1. Mexatron sistemalarining texnik ta`minoti.
Mexatron sistemalarining texnikaviy ta’minoti – avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir qiluvchi texnikaviy vositalar majmuidir.
Mexatron sistemalarining istalgan hisoblash komplektlari quyidagilarni yetarli miqdorda o‘z ichiga olishi kerak: informatsiyani kiritish va chiqarish periferiya qurilmalari, grafik klanshetali va elektron peroli grafikli va alfavitli-raqamli displeylar, planshetali grafquruvchilar, grafik informatsiyani kodlovchilar, skanerlar, printerlar, magnitli disklarda to‘plovchilar, lazerli disklarda to‘plovchilar, funksional klaviaturalar, informatsiyani mikrofilm va mikrofishlarga chiqaruvchi qurilmalar, yuqori darajadagi kompyuter bilan bog‘lanish qurilmalari.
2. Mexatron sistemalarining lingvistik ta’minoti
Mexatron sistemalarining lingvistik ta’minoti asosini maxsus til vositalari (loyihalash tillari) tashkil qiladi; ular avtomatlashtirilgan loyihalash protseduralarini va loyihaviy yechimlarni bayon qilish uchun mo‘ljallangan. Lingvistik ta’minotning asosiy qismi – insonning kompyuter bilan muloqot qilish tillari kiradi. Bular-Visual Basic, Visual C++, Delphi, Java, Visual Fox Pro va boshqalar
4-mavzu: Mexatron qurilmalarning elektr yuritmalari.
Reja:
1. Elektr yuritma haqida ma`lumot.
2. Mexatron sistemalarining elektr yuritma tenglamasi.
1. Elektr yuritma haqida ma`lumot.
Har kanday harakatlanuvchi takomillashgan qurilma uch bo‘lakdan tashkil topadi:
1. Ijrochi (ishchi) mexanizm - dastgoh, nasos, kran va boshqalar;
2. Motor (qo‘l kuchi, suv, shamol va boshqa);
3. Motor kuchini ijrochi organga uzatish qurilmasi.
Bu bo‘laklar (qurilmalar) yig‘indisi yuritma deb ataladi. Bizning fanimizga oid elektr yuritma tilga olinganda, quyidagi bo‘laklar yig‘indisi (1-rasm) ko‘z oldimizga keladi:
1. Elektr motori (o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok mashinasi);
2. Uzatish tizimi (reduktor, ilashish muftasi, tasmali, zanjirli va boshqalar);
3. Elektr motorini boshqaruvchi apparatlar tizimi (knopkali stansiyalar, kontaktli va kontaktsiz ishga tushirgichlar, turli tuman relelar va boshqalar).
1-rasm. Elektr yuritma strukturaviy tuzilishi
Hozirgi paytda elektr motorlari ishchi mashinalarni harakatga keltiruvchi asosiy vosita hisoblanadilar. Halq xo‘jaligining barcha sohalarida foydalaniladigan mexanik energiyaning deyarli hammasi elektr energiyasi manbaidan ta’minlanadigan elektromexanik tizimlar yordamida ishlab chiqariladi. Bu olinayotgan mexanik energiya oqimini elektr usuli bilan boshqarish, elektr yuritmaning - elektr mexanik tizimning asosiy vazifasi hisoblanadi. Mexanik energiyani motorlardan ishlab chiqarish mashinalari ishchi organlariga uzatish usuliga qarab elektr yuritmalar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
Umumtransmissiyali elektr yuritmalar;
Yakka motorli elektr yuritmalar;
Ko‘p motorli elektr yuritmalar.
Umumtransmissiyali elektr yuritmalarda bitta elektr motoridan, bir yoki bir nechta transmissiya yordamida ishchi mashinalar guruhiga harakat beriladi. Har bir ijrochi mexanizmni alohida boshqarishning murakkabligi, noqulayligi tufayli bu elektr yuritmalar kam qo‘llaniladi.
Yakka motorli elektr yuritmalarda har bir ishchi mashina o‘zining alohida motoridan harakat oladi. Bu elektr yuritmalarning yutug‘i ham shundadir. Bu elektr yuritmalar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng qo‘llaniladi. Paxta tozalash zavodlarida yakka motorli elektr yuritmalar ventilyator, separator, gidronasos, tasmali transportyor, metalni qayta ishlash dastgohlari va boshqalarda ko‘plab ishlatiladi.
Ko‘p motorli elektr yuritmalar bir nechta mustaqil yakka motorli elektr yuritmalar lardan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri mashinaning alohida ishchi organlarini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu turdagi elektr yuritmalar to‘qimachilik sanoatidagi ko‘plab texnologik mashinalarga tegishlidir.
elektr yuritmalarining boshqa turdagi yuritmalarga nisbatan afzalliklari quyidagilardan iboratdir:
elektr motori uzoq muddat ishlaydi, vazni kam, o‘lchamlari kichik;
uning ishini avtomatlashtirish nisbatan qulay va aylanish chastotasini istalgan qiymat orasida boshqarish mumkin;
motor ishlaganda hech kanday zaharli moddalar ajralib chiqmaydi va boshqalar.
Birgina kamchilik tomoni esa elektr tokining xavfliligidir.
Elektr yuritmaning nominal ish holatlari
Elektr yuritmaning nominal ish holatlari turli-tuman bo‘lib, ular yuklamalarining muntazamligi, o‘zgarishi, qiymati va boshqalar bilan farqlanadilar. Mavjud andoza (GOST) bo‘yicha nominal holatlar 8 turga bo‘linib, xalqaro klassifikatsiya bo‘yicha S1- S8 shartli belgilar bilan ifodalanadilar:
S1-davomiy nominal rejim (2.a- rasm).
Bunda yuklama qiymati o‘zgarmas bulib motorning ishlash vaqti shunchalik uzunki, uning qizish harorati o‘rnatilgan nominal haroratga yetadi. S2-qisqa nominal holat (2.b -rasm).
Bunda ish vaqti juda kichik, motor harorati biroz o‘sadi, lekin yuklama olingandagi vaqt shunchalik kattaki, motor atrof-muhit haroratigacha pasayishga ulguradi.
S3 - qisqa gakrorlanuvchi nominal holat (5.v- rasm).
Bunda ishchi vaqti ti dam olish vaqti t bilan almashinib turadi. R=sonst bo‘lganda ti + t < 10 daqiqa atrofida bo‘ladi. Harorat bir o‘sib, bir qamayib turadi, lekin o‘rnatilgan nominal haroratdan ancha past bo‘ladi. Qisqa takrorlanuvchi holat ulash doimiyligi (UD) bilan ta’riflanib, quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda Ti= ti + t ; UD = 15, 25, 40, 60% ni tashkil qiladi. Ko‘rib o‘tilgan S1, S2, S3 holatlar eng ko‘p tarqalgan holatlardir.
2-rasm. Elektr yuritma ish rejimlari
S4 - motor tez-tez ishga tushib turadigan qayta takrorlanuvchi holat.
S5 - motor tez-tez ishga tushib va tormozlanib turadigan, qayta takrorlanuvchi holat.
S6 - davriy ishlab, motor zanjirdan uzilmay salt ishlovchi, almashlab
harakatlanuvchi nominal holat.
S7 - revers bo‘lib turuvchi nominal holat.
S8 - ikki yeki undan ortiq aylanish tezliklari bilan ishlovchi nominal holat.
Umuman olganda elektrik yuritma nisbatan murakkab kinematik sxemaga ega. Unga sabab - motor bilan ishchi mexanizm oralig‘ida bir qancha uzatish tizimlarining mavjudligidir.
|