• 2. Mexatronikaning boshqa sohalar bilan bog‘liqligi. 3. Mexatronikaning rivojlanish sohasi.
  • Mexatronika tushunchasi
  • 1. Mexatronika tushunchasi. Mexatronikaning boshqa sohalar bilan bog‘liqligi




    Download 123,34 Kb.
    bet1/27
    Sana21.05.2024
    Hajmi123,34 Kb.
    #249268
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    1. Mexatronika tushunchasi. Mexatronikaning boshqa sohalar bilan-hozir.org (1)


    1. Mexatronika tushunchasi. Mexatronikaning boshqa sohalar bilan bog‘liqligi. Mexatronikaning rivojlanish sohasi

    1-Mavzu: “Mexatronika” faniga kirish. Mexatron sistemalarning tuzilish prinsiplari.

    Reja:

    1. Mexatronika tushunchasi.

    2. Mexatronikaning boshqa sohalar bilan bog‘liqligi.

    3. Mexatronikaning rivojlanish sohasi.
    Keyingi yillarda butun dunyoda fan va texnika sohasida yangi yo‘nalish bo‘lgan mexatronika paydo bo‘ldi va shiddat bilan rivojlanmokda. Mexatronika mexanika, elektronika, hozirgi zamon kompyuterli boshqarish va informatsiyani qayta ishlash metodlari sohalari bilimlariga asoslanadi.
    Mexatron modullar va sistemalar yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan texnologik mashinalar va agregatlar, robotlarni yaratishning asosi hisoblanadi.
    Mexatronika shunday fan va texnikaning sohasiki, unda mexanika, elektronika, kompyuter komponentlarining senergetik bog‘lanishlari aks ettirilgan bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida sifat jihatdan yangi bo‘lgan modullar, sistemalarning funksional harakatlarini va intellektual boshqarishni ta’minlaydi. Senergiya (grekcha) - umumiy maksadga yetishishga qaratilgan birgalikdagi harakat. Mexatronikaning komponentlari 1-rasmda keltirilgan.

    1-rasm. Mexatronika komponentlari




    Mexatronika tushunchasi – 1969 yilda Yaponiyaning Yaskawa Electric firmasi orqali yangi, xuddi “Mexanika” va “Elektronika” tushunchalari birga qo‘llagan holda termin bo‘lib kirib keldi. 1972 yilda mexatronika terminini bu firma tovar belgisi sifatida ishlata boshladi. Birinchi navbatda rostlanadigan elektroprivodlar mexatronik sistemalar deb qarala boshladi. Keyinchalik bularga avtomat eshiklar, fotokameralar, savdo avtomatlari va mobil telefonlar kira boshladi. 1980 yillarda dasturli boshqariladigan mexatronik sistemalar kirib kela boshladi. Bular esa sanoat robotlari va yangi turdagi maishiy xizmat buyumlari (kir yuvish mashinalari, changyutgichlar va x.k.). Oxirgi yillarda esa rivojlangan dasturli mexatronik qurilmalar bo‘lgan ofis texnikalari, yangi zamonaviy avtomobillar, texnologik buyumlarning yangi avlodi bo‘lib kirib kela boshladi.
    Mexatronika va mexatron texnologiyalarning metodlari universal hisoblanadi, ular yordamida murakkab texnik sistemalarni yaratish, avtomatlashtirilgan loyihalash, mashinalarni va robotlarni modul prinsipi asosida qurish imkoniyati mavjud.
    Hozirgi kunda mexatron modullar va sistemalar quyidagi sohalarda keng qo‘llaniladi.
    • avtomatlashtirilgan mashinasozlik sanoati;


    • sanoat va maxsus robototexnika;


    • meditsina (reabilitatsiya, klinik va servis);


    • aviatsiya va kosmik texnika;


    • elektron mashinasozlik;


    • avtomobilsozlik;


    • mikromashinalar (telekommunikatsiya, videotexnika, videokonferensiya);


    • foto va videotexnika;


    • uchuvchilar tayyorlash uchun maxsus mashq bajarish uskunalari;


    • nazorat-o‘lchov kurilmalari va mashinalari;


    • maishiy xizmat buyumlari;


    • ofis texnikasi (nusxa ko‘chirish, hisoblash, faks apparatlari);


    • intellektual mashinalar;


    • shou-industriya (ovoz yozish, chiroq va x.k.) va h.k.


    1996 yilda mexatron sistemalar ulushi 100 mlrd. AQSH dollari tashkil qildi. Buni 1/10 qismi esa robototexnikaga tegishli edi.


    1990 yillarda shiddat bilan o‘sayotgan mexatronika sohasi 3 faktorga asosida o‘sib bordi:

    1. Jaxon sanoat rivojining yangi tendensiyalari;


    2. Mexatronika metodologiyasi va rivojlanishning fundamental asosi (yangi g‘oyalar, yangi texnik va texnologik yechimlar);


    3. Mutaxassislarning ilmiy izlanishdagi aktivligi.





    Download 123,34 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 123,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mexatronika tushunchasi. Mexatronikaning boshqa sohalar bilan bog‘liqligi

    Download 123,34 Kb.