•
ilmiy -tadqiqot;
•
loyihaviy-texnologik;
•
ishlab chiqarish-texnologik;
•
tashkiliy-boshqaruvni o‘z ichiga oladi.
1.2.4. 61040300-“
Yo‘l harakatini tashkil etish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavrlarning kasbiy vazifalari.
61040300-“Yo‘l harakatini tashkil etish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy
malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining
sohalari, ob’yektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy
vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
Ilmiy -tadqiqot faoliyatida:
-
transport-ishlab chiqarish masalalarini takomillashtirish bilan bog‘liq
bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish;
-
yo‘l harakati jarayoni texnologiyasini mukammallashtirish natijasida
olinadigan iqtisodiy foydani baholay olish;
-
yo‘l harakatini, tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi sohasidagi
maxsus adabiyotlar, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, chet elda va ruspublikamizda
erishilayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlarni o‘rganish;
-
ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ishlanmalarni ishlab chiqishda qatnashish;
-
mavzu (topshiriq) bo‘yicha ilmiy-texnik ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov
berish, tahlil etish va tizimlashtirish;
-
tadqiqot natijalari va ishlanmalarni tatbiq etishda qatnashish.