• Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Organizmlar uchun xos bo‘lgan aromorfoz va idioadaptatsiyalarni ko‘rsating. Organizmlar Aromorfozlar
  • 39-§. TIRIK ORGANIZMLARDA O‘Z-O‘ZINI IDORA ETISH ORGANLARI: GUMORAL VA NERV SISTEMASI EVOLUTSIYASI Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
  • Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
    evolutsion o‘zgarishlar, 
    bir va ko‘p hujayrali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar, xordali 
    hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar.
    Bilimlaringizni qo‘llang.
    1. Bir hujayrali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlarni tushuntirib bering.
    2. Ko‘p hujayrali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlarni izohlang.
    3. Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlarni tavsiflang.
    4. Sutemizuvchilar sinfi turkumlari vakillarini o‘zaro taqqoslang. Ularda ya-
    shash muhitiga bog‘liq holda vujudga kelgan belgilarni aniqlang.
    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
    Organizmlar uchun xos bo‘lgan aromorfoz va idioadaptatsiyalarni ko‘rsating.
     Organizmlar 
    Aromorfozlar
    Idioadaptatsiyalar
    Baliqlar
    Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
    Sudralib yuruvchilar
    Qushlar
    Sutemizuvchilar


    202
    39-§. TIRIK ORGANIZMLARDA O‘Z-O‘ZINI IDORA ETISH 
    ORGANLARI: GUMORAL VA NERV SISTEMASI EVOLUTSIYASI
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
    Olgan bilimlaringizga asoslanib, 
    organizmlarning nerv va gumoral sistema orqali boshqarilishi haqida 
    fikr yuriting.
    Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan biri o‘z-o‘zini boshqarish 
    sanaladi. O‘z-o‘zini boshqarish – tirik organizmlarning fiziologik yoki 
    biologik ko‘rsatkichlarini muayyan va doimiy darajada avtomatik tarzda 
    saqlash xususiyati sanaladi. Organik olamning turli tuzilish darajalari, ya’ni 
    molekula darajasidan tortib, organizm darajasigacha o‘z-o‘zini boshqarishning 
    aniq tizimi, xilma-xil ko‘rinishlari mavjud.
    O‘z-o‘zini boshqarish mexanizmining ishga kirishishi uchun muayyan 
    omil ta’sir ko‘rsatishi, organizm ichki muhitidagi birorta kimyoviy modda 
    (gormon yoki qand miqdori)ning konsentratsiyasi, ba’zi organlar sistemasi 
    holatining o‘zgarishi, organizmga yot moddaning kirishi yetarli sabab 
    bo‘ladi. Masalan, xloroplastlar yorug‘lik ta’sirida sitoplazmada joylashgan 
    o‘rnini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Yorug‘lik ko‘p bo‘lgan hollarda 
    xloroplastlar go‘yoki kuchli yorug‘likdan himoyalanish uchun hujayra qobig‘i 
    atrofida, bulutli va yorug‘lik kam bo‘lgan kunlarda yorug‘likdan ko‘proq 
    foydalanish uchun ular sitoplazmada bir tekis taqsimlanadi. Quyosh nuri 
    ta’sirida xloroplastlar holati va joyining o‘zgarishi hujayraning o‘z-o‘zini 
    boshqarish mexanizmi orqali amalga oshadi (60-rasm).
    Bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar, bir hujayrali suvo‘tlari va yuksak 
    o‘simliklarning jinsiy hujayralari uchun tashqi omillar (yorug‘lik, kimyoviy 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish