•
Avtomobil transporti sohasidagi xizmat turlarining o‘rni va ahamiyatini
talabalarda shakllantirish;
•
Talabalar avtomobilsozlik sanoatidagi ishlab chiqarish korxonalari va
ularni
texnik markazlari, servis markazlarining faoliyati haqida asosiy
ma’lumotlarga ega bo‘lishiga ko‘maklashish.
Fanni o‘qitish jarayonida zamonaviy
yangi pedagogik texnologiyalar,
zamonaviy o‘zbek avtomobilsozlik va chet el avtomobilsozlik korxonalarining
faoliyati hamda avtomobillarni ekspluatatsiya
qilish jarayonlari, kompyuter
texnologiyalari, virtual o‘quv
jihozlari, animatsiyali darslik va o‘quv
qo‘llanmalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
1.2. Fanning bakalavr tayyorlashdagi ahamiyati.
Tayanch so‘zlar va iboralar: Transport vositalari muhandisligi, avtomobil
servisi, yo‘l harakatini tashkil etish, kasbiy kompetensiyalar, malaka talabi, ilmiy -
tadqiqot faoliyati, loyihaviy-konstruktorlik faoliyati.