Nazorat uchun savollar.
1. O‘TD larni kanday yurgizib yuborish usullari mavjud?
2. O‘TD larni karshiliklar yerdamida yurgizish
3. O‘TD larni tezligini rostlash usullari
6-Mavzu: Mexatron sitemalarida qo‘llaniladigan asinxron va sinxron dvigatellari
Reja
1. Asinxron mashinalarning yaratilish tarixi.
2. Asinxron mashinalarning tuzilishi.
3. Asinxron mashinalarning turlari.
4. Asinxron mashinalarning elektr sxemalari.
5. Asinxron mashinalarning ishlash prinsipi va asosiy rejimlari.
6. Sinxron mashinalari tug‘risida umumiy ma’lumotlar.
7. Sinxron mashinalarining tuzilishi.
8. Sinxron mashinalarni ishlash prinsipi.
1. Assinxron mashinalarning yaratilish tarixi.
О‘zgaruvchan tok mashinalaridan asinxron mashinalar asosan asinxron dvigatellar sifatida xalq xо‘jaligining turli sohalarida mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun ishlatiladi. Uch fazali asinxron dvigatelni 1889-91 yillarda rus injeneri M.O. Dolivo-Dobrovolskiy ixtiro qilgan. Asinxron dvigatellar asosan bir fazali va uch fazali bо‘ladi. Bir fazali asinxron dvigatellar kichik kuvvatli (10…600 Vt) bо‘lib, asosan uy-ruzg‘or elektr priborlarida ishlatiladi. Xalq xо‘jaligining turli sohalarida asosan uch fazali asinxron dvigatellar ishlatiladi. Boshqa xil elektr dvigatellarga Qaraganda asinxron dvigatellar qator afzalliklarga ega, jumladan tuzilishi oddiy, ishda ishonchli, tannarxi arzon, oson boshqariladi va hokazo. Asinxron dvigatelning ishlash prinsipi magnit maydoniga kiritilgan tokli о‘tkazgichning shu maydon bilan о‘zaro tasiriga asoslangan. Asinxron mashinalarda asosiy magnit maydonini stator chо‘lg‘amlaridan о‘tuvchi uch fazali tok hosil qiladi. Bu maydon aylanma magnit maydoni bо‘ladi.
2. Asinxron mashinalarning tuzilishi
Asinxron dvigatel asosan ikki qismdan: kо‘zg‘almas qism - stator va aylanuvchi qism rotor dan iborat. Stator dvigatel korpusi 1, asos 4, korpus ichiga о‘rnatilgan ferromagnit о‘zak 2 va shu о‘zak pazlariga joylashtiriladigan uchta chо‘lg‘am 3 dan tashkil topgan. Dvigatelning qо‘zg‘almas qismida podshipniklar о‘rnatiladigan va ikki tomondan statorga maxkamlanadigan yon shchitlar ham bо‘ladi. Stator ichiga о‘rnatiladigan ferromagnit о‘zak, uyurma toklarni kamaytirish maqsadida, qalinligi 0,35 . . . 0,5 mm li va maxsus elektrotexnika pо‘latidan (pо‘lat markasi: 2013, 2312, 2411 va hokazo) tayyorlangan yupqa plastinkalardan yig‘iladi. Stator pо‘lat о‘zagining plastinkalari malum shaklda (pazli) shtamplab tayyorlanadi. Stator pо‘lat о‘zagining ayrim plastinkalari 2-rasm a da, 2-rasm, b da esa katta quvvatli mashinalar statori о‘zagining ayrim segmentlari kо‘rsatilgan. Plastinkalarning ikki tomoniga izolyasiyalovchi maxsus lok surtiladi. Plastinkalar malum tartibda yig‘iladi. Bunda statorning ichki sirtida valga parallel bо‘lgan
pazlar hosil bо‘ladi. Bu pazlarga stator chо‘lg‘amlari joylashtiriladi.
О‘zgaruvchan tok mashinalarining stator chо‘lg‘amlari, ularni xisoblash va о‘rash usullari bilan oldingi bо‘limda tanishdik. Stator pazlariga uchta stator chо‘lg‘ami joylashtiriladi. CHо‘lg‘amlarning bosh va oxirgi uchlari mashina korpusining yon yoki ust tomoniga о‘rnatilgan klemmalar qutisiga chiqariladi. Stator chulg‘amlarining bosh uchlari S1, S2, SZ bilan va oxirgi uchlari S4, S5, S6 bilan belgilanadi. Stator chо‘lg‘amlari yulduz yoki uchburchak usulida ulanadi. Chulg‘amlarni bunday usullarda ulash ushbu dvigatelni kiymati buyicha marta farq qiladigan ikki xil kuchlanishda (380/220 V yoki 220/127 V) ishlatishga imkon beradi. Kо‘pincha asinxron dvigatel 380/220 V kuchlanishga mо‘ljallab tayyorlanadi. Agar tarmoq kuchlanishi 380 V bо‘lsa, stator chо‘lg‘amlari yulduz usulida, tarmoq kuchlanishi 220 V bо‘lsa, chо‘lg‘amlar uchburchak usulida ulanadi. Ishlatish davomida stator chо‘lg‘amlarini turli usulda ulashni osonlashtirish maqsadida klemmalar qutisida ayrim chо‘lg‘amlarning bosh va oxirgi uchlari malum tartibda о‘rnatiladi.3-rasmda klemmalarni о‘rnatish tartibi va chо‘lg‘amlarning ulanishi. kо‘rsatilgan. Agar tarmoq kuchlanishi dvigatel pasportida kо‘rsatilgan kuchlanishga mos kelmasa, bunday dvigatelni shu tarmoqqa ulab ishlatish mumkin emas.
Asinxron dvigatelning rotori uning statori ichiga о‘rnatiladi. Rotor asosan val, ferromagnit о‘zak va uning pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashgan simlardan yoki uchta chо‘lg‘amdan
iborat bо‘ladi. Rotorning ferromagnit о‘zagi ham maxsus elektrotexnika pо‘latidan tayyorlangan yupqa plastinkalardan yig‘iladi. Rotor о‘zagining plastinkalari ham malum shaklda shtamplab tayyorlanadi. Rotor chо‘lg‘ami ham pulat о‘zak pazlariga о‘rnatiladi. Rotor о‘zagining ayrim plastinkasi 4-rasmda va undagi pazlarning shakli kо‘rsatilgan. Pazlar ochik,, yarim ochiq yoki yopiq qilib tayyorlanadi. Plastinkalar rotor valiga kiydirilganda rotorda uzunasiga pazlar hosil bо‘ladi. Asinxron dvigatellar rotori tuzilishi ikki xil:
a) qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel;
b) faza rotorli asinxron dvigatel.
a) Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellar rotorining ferromagnit о‘zagi pazlariga izolyasiyasi bо‘lmagan mis yoki alyuminiy simlar yoxud sterjenlar joylashtiriladi. Bu sterjenlarning uchlari ikki tomondan mis yoki alyuminiy halqalarga kavsharlanadi. Agar rotor pazlaridagi sterjenlarni va sterjen uchlarini birlashtiruvchi xalqalarni rotordan chiqarib olinsa, katakli halqa xosil bо‘ladi. Katakli halqaning sterjenlari rotorning qisqa tutashtirilgan chо‘lg‘ami, bunday rotor esa qisqa tutashtirilgan rotor deyiladi qisqa tutashtirilgan rotor о‘zagining pazlari ovalsimon 5-rasm.
Olmaxon dalqasi (a), qisqa tutashgan bо‘lib, unga kо‘pincha kitirilgan rotor eritilgan alyuminiy kо‘yiladi va yaxlit „olmaxon xalsasi" xosil qilinadi. Rotor tanasining ikki yon tomonidan sovituvchi qanotlar ham chiqariladi (5-rasm). Katakli halkaning sterjenlari pо‘lat о‘zakdan izolyasiyalanmaydi, chunki siosa tutashtirilgan mis yoki alyuminiy simlarning elektr
о‘tkazuvchanligi pulat о‘zakning elektr о‘tkazuvchanligidan о‘n va undan ortiq marta katta bо‘ladi, bunday sharoitda sterjenlarni izolyasiyalashning ahamiyati bо‘lmaydi. Umuman, sterjenlari va xalqalari quyma alyuminiydan ishlangan rotor oddiy tuzilgan, tannarxi arzon, yengil, tayyorlanish texnologiyasi oson. 6-rasmda qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelning konstruktiv sxemasi kо‘rsatilgan.
b) Faza rotorli asinxron dvigatel ham, val va unga о‘rnatilgan ferromagnit о‘zakdan iborat bо‘lib, о‘zakning pazlariga izolyasiyalangan mis simdan о‘ralgan uchta chо‘lg‘am, fazoda bir-biriga nisbatan 120° ga siljitilgan holda joylashtiriladi. Kо‘pincha rotor chо‘lg‘amlari yulduz usulida ulanadi. Chulg‘amlarning oxirgi uchlari bir nuqtaga ulanadi, bosh uchlari esa rotor
о‘qining bir tomoniga о‘rnatilgan uchta mis yoki latun xalqata ulanadi (86-rasm). Bu halqalar mashinaning temir qismlaridan va bir-biridan puxta izolyasiyalangan. Mashinaning qо‘zg‘almas qismiga о‘rnatilgan maxsus tutqichlarda yupqa mis plastinkalardan yoki kо‘mirdan yasalgan chо‘tkalar о‘rnatilgan. CHо‘tkalar prujina yordamida halqalarga tegib turadi, rotor aylanganda chо‘tkalar halqalarda sirpanadi va elektr tokini yaxshi о‘tkazadigan kontakt hosil qiladi. Shunday qilib, rotor chulg‘amlarining bosh uchlari xalqa va chо‘tkalar orkali tashqi klemmalarga chiqariladi. Rotor chо‘lg‘amining klemmalari R1, R2 va RZ bilan belgilanadi. 6-rasmda faza rotorli asinxron dvigatelning ayrim qismlari kо‘rsatilgan. Asinxron dvigatelni yurgizish uchun uning stator chо‘lg‘ami uch fazali tok tarmog‘iga ulanishi lozim. Faza rotorli dvigatel maxsus yurg‘izish reostati yordamida yurg‘iziladi. Yurg‘izish reostati rotor chо‘lg‘ami bilan ketma-keg ulanadi. Yurg‘izish reostati yulduz usulida ulangan uch fazali reostatdir. Yurg‘izish reostatining qarshiligi 4 ... 6 bosqichli. Dvigatel yurg‘izilayotganida yurg‘izish reostatining hamma qarshiligi rotor chо‘lgamiga butunlay ulangan bо‘lishi lozim. Stator chо‘lg‘amlari tarmoqqa ulanganda dvigatelning rotori aylana boshlaydi. Uning tezligi oshgan sari yurg‘izish reostatining qarshiligi uning surgichi yordamida bir bosqichga kamaytirib boriladi va yurg‘izish oxirida reostat qarshiligi sxemadan butunlay chiqariladi. Bunda dvigatelning aylanish chastotasi valdagi nagruzka qiymati bilan aniqlanadi. Yurg‘izish reostatining qarshiligi nolga teng bо‘lganda rotor chо‘lg‘amlari qisqa tutashib qoladi. Xalqa va chо‘tkalar mashinaning nozik qismlari xisoblanib, chutkalar xalqalarda sirpanaverib yeyiladi va tez ishdan chiqadi.
Asinxron dvigatelda stator zanjiri rotor zanjiri bilan elektr jixatdan о‘zaro bog‘lanmagan. Stator chulg‘amlari tarmoq kuchlanishiga ulanganda chо‘lg‘amlardan о‘tadigan uch fazali tok energiyasi rotorga magnit maydoni vositasida uzatiladi. Bu jixatdan asinxron dvigatel transformatorga
о‘xshaydi. Stator chо‘lg‘ami transformatorning birlamchi chо‘lg‘ami, rotor chо‘lg‘ami esa transformatorning ikkilamchi chо‘lg‘ami о‘rnida ishlaydi. Shuning uchun asinxron dvigatellar bazan induksion mashinalar deyiladi. Sanoat korxonalarida asosan, qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel о‘rnatiladi. qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellarning tuzilishi oddiy ishda ishonchli, ularni boshqarish oson. Lekin ularda yurg‘izish momentining kichikligi va yurg‘izish tokining kattaligi qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatellarning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun yurg‘izish momenti uncha katta bо‘lmagan mexanizmlarda qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellar kо‘llaniladi. Faza rotorli asinxron dvigatelda yurg‘izish momentini yurg‘izish reostati yordamida maksimal momenggacha oshirish mumkin. Shuning uchun faza rotorli asinxron dvigatellar katta nagruzka bilan yurg‘izilishi lozim bо‘lgan va rotorning ay-lanish chastotasini rostlash talab qilinadigan mexanizmlarda qо‘llaniladi. 7- rasmda qisqa tutashtirilgan rotorli (a) va faza rotorli asinxron dvigatelning (b) elektr sxemasi kursatilgan har bir asinxron dvigatelning texnik xarakteristikasi uning pasportida yozilgan bо‘ladi. Unda quyidagilar kо‘rsatiladi:
5. Asinxron dvigatelning ishlash prinsipi
Asinxron dvigatelning ishlash prinsipi stator chulg‘amlaridan uch fazali tok о‘tganda statorda aylanma magnit maydonining hosil bо‘lishiga asoslangan. Asinxron dvigatelning ishlash prinsipini о‘rganish uchun ichiga magnit qutblari maxkamlangan va о‘z о‘qi atrofida erkin aylanadigan halqa 1 olinadi (8- rasm). Bu halqa aylanganda, uning ichidagi magnit maydoni ham aylanadi, natijada aylanma magnit maydoni hosil bо‘ladi. Yendi bu halqa ichiga yengil aylanadigan qisqa tutashgan rotor 2 о‘rnatamiz. Agar magnitli halqa malum bir tezlikda masalan, n, tezlikda aylantirilsa, magnit maydonining kuch chiziqlari rotorning qisqa tutashtirilgan simlarini kesib о‘tadi va bu simlarda YEYUK hosil bо‘ladi. Bu YEYUK rotor simlarida tok
hosil qiladi. Rotorning qisqa tutashgan 9-rasm simlarida (yoki rotor chо‘lg‘amlarida) hosil bо‘lgan shu tokning aylanma magnit maydoni bilan о‘zaro tasiri natijasida rotor simlariga elektromagnit kuchlar tasir qiladi. Bu kuchlarning yо‘nalishi chap qо‘l qoidasi bilan aniqlanadi. Rotorning ayrim simlariga tasir etuvchi kuchlar uni aylantiradigan elektromagnit momentni hosil qiladi. Natijada rotor ham qandaydir masalan, n tezlik bilan aylanma magnit maydoni yо‘nalishida aylana boshlaydi. Demak, asinxron dvigatelning ishlash prinsipi aylanma magnit maydoni bilan rotorning qisqa tutashtirilgan simlarida (yoki rotor chо‘lg‘amlarida) hosil bо‘ladigan toklarning о‘zaro tasiriga asoslangan ekan. Real uch fazali sinxron dvigatellarda stator chо‘lg‘amlaridan uch fazali tok о‘tganda stator ichida aylanma magnit maydoni о‘z-о‘zidan hosil bо‘ladi.
Ayrim fazalari bir-biriga nisbatan 120° ga siljigan stator chо‘lg‘amlarining toki, fazoda bir-biriga nisbatan 120° ga siljigan magnitlovchi kuchlarni va stator ichida malum bir tezlikda aylanadigan aylanma magnit maydoni (magnit oqimi) ni hosil qiladi.
Endi ayrim faza chо‘lg‘amlari ikki о‘ramdan iborat bо‘lgan uch fazali asinxron dvigatel statorida aylanma magnit maydonining hosil bо‘lishini kо‘rib chiqamiz. 10-rasmda ayrim faza chо‘lg‘amlari ikki о‘ramdan, yani stator о‘zagining pazlarida joylashgan tо‘rtta simdan iborat bо‘lgan stator sxemasi chizilgan. Stator chо‘lg‘ami yulduz usulida ulangan. О‘zakning 1, 2, 7 va 8-pazlaridagi simlar A fazaga; 5, 6, 11 va 12-pazlaridagi simlar V fazaga; 9, 10, 3 va 4-pazlaridagi simlar S fazaga tegishlidir. CHо‘lg‘amning bosh uchidan oxirgi uchiga yо‘nalgan tok musbat, teskari tomonga yо‘nalgan tok manfiy deb qabul qilinadi. Malumki, tokli har bir chо‘lg‘am о‘zgaruvchan magnit maydonini hosil qiladi. Uch fazali tokning uchta о‘zgaruvchan magnit maydoni qо‘shilib umumiy yig‘indi magnit maydonini hosil qiladi. Yig‘indi magnit maydonining yо‘nalishi ham doim о‘zgarib turadi. Lekin vaqtning istalgan ayrim momentlari uchun uning yо‘nalishini aniqlash mumkin. 9-rasm, b da chо‘lg‘amlardan о‘tadigan uch fazali tokning vaqt ichida о‘zgarish grafigi kо‘rsatilgan. Unda vaqtning boshlang‘ich momentida (£ = 0 bо‘lganda) tok A fazada musbat va maksimal qiymatga ega bо‘lsin. Bunda V va S fazalarda tok manfiy, qiymati esa IA tokning yarmiga teng bо‘ladi (10-rasm, a). CHо‘lg‘am simlarida tok yunalishi musbat bо‘lsa (-J-) bilan, manfiy bо‘lsa nuqda bilan kо‘rsatilgan. Uchta chо‘lgam simlaridagi tokning yunalishiga qarab yig‘indi magnit maydonining yо‘nalishini aniqlash mumkin. 10-rasmda fazalarda tok maksimal bо‘lganda yig‘indi magnit maydonining yо‘nalishi, shu maydonning kuch chiziqlari va magnit induksiyasining о‘zgarish shakli (shtrixlangan yuza) ham kо‘rsatilgan. A fazada tok maksimal bо‘lganda yig‘indi magnit maydonining kuch chiziqlari stator pо‘lat о‘zagining о‘ng tomonida pо‘lat о‘zakdan havoga, chap tomonida esa havodan pо‘lat о‘zakka yо‘naladi. Demak, shu momentda pо‘lat о‘zak yarmining ung tomoni shimoliy magnit qutb; chap tomoni janubiy magnit qutb vazifasini bajaradi. t = \/3T bulganda V fazada tok musbat va maksimal qiymatga; L va S fazalarda esa manfiy va qiymati 1V tokning yarmiga teng bо‘ladi. Bunda yig‘indi magnit maydoni yangi vaziyatni oladi va oldingiga nisbatan 120° ga buriladi. t =2/37" bо‘lganda S fazada tok maksimal bо‘ladi va hokazo. Demak, ayrim faza chо‘lg‘amlarida tok о‘zgarganda magnit maydonining shakli о‘zgarmaydi va maydon о‘qi soat strelkasi harakati yо‘nalishida uzluksiz aylanadi. Shunday qilib, asinxron dvigatel statorining chо‘lg‘amlaridan uch fazali tok о‘tganda stator ichida о‘z-о‘zidan aylanuvchi aylanma magnit maydoni hosil bо‘lar ekan. CHо‘lg‘amlarni tarmoqqa ulaydigan uchta simdan ikkitasining о‘rni о‘zgartirilsa, aylanma magnit maydonining aylanish yо‘nalishi о‘zgaradi.
Stator chо‘lg‘amining har bir fazasi faqat bitta g‘altakdan iborat bо‘lsa, uch fazali tok sistemasi asinxron mashinada ikki kutbli magnit maydonini hosil qiladi. Agar mashina ikki kutbli bо‘lsa, о‘zgaruvchan tokning bir davri ichida magnit maydoni 360° ga buriladi, yani bir marta aylanadi. Uch fazali chо‘lg‘amdan о‘tuvchi tok kо‘p kutbli aylanma magnit maydonini ham hosil qiladi. Masalan, r=-2, yani 4 qutbli magnit maydonini hosil qilish uchun statorning har bir faza chо‘lg‘ami ikkita g‘altakdan iborat bо‘lishi va burchak esa ikki marta kichik bо‘lishi, yani о‘ram simlari 180°/2 = 90° dagi pazlarda joylashishi kerak.
Statorda hosil bо‘ladigan magnit maydonining aylanish chastotasi о‘zgaruvchan tok chastotasining qiymati f ga tо‘g‘ri proporsional va juft qutblar soni (r) ga teskari proporsional bо‘ladi. Aylanma magnit maydonining aylanish chastonasi n1 bilan belgilanadi va qо‘yidagicha aniqlanadi:
Aylanma magnit maydonining aylanish tezligi (chastotasi) sinxron tezlik deyiladi, u bazan ps bilan ham belgilanadi. Agar о‘zgaruvchan tok chastotasi f= 50 Gs bulsa, aylanma magnit maydonining aylanish chastotasi faqat juft kutblar soniga bog‘liq bо‘ladi. Juft kutblar soniga qarab aylanma magnit maydonining aylanish tezligi ham har xil bо‘ladi, masalan: agar r = 1 bо‘lsa, px =3000 ayl/min, r=2 bо‘lsa, n1 = 1500 ayl/min, p = 3 bо‘lsa, n1=1000 ayl/min, r = 4 bо‘lsa, n1= 750 ayl/min bо‘ladi.
Asinxron dvigatelning stator chо‘lg‘amlari tarmoqqa ulanganda uning rotori aylana boshlaydi. Rotorning tezligi p2 asta-sekin о‘sib boradi, lekin magnit maydonining tezligiga yeta olmaydi
4. Sinxron mashinalarni ishga tushirish.
5. Sinxron mashinalarining asosiy xarakteristikalari.
|