• O‘z fikringizni bildiring.
  • 29-§. BIOSFERADA MODDA VA ENERGIYANING DAVRIY AYLANISHI Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
  • Modda va energiyaning davriy aylanishi haqida tushuncha.
  • Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: quruqlik biomassasi
    okean biomassasi, tuproq biomassasi. 
    Bilimlaringizni qo‘llang. 
    1. Quruqlik biomassasini ta’riflang.
    2. Nima uchun quruqlik biomassasi qutblardan ekvatorga qarab ortib boradi?
    3. Tuproq biomassasini nima tashkil etadi?
    4. Dunyo okeani biomassasi qanday taqsimlangan?
    5. Inson faoliyati Yer biomassasiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
    O‘z fikringizni bildiring.
    Dunyo okeani maydon jihatdan quruqlikdan katta bo‘lishiga qaramay, uning 
    biomassasi quruqlik biomassasidan ancha kam. Okean biomassasining asosiy 
    qismini hayvonlar (93,7%) tashkil etadi, o‘simliklar ulushi esa 6,3% dan iborat.


    150
    29-§. BIOSFERADA MODDA VA ENERGIYANING DAVRIY AYLANISHI 
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
    Ekosistemadagi moddalarning davriy 
    aylanishida produtsentlar, konsumentlar, redutsentlarning o‘rnini aniq-
    lang. Nima uchun moddalarning davriy aylanishi ekosistemaning barqa-
    ror ligini ta’minlovchi asosiy shart hisoblanadi?
    Modda va energiyaning davriy aylanishi haqida tushuncha. 
    Biosferada 
    modda va energiyaning aylanishi biosfera tarkibiy qismlari – tog‘ jinslari
    tabiiy suvlar, gazlar, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizm larning 
    tinimsiz davriy aylanish jarayonidir. 
    Davriy aylanish biosferaning mavjudligini ta’minlovchi, uning butunligini 
    va barqarorligini saqlovchi muhim omildir. Biosferaning rivojlanishi va 
    taraqqiyoti davom etishi Yerdagi biologik muhim moddalarning davriy 
    aylanishi bilan bog‘liq. Bu esa moddalar bir marta foydalanilgandan so‘ng 
    boshqa organizmlar tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan holat ga, 
    shaklga o‘tishi demakdir. Butun Yer sayyorasi miqyosida quyosh energi-
    yasi hisobiga sodir bo‘ladigan biologik muhim elementlarning bir bo‘ g‘ini -
    dan ikkinchisiga o‘tishi moddalarning geologik davriy aylanishi deyi ladi. 
    Moddalarning geologik aylanishi abiotik omillar ta’sirida amalga oshiriladigan 
    moddalar migratsiyasi hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan quyosh nuri, atmosfera, 
    yog‘ingarchilik ta’sirida tog‘ jinslari yemiriladi, shamol ta’sirida nuraydi 
    va dunyo okeaniga oqizib ketiladi. Ular okean tubida to‘planib cho‘kma 
    jinslarni hosil qiladi. Tektonik harakatlar tufayli materiklarning ayrim 
    qismlari cho‘kadi va suv ostida qoladi, ayrim qismlari ko‘tariladi, ya’ni tog‘ 
    hosil bo‘lish jarayonlari to‘xtovsiz davom etadi. Natijada okeanlar tubida 
    yig‘ilgan tog‘ jinslari quruqlik yuzasiga ko‘tarilsa, kontinentlarning yuzasida 
    to‘planib borgan tog‘ jinslari esa suv ostida qoladi. 
    Tirik moddaning paydo bo‘lishi bilan geologik aylanish asosida organik 
    moddalarning davriy aylanishi, ya’ni biologik davriy aylanish yuzaga 
    keldi. Tirik organizmlarning rivojlanishi natijasida geologik aylanishda 
    ishtirok etuvchi elementlar hayotning asosi hisoblanadigan hamda to‘xtovsiz 
    davom etadigan biologik davriy aylanishga qo‘shilib boradi. Biosferaning 
    rivojlanishi va undagi jarayonlarning sodir bo‘lishi biogen elementlarning 
    uzluksiz ravishda davriy aylanishi bilan bog‘liq. Tirik organizmlarning 
    hayot faoliyati uchun ayrim elementlar ko‘p, ayrim elementlar esa kam 
    miqdorda zarur. Shunga ko‘ra biologik davriy aylanishda ishtirok etuvchi 
    biogen elementlar makroelementlar va mikroelementlarga ajratiladi. 


    151
    Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar biogen 
    elementlar deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe, 
    Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H, 
    O, N, S, P eng muhim elementlar hisoblanadi. 
    Moddalarning geologik davriy aylanishi biologik davriy aylanishdan 
    bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi: geologik davriy aylanishning 
    harakatlantiruvchi asosiy kuchi suvning okeanlar va quruqlik o‘rtasida 
    to‘xtovsiz aylanib turishi bo‘lsa, biologik davriy aylanishni harakatlantiruvchi 
    kuchi tirik organizmlarning oziqlanishidagi farqlar hisoblanadi. Moddalarning 
    geologik aylanishida Yer qobig‘idagi barcha kimyoviy elementlar ishtirok 
    etsa, biologik davriy aylanishda esa faqat biogen elementlar ishtirok etadi. 
    G
    eologik davriy aylanishning davomiyligi bir necha o‘n ming va yuz 
    ming yillarni tashkil etsa, biologik davriy aylanishni ta’minlovchi biogen 
    elementlarning davriy aylanish sikli qisqa – bir necha yil, bir necha o‘n va 
    yuz yillarni tashkil etadi. 
    Biologik davriy aylanish geologik davriy aylanishdan farq qilib, biosfera 
    doirasida sodir bo‘ladi. Biologik davriy aylanishning mohiyati, avtotrof 
    organizmlar tomonidan fotosintez jarayonida anorganik moddalardan organik 
    birikmalarning sintezlanishi, mazkur organik birikmalarning oziq zanjiridagi 
    konsumentlar ishtirokida o‘zlashtirilishi, redutsentlar tomonidan esa qaytadan 
    anorganik moddalarga parchalanishida namoyon bo‘ladi. 
    Redutsentlarning hayotiy faoliyati tufayli organik birikmalar anorganik 
    moddalarga aylantirilib, qaytadan biologik davriy aylanishda ishtirok 
    etishi yoki uning tarkibidan chiqib, geologik davriy aylanishga qo‘shilishi 
    mumkin. O‘z navbatida geologik aylanishda ishtirok etayotgan elementlar 
    tirik organizmlar tomonidan o‘zlashtirilib biologik davriy aylanishga jalb 
    etilishi mumkin. Biologik hamda geologik davriy aylanishlar bir-biri bilan 
    chambarchas bog‘liq bo‘lgani uchun bu jarayonlarga bir butun, yaxlit, ya’ni 
    elementlarning biogeokimyoviy davriy aylanishi deyiladi (43-rasm).
    Biosferaning barcha tarkibiy qismlari – o‘simliklar, hayvonlar, mikroor-
    ganizmlar hamda litosfera, gidrosfera, atmosferaning tirik organizmlar 
    egallagan qismlari bir-biri bilan moddalar va energiyaning yagona davriy 
    aylanishi orqali chambarchas bog‘langan. Bu jarayon ekosistemada nafaqat 
    organik moddalarni sintezlovchi avtotroflarning, balki organik moddalarni 
    iste’mol qiluvchilar va parchalovchilar – geterotroflarning mavjudligi bilan 
    ta’minlanadi. 


    152
    Avtotrof organizmlarda organik moddalarning sintezlanishi, ularning 
    o‘zlashtirilishi tufayli o‘zgarishi, parchalanishi kabi jarayonlar o‘rtasidagi 
    mutanosiblik ekosistemaning barqarorligini ta’minlaydi. Ekosistemaning 
    barqarorligi ularning o‘z tarkibi, strukturasi, funksiyalarining doimiyligini 
    saqlasa-da, hatto ba’zi jihatlariga ziyon yetganda ham qaytadan tiklanishi 
    kabi xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. 
    Biosferaning barqarorligi tirik moddalar – turlarning xilma-xilligi, tirik 
    organizmlarning hayotiy faolligi, ekosistema tarkibiy qismlarining bir vakili 
    ikkinchisining o‘rnini to‘ldira olishi bilan ham belgilanadi. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish