1. Elektr yuritma strukturaviy tuzilishi
Har qanday harakatlanuvchi takomillashgan qurilma uch bо‘lakdan tashkil topadi:
Ijrochi (ishchi) mexanizm - dastgoh, nasos, kran va boshqalar;
Motor (qо‘l kuchi, suv, shamol va boshqa);
Motor kuchini ijrochi organga uzatish qurilmasi.
Bu bо‘laklar (qurilmalar) yig‘indisi yuritma deb ataladi. Bizning fanimizga oid elektr yuritma tilga olinganda, quyidagi bо‘laklar yig‘indisi (5-1-rasm) kо‘z oldimizga keladi:
Elektr motori (о‘zgaruvchan va о‘zgarmas tok mashinasi);
Uzatish tizimi (reduktor, ilashish muftasi, tasmali, zanjirli va boshqalar);
Elektr motorini boshqaruvchi apparatlar tizimi (knopkali stansiyalar, kontaktli va kontaktsiz ishga tushirgichlar, turli tuman relelar va boshqalar).
3.1-rasm. Elektr yuritma strukturaviy tuzilishi
2. Elektr yuritma haqida tushuncha.
Hozirgi paytda elektr motorlari ishchi mashinalarni harakatga keltiruvchi asosiy vosita hisoblanadilar. Xalq xо‘jaligining barcha sohalarida foydalaniladigan mexanik energiyaning deyarli hammasi elektr energiyasi manbaidan ta’minlanadigan elektromexanik tizimlar yordamida ishlab chiqariladi. Bu olinayotgan mexanik energiya oqimini elektr usuli bilan boshqarish, elektr yuritmaning - elektr mexanik tizimning asosiy vazifasi hisoblanadi. Mexanik energiyani motorlardan ishlab chiqarish mashinalari ishchi organlariga uzatish usuliga qarab elektr yuritmalar (EYU) quyidagi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin:
Umumtransmissiyali EYU;
Yakka motorli EYU;
Kо‘p motorli EY.
Umumtransmissiyali EYU da bitta elektr motoridan, bir yoki bir nechta transmissiya yordamida ishchi mashinalar guruhiga harakat beriladi. Har bir ijrochi mexanizmni alohida boshqarishning murakkabligi, noqulayligi tufayli bu EYU kam qо‘llaniladi.
Yakka motorli EYU da har bir ishchi mashina о‘zining alohida motoridan harakat oladi. Bu EYU ning yutug‘i ham shundadir. Bu EYU xalq xо‘jaligining barcha sohalarida keng qо‘llaniladi. Paxta tozalash zavodlarida yakka motorli EYU ventilyator, separator, gidronasos, tasmali transportyor, metalni qayta ishlash dastgohlari va boshqalarda kо‘plab ishlatiladi.
Kо‘p motorli EYU bir nechta mustaqil yakka motorli EYU lardan tashkil topgan bо‘lib, ularning har biri mashinaning alohida ishchi organlarini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu turdagi EYU tо‘qimachilik sanoatidagi kо‘plab texnologik mashinalarga tegishlidir.
EYU larining boshqa turdagi yuritmalarga nisbatan afzalliklari quyidagilardan iboratdir:
uning ishini avtomatlashtirish nisbatan qulay va aylanish chastotasini istalgan qiymat orasida boshqarish mumkin;
motor ishlaganda hech kanday zaharli moddalar ajralib chiqmaydi va boshqalar.
Birgina kamchilik tomoni esa elektr tokining xavfliligidir.
|