• O‘z fikringizni bildiring.
  • Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
    ekologik omillar, abiotik 
    omillar, biotik omillar, antropogen omillar, biologik optimum, tolerantlik, 
    evribiont, stenobiont, cheklovchi omil, minimum qoidasi, ekologik nisha. 
    Bilimlaringizni qo‘llang.
    1. Ekologik omillarning qanday turlarini bilasiz. 
    2. Abiotik omillarning qanday turlari bor? Misollar bilan tushuntiring. 
    3. Quyidagi omillarning qaysilari o‘simliklar, qaysilari hayvonlarning yashash 
    sharoitlarini belgilaydi: suv, shamol, yorug‘lik, karbonat angidrid, organik 
    moddalar, mineral tuzlar? Fikringizni asoslang. 
    4. Biologik optimum deganda nimani tushunasiz? 
    5. Organizmlarning ekologik omillar ta’siriga chidamliligi nima bilan chegara-
    lanadi? 
    6. Qanday omillar cheklovchi omil deyiladi? Libixning minimum qoidasi 
    mohiyatini tushuntirib bering. 
    7. Biotik omillarni ta’riflang. Tirik organizmlarning qanday munosabatlarida 
    biotik omillar ta’siri aks etadi? 
    8. Ekologik nishani izohlang. Har xil turlar bitta ekologik nishani egallashi 
    mum
    kinmi? 
    9. Berilgan ekologik omillarni tegishli ravishda abiotik, biotik, antropogen 
    omillarga ajrating: harorat, balandlik, yirtqichlar, yorug‘lik, transportlar, 
    parazitlar, elektromagnit nurlanish, daraxtlarni kesish, tuproq tarkibi, o‘txo‘r 
    hayvonlar, yerni sug‘orish. 
    O‘z fikringizni bildiring.
    1. Qishda kuchli shamol esgan vaqtida shamolsiz kunlarga nisbatan o‘simliklarni 
    sovuq urish ehtimoli ko‘proq. Bu hodisa qanday ekologik qonuniyatlar bilan 
    bog‘liq? Fikringizni asoslang. 
    2. Quyida berilgan antropogen omillar ta’sirining oqibatlarini aytib bering: 
    o‘r monlarni kesish; okean tubidan neft qazib olish, uni transportda tashish 
    va qayta ishlash; hayvonlarni ovlash; zararkunandalarga qarshi kimyoviy 
    mod dalarni qo‘llash; suv havzalarining sanoat va xo‘jalik chiqindilari bilan 
    ifloslanishi.

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish