyona iqtisodiyotning pinhoniy xususiyatga egaligi va u har qanday o‘lchash va hisoblardan chetda bo‘lishga intilishi bilan bog‘liqdir. Lekin yashirin faoliyatning hajmiga baho berish iqtisodiy rivojlanishni tahlil etish va davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirish uchun zarurdir. Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:


    1. Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (egri) uslublar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar o‘z ichiga maxsus kuzatuv, so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bilvosita (egri) uslublar o‘z ichiga bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, monetar uslublarini o‘z ichiga oladi.


    2. Yengil modellashtirish uslubi, ya’ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi.


    3. Tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborotlardan foydalaniladi.


    4. Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan ya’ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan olda modellar yaratiladi.


    5. Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash.


    6. Rasmiy statistika ko‘rsatkichlarini turli qayta va qo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyotni va uning alohida elementlarini baholash.


    Xufyona xo‘jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois, xufyona iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash muammosi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:


    • monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risidagi gipoteza asosida quriladi (naqd pul massasi harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlari haqida fikr yuritish imkonini beradi);


    • xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan daromadlar va xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste’molining real hajmlari bilan taqqoslanadi;


    • bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib kelayotgan ro‘yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (ro‘yxatga olinmagan ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlaridan bilvosita dalolat beradi);


    • texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning ma’lum texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, iste’mol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslanadi);


    • uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish usuli, u xufyona iqtisodiyotning o‘lchamiga ekspert baholarini beradi;


    • sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida me’yorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni tuzishda qanchalik qo‘llanishini tahlil qilishdan iborat.


    Zamonaviy iqtisodchilar tomonidan yashirin iqtisodiyotni o‘lchashning ko‘pchilik usullari ishlab chiqilgan. Ularni shartli ravishda quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin:




    1. rasm. Xufyona iqtisodiyotni o‘chash usullari


    • mikro darajadagi usullar (to‘ridan-to‘g‘ri, bevosita);


    • makro darajadagi usullar (bilvosita) (qarang: 2.1.1 -rasm). Xufyona iqtisodiyotni mikrodarajada o‘lchashda bevosita


    (to‘g‘ri) usullardan foydalaniladi: xufyona iqtisodiyotning miqyosini baholash uchun so‘rovlar, ochiq tekshirish usuli va iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullari.





    1. Download 0.52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari

    Download 0.52 Mb.