|
Mexatron modullarga quyidagi talablar qo‘yiladi
|
bet | 2/27 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 123,34 Kb. | | #249268 |
Bog'liq 1. Mexatronika tushunchasi. Mexatronikaning boshqa sohalar bilan-hozir.org (1)Mexatron modullarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-mashinalar va sistemalarni jahon standartiga batamom javob berishi;
-mashinalar va sistemalarning sifat jihatdan yangi funksional masalalarini bajara olish;
-mashinalar ishchi organlarining o‘ta yuqori tezligini ta’minlash;
-modullarning ultrapretsizion xarakatlarini mikro- va nanotexno-logiyalarda amalga oshirish;
-modullarning va harakatlanuvchi sistemalarning kompaktliligi;
-ko‘p koordinatali mashinalarning yangi kinematik strukturalari va konstruktiv kompanovkalarini olish;
-o‘zgaruvchi va noaniq tashqi muhitda sistemalarning intellektual faoliyatini ta’minlash.
Mexatron modullarning birinchi vakili bu faqat ikki elementni qo‘shadigan motor-reduktor bo‘lgan, mexanik reduktor va boshqariladigan dvigatel.
Mexatron modullarning ikkinchi vakili 80 yillarda elektron texnologiyaning rivoji bilan birga paydo bo‘ldi. Bunda elektron datchiklar va signallarni qayta ishlovchi elektron bloklar ishlab chiqarila boshladi.
Mexatron modullarning uchinchi vakili bu unchalik qimmat bo‘lmagan mikroprotsessorlar va x.k. Bir vaqtning o‘zida bir necha jarayonlarni aniq bajarilishini ta’minlab beruvchi mikroprotsessorlardir.
Bu yangi mexatronik sistemalar bir vaqtning o‘zida mashina va agregatlarni aniq, bexato ishlashini va bu ishlash jarayonini boshqaruvchi sistemalardir.
Kelajakdagi mexatronik modullar esa barcha mexatron koplekslar qo‘shilgan holda va texnik-texnologiyalarning yuqori cho‘qqilarini egallagan holda va XXI asr bozoridagi barcha talablarni bajargan holda ishlab chiqarila boshlanadi.
Fan tariqasida:
1994 yilda Rossiyada “Mexatronika” fan bo‘lib kirib keldi. Birinchi bo‘lib MGTU “STANKIN”, N.E.Baumana nomidagi MGTU va Baltika GTU (S.Peterburg)larda fan tariqasida o‘qitila boshladi.
Hozirda esa jaxonning va Yevropaning barcha texnik oliy ta’lim muassasalarida fan tariqasida kiritilib, bakalavr, magistr va aspirantlar o‘qitilib kelina boshladi. Masalan, 1997 yildan Buyuk Britaniyaning 26 universitetlarida “Mexatronika” fan bo‘lib o‘qitilib kelinmoqda.
2010 yillardan boshlab O‘zbekiston institut (TITLP) va universitetlarida (TashgTU) bu fan sifatida kiritilib o‘qitila boshladi.
|
| |