|
O‘zgarmas tok dvigatellarini ishga kiritish
|
bet | 7/27 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 123,34 Kb. | | #249268 |
Bog'liq 1. Mexatronika tushunchasi. Mexatronikaning boshqa sohalar bilan-hozir.org (1)5-mavzu: Mexatron sitemalarida qo‘llaniladigan o‘zgarmas tok dvigatellari
1. O‘zgarmas tok dvigatellarini ishga kiritish 2. Aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellari
1. O‘zgarmas tok dvigatellarini ishga kiritish
O‘zgarmas tok dvigatellarini yurgizib yuborishda: 1) yakor kerakli tezlikka erishishi uchun valda yetarli yurgizib yuboruvchi moment hosil bo‘lishi; 2) yakor chulg‘amlarida dvigatel uchun xavfli bo‘lgan ishga kiritish toklarini hosil bo‘lmasligini ta’minlash kerak.
O‘zgarmas tok dvigatellari quyidagi asosiy uch xil usulda ishga tushiriladi:
1.Dvigatelni manbaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash;
2.Yakor chulg‘amiga qo‘shimcha yurgizish qarshiliklarini yoki reostatlarni ulash.
3.Yakor chulg‘amidagi kuchlanishni pasaytirish yordamida yurgizish.
Agar n=0 bo‘lsa, Ea=0 bo‘lib (2) dan yakordagi ishga kiritish toki
Iit= (1)
bo‘ladi. Umuman o‘zgarmas tok dvigatellarida Ra=0,02 ¸ 0,1 bo‘lganligi sababli ishga tushirish toki Iit=(50 ¸ 10) In ga tenglashishi mumkin. Shuning uchun yakor chulg‘amini to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbaga ulash usuli yakor chulg‘amining aktiv qarshiligi katta bo‘lgan kichik quvvatli o‘zgarmas tok dvigatellarida qo‘llaniladi.
1-rasm. Parallel qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelni yurgizish sxemasi
a) reostat yordamida yurgizish; b) qarshiliklar yordamida yurgizish
O‘zgarmas tok dvigatellarining yakor chulg‘amida qo‘shimcha qarshiliklar yoki reostatlar ulab ishga tushirish usuli ko‘p qo‘llaniladi. Bu holda ishga tushirishning boshlanishida n=0 da Rit - yurgizish reostati yoki yurgizish qarshiliklarining hamma bosqichlari yakor chulg‘amiga ulanganda, yakor tokining ishga tushirish jarayonidagi qiymati (1) dan quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Iit= (2)
Bunda ishga tushirish Rit qarshiligi shunday tanlanishi kerakki, yurgizish jarayonining boshlanishida: Iit=(1,41,7) Ia kichik quvvatli mashinalarda esa Iik=(22,5)In dan katta bo‘lmasligi kerak Parallel qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatelini yurgizish qarshiligi yordamida yurgizish jarayonini ko‘raylik (54-rasm). t=0 da yurgizish qarshiliklarini ulovchi kontaktorlarining kontaktlari K1, K2 va K3 lar ochiq bo‘lib, yakor zanjiriga ishga kiritish qarshiliklarini hamma bosqichlari ulangan bo‘ladi. Ishga tushirish jarayonida qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok havo bo‘shlig‘ida nominal magnit oqimini hosil bo‘lishini ta’minlashi uchun qo‘zg‘atish chulg‘ami nominal kuchlanishga ulanadi. Yakor chulg‘amini kuchlanish manbaiga ulanganda yakor chulg‘amida Iik va qo‘zg‘atish chulg‘amida Iq toklari hosil bo‘ladi.
(3)
Agar M>Mst shart bajarilsa, yakor asta-sekin aylanib tezligi n=0 dan asta-sekin ortib boradi va yakor chulg‘amida aylanish tezlik n ga proporsional bo‘lgan elektr yurituvchi kuch Yea induksiyalanadi, (1), (2) va (3) lardan yakor toki Ia va moment M kamayadi, tezlik n ni esa, ortishini ko‘rishimiz mumkin.
|
| |