- rasm. Parallel (1), ketma – ket (2) va chulg‘amlari mos ulangan aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli (3) dvigatellarning tabiiy mexanik tavsiflari




Download 123,34 Kb.
bet14/27
Sana21.05.2024
Hajmi123,34 Kb.
#249268
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
1. Mexatronika tushunchasi. Mexatronikaning boshqa sohalar bilan-hozir.org (1)

9 - rasm. Parallel (1), ketma – ket (2) va chulg‘amlari mos ulangan aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli (3) dvigatellarning tabiiy mexanik tavsiflari
Bu holda dvigatelning ishlashi, turg‘unlik nuqtai nazaridan qo‘yiladigan talablarni to‘liq qanoatlantirmaganligi sababli, uning chulg‘amlari bunday sxemada ulanmaydi. Aralash qo‘zg‘atishli dvigatellarning qo‘zg‘atish chulg‘amlari mos ulanganda, dvigatelning yuklamasi ortganda havo bo‘shlig‘idagi magnit oqim F ham ortadi. Shuning uchun bu sxe-mada ulangan aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dviga-telining mexanik tavsifi, parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelining mexanik xarakte-ristikaga (9-rasm 1 chiziq) nisbatan ancha «yumshoq» (9-rasm 3-chiziq) xarakteris-tikaga ega, lekin ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelning mexanik xarakteristikasiga (9-rasm 2-chiziq) nisbatan bir muncha «qattiq» ko‘rinishga ega bo‘ladi. Aralash qo‘zg‘atishli dvigatelning qo‘llanilish sohasiga asosan, ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amini mashinaning umumiy magnitlovchi kuchini hosil qilishdagi hissasi keng ko‘lamda o‘zgaradi. Aralash qo‘zg‘atishli dvigatelning tezligini rostlash uchun parallel va ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatellarning tezligini rostlash usullaridan foydalanish mumkin. Aralash qo‘zg‘atishli dvigatellarni katta yurgizib yuborish momentini talab qiladigan va yuklama o‘zgarganda tezligi tez o‘zgarishi kerak bo‘lgan mexanizmlarda qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun bu dvigatellar prokat stanlarida, o‘zgarmas tok kompressorlarida va boshqa hollarda keng qo‘llanilmoqda.

Hozirgi paytda elektr mashinasozlik zavodlarida o‘zgarmas tok mashinalarining qator seriyalari ishlab chiqarilmoqda. Halq xo‘jaligida, o‘tgan boblarda ko‘rib o‘tilgan o‘zgarmas tok generator va dvigatellarini normal konstruksiyalarga talab katta. Ayniqsa quvvati 20-30 kVt gacha bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinalariga talab ko‘proq. Katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalari katta va kichik seriyalarda ishlab chiqariladi. O‘zgarmas tok mashinalarining P deb belgilangan normal seriyadagi turlari ilgari ishlab chiqarilgan seriyalarni almashtirdi. O‘zgarmas tok mashinalarining P seriyasi nominal quvvati 0,3 200 kVt va tezligi n=1500 ayl/min ga teng bo‘lgan mashinalarni o‘z ichiga oladi. Tezlik o‘zgarganda o‘zgarmas tok mashinasining quvvati ham o‘zgaradi. O‘zgarmas tok mashinalarining P seriyasidagi 11ta gabaritini har bir gabariti mashinaning yakorini ma’lum diametrini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarilayotgan o‘zgarmas tok mashinalarining P seriyasini har bir gabariti shuningdek yakorining magnit o‘zagini uzunligiga asosan ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Masalan, P41 tipi P seriyadagi 4 gabaritli yakorning o‘zagi qisqaroq mashina ekanligini ko‘rsatadi, P42 esa yakorning magnit o‘zagi P41 ga nisbatan ancha uzun konstruksiyada tayyorlangan o‘zgarmas tok dvigateli ekanligini bildiradi. O‘zgarmas tok dvigatellarining kuchlanishi 110 yoki 220 V. O‘zgarmas tok generatorlari aylanish tezligi 1450 va 2450 ayl/minutda dvigatellar esa 600, 750, 1000, 1500 va 3000 ayl/minut tezliklarda tayyorlanadi.

O‘zgarmas tok mashinalarining 1-11 gabaritlari magnit oqimini kamaytirib tezligini keng ko‘lamda 1:2,25; 1:3; 1:4; 1:6 va 1:8 gacha rostlash uchun maxsus turlarini ham o‘z ichiga oladi. O‘zgarmas tok mashinalarining P seriyasi ancha katta quvvatli mashinalarni xam o‘z ichiga oladi. Bu mashinalarning kuchlanishi Un=220, 330, 440 va 660 V bo‘lib yakorning ikki xil uzunligini o‘z ichiga oladi.

Hozirgi paytda elektr mashinasozlik zavodlarida o‘zgarmas tok mashinalarining yangi 2P seriyasi ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Davlat standartiga asosan o‘zgarmas tok mashinalarining chulg‘amlarini boshi va oxirlari quyidagicha belgilangan: YA1-YA2-yakor chulg‘ami; K1-K2–kompensatsiyalovchi chulg‘am; D1-D2 qo‘shimcha qutblarni chulg‘ami; S1-S2 ketma-ket (seriyali). Qo‘zg‘atish chulg‘ami, SH1-SH2 lar parallel (shuntli) qo‘zg‘atish chulg‘ami.

O‘zgarmas tok mashinalari xaqida to‘liq ma’lumotlar maxsus kataloglarda keltirilgan.


Download 123,34 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Download 123,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Parallel (1), ketma – ket (2) va chulg‘amlari mos ulangan aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli (3) dvigatellarning tabiiy mexanik tavsiflari

Download 123,34 Kb.