Parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelining tezligini rostlash
Parallel qo‘zg‘atishli dvigatelning tezligini (2) va (3) formulalardan quyidagi usullar yordamida rostlash mumkin: 1) havo bo‘shlig‘idagi magnit oqimini o‘zgartirib; 2) yakor chulg‘amiga qo‘shimcha qarshilik ulab va 3) yakor chulg‘amidagi kuchlanishni o‘zgartirib.
4-rasm. Parallel qo‘zg‘atishli dvigatelni magnit okimini xar xil qiymatlarga mos keluvchi mexanik va tezlik tavsiflari
O‘zgarmas tok dvigatelining tezligini magnit oqimini o‘zgartirib rostlash uchun qo‘zg‘atish chulg‘amiga ulangan rq reostatni qarshiligi o‘zgartiriladi (56-rasm). Bizga ma’lumki, o‘zgarmas tok mashinalarining magnit zanjiridagi magnit oqimni nominal kiymatidan ortishi mashinaning energetik ko‘r-satkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun tez-likni rostlash uchun magnit oqimni faqat kamaytirish mumkin.
Parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellarining magnit oqimini o‘zgartirib, chizilgan tezlik va mexanik xarakteristikalarini eng pastdagisi nominal magnit oqimiga to‘g‘ri keladi.
Yuqoridagi (2) va (3) ifodalardan va 4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, magnit oqimni kamaytirish tezlikning nominal qiymatlaridan yuqori tomonga rostlash imkonini beradi.
Dvigatelning qaror topgan rejimidagi tezligini mexanik xarakteristikalarning (4-rasm) chiziqlarini ishchi mashinaning Mst=f(n) xarakteristikasi (punktir chiziq) bilan kesishgan nuqtasi yordamida aniqlanadi. Dvigatelning salt ishlash nuqtalari ordinata o‘qidan o‘ng tomonda yotadi (punktir chiziq). Tezlikni ortishi hisobiga dvigateldagi mexanik isroflar ortadi, shuning uchun Mo va Iao lar ham ortadi va n = f(Mo) xarakteristikasi (punktir chiziq) o‘ng tomonga ko‘proq egiladi.
Agar dvigatelning yakorini tezligi tashqi moment yordamida kattalashtirilsa yakor toki Ia va moment M (13-5) va (13-9) tengliklarga asosan kamayadi. Yakor toki Ia=0 va moment M=0 bo‘lganda dvigateldagi quvvatning mexanik va magnit isroflari tashqi moment hisobiga qoplanadi. Yakorning tezligi yana ko‘paytirilganda yakor toki Ia va moment M o‘z ishoralarni o‘zgartiradi va dvigatel generator rejimida ishlaydi (56-rasmdagi xarakteristikalarning ordinata o‘qidan chap tomonlari).
|