194
4-laboratoriya mashg‘uloti.
Mavzu:
Sporali o‘simliklar, ochiq urug‘li va gulli o‘simliklar misolida
aromorfoz, idioadaptatsiyalarni o‘rganish.
Lаbоrаtоriya mashg‘ulоtining mаqsаdi:
evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini
o‘rganish, o‘simlik
dunyosidagi aromorfoz, idioadaptatsiyalarni hamda ularning
ahamiyatini aniqlash.
Lаbоrаtоriya jihоzlаri:
yo‘sin, qirqquloq, qirqbo‘g‘im, archa, qarag‘ay,
gulli
o‘simliklarning gerbariylari yoki tirik namunalari.
Ishning borishi:
1. Yo‘sin, qirqquloq, qirqbo‘g‘im, archa, qarag‘ay, gulli o‘simliklarning vege-
tativ organlarini aniqlang.
2. Yo‘sin, qirqquloq, qirqbo‘g‘im, archa, qarag‘ay, gulli o‘simliklarning
generativ organlarini aniqlang.
3. Har bir bo‘limga xos aromorfozlarni aniqlang.
4. Kuzаtish nаtijаlаri аsоsidа quyidаgi jаdvаlni to‘ldiring.