6- rasm. Parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok
dvigatelining ish tavsiflari
Ish xarakteristikalaridan (58-rasm) ko‘rinib turibdiki, salt ishlash rejimida ya’ni R2=0 da foydali ish koeffitsiyent ham =0 bo‘lib, yuklama orttirilganda dvigatelning f.i.k. avvaliga tez ortadi, valdagi yuklama nominal yuklamadan ortgandan so‘ng quvvat isroflarini ortib ketishi hisobiga pasayadi.
Dvigatelning validan ishlab chiqarish mexanizmiga uzatilayotgan foydali quvvat R2 ortganda moment M ham ortadi, lekin tezlik kamayadi. Valdagi moment ortganda yakorning toki Ia va manbadan qabul qilayotgan quvvat R1 ham ortib ketadi.
Ketma – ket qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatellar
Ketma–ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellarida yakor toki bir vaqtning o‘zida qo‘zg‘atish toki ham bo‘lib hisoblanadi, ya’ni Ia=Ik=I, shuning uchun havo bo‘shlig‘idagi magnit oqim F yuklamaga bog‘liq bo‘lib, keng oraliqda o‘zgardi.
F= KfI (7)
Bu yerda: Kf –dvigatelning magnit tizimini to‘yinishiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsiyent.
O‘tgan paragraflarda ko‘rib o‘tilgan (8), (9) va (10) ifodalar, (17) ga asosan ketma – ket qo‘zg‘atishli dvigatellar uchun quyidagi ko‘rinishda yoziladi
(18)
(19)
Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelning tezlik va mexanik xarakteristikalari (59-rasm) «yumshoq» xarakterda bo‘lib, giperbola ko‘rinishida bo‘ladi. Tavsifdan ko‘rinib turibdiki, yakor tokining kichik qiymatlarida, yakorning tezligi juda tez ortib ketadi, shuning uchun ketma-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellarini salt ishlash rejimida ishga tushirishga ruxsat berilmaydi, ishga tushirishda ruxsat etilgan eng kichik yuklama R2=(0,2-0,25)Rn. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatellar uchun moment bo‘yicha o‘ta yuklanish unchalik xavfli emas. Og‘ir sharoitda ishga kiritiladigan va moment keng oraliqda o‘zgaradigan ishlab chiqarish mexanizmlarini harakatga keltirishda ketma-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellarini qo‘llash boshqa turdagi dvigatellarga nisbatan afzal.
|