O‘zgarmas tok dvigatelining tezlik va mexanik xarakteristikalarini (1) va (2) ifodalar yordamida qurish mumkin.
O‘zgarmas tok dvigatelining yakor chulg‘amiga qo‘shimcha qarshilik ulanmasdan chizilgan tavsiflariga tabiiy tavsiflar deb ataladi.
3-rasm. Dvigatelning me-xanik va tezlik xarak-teristikalari
O‘zgarmas tok mashinasining cho‘tkalari geometrik neytral chizig‘iga o‘rnatilgan bo‘lsa, yakor toki Ia ning ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan yakorning ko‘ndalang reaksiyasini ta’sirida havo bo‘shlig‘idagi magnit oqimi F kamayadi. Bu hol (2) dan tezlikni ortishiga sabab bo‘ladi, lekin yakor chulg‘amidagi kuchlanishni aktiv pasayishi IaRa ni ortishi yakorning tezligini kamaytiradi. Shunday qilib, o‘zgarmas tok dvigatelining elektromexanik xarakteris-tikasi uch xil ko‘rinishda bo‘-lishi mumkin ekan. O‘zgarmas tok dvigatelining elektromexanik xarakteristikasini bu ko‘rinish-larini 3-rasmda ko‘rishimiz mumkin: 1-chiziq yakor cho‘lg‘a-midagi kuchlanishni aktiv pasa-yishi IaRa ning yakor tezligiga ta’siri magnit oqimining ta’siriga nisbatan kuchliroq bo‘lganda; 2-chiziq yakor chulg‘amidagi kuchlanishning aktiv pasayishi va havo bo‘shlig‘idagi magnit oqimining kamayishi yakorning tezligiga bir xil ta’sir ko‘rsatganlarida; 3-chiziq havo bo‘shlig‘idagi magnit oqim F ning kamayishi tezlikka kuchliroq ta’sir ko‘rsatganda. Rasmdagi 3-chiziqga o‘xshash xarakteristikaga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok dvigatellari, turg‘unlik chegarasi nuqtai nazaridan qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bermaydi shuning uchun bunday ko‘rinishdagi xarakteristikaga ega bo‘lgan dvigatellar ishlab chiqarilmaydi. Asosan 3-rasmdagi 1-chiziqga o‘xshash xarak-teristikaga ega bo‘lgan parallel qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellari ishlab chiqariladi.
Parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigateli salt ishlash rejimidan nominal yuklama rejimiga o‘tganda yakorning tezligi 2-8% ga o‘zgaradi, shuning uchun parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellarini «qattiq» mexanik xarakteristikali dvigatellar deb ataladi.
|