Etologik (xulq-atvor) struktura –




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/176
Sana01.02.2024
Hajmi4,78 Mb.
#149833
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   176
Bog'liq
Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

Etologik (xulq-atvor) struktura – 
populatsiya individlari o‘rtasida tarkib 
topadigan munosabatlar tizimi. Bunday struktura hayvonlargagina xosdir. 
7-sinfda biologiyani o‘rganish chog‘ida hayvonlarda xulq-atvor reaksiyalarining 
xilma-xilligi bilan tanishgansiz. Ayrim populatsiyalarda individlar yakka holda 
yashaydi. Ko‘p hollarda organizmlar guruhlar (oila, koloniya, to‘da, poda va b.)
ga birlashadi (21-rasm). 
Oilaviy yashash tarzi ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni vujudga 
keltiradi. Masalan, sherlar oilasi katta erkak sher, bir necha urg‘ochi va ularning 
bolalaridan tashkil topadi. Oilaning katta a’zolari birgalikda ov qiladi, naslini 
himoyalaydi va tarbiyalaydi. Oilaviy hayot kechiradigan hayvonlarda hududiylik 
xulq-atvori namoyon bo‘ladi. Oila hududiga egalik qilish ovoz signallari yoki 
hidli belgi qo‘yish, tahdid ko‘rinishini namoyish qilish, shuningdek, hududga 
oyoq bosgan begonaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tajovuz qilish orqali ta’minlanadi. 
Ayrim hayvonlar, masalan, bo‘rilar va giyena itlari to‘da bo‘lib yashaydi. 
To‘dada taqlid qilish reaksiyalari rivojlangan va qat’iy tartibga bo‘ysunish 
bo‘ladi. To‘da a’zolarining xatti-harakatlari ovoz, ko‘rish yoki kimyoviy 
signallar yordamida amalga oshiriladi. To‘da ko‘payish davrida nasl qoldirish 
va uni tarbiyalash uchun alohida juftlarga ajralishi mumkin. Nasl qoldirgach, 
to‘da qaytadan shakllanadi.
Hayvonlar podasi to‘daga nisbatan doimiy bo‘lgan tuzilmadir. Eng kuchli 
hayvon podaga boshchilik qiladi. Boshliq podani boshqaradi, maxsus signallar, 
tahdidlar yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri tajovuz orqali a’zolar o‘rtasida qat’iy intizomni 
ta’minlaydi. Poda bo‘lib yashovchi hayvonlar ma’lum qonuniyat asosida 
bir joydan boshqa joyga migratsiya qiladilar, himoyalanadilar. Dam olish 
joylarida joylashish ham qat’iy qonuniyat asosida tashkil etiladi. Zebralarning 
podasida har doim oldinda qari urg‘ochi, uning ortida avval eng yosh, keyin 
kattaroq yoshdagi, ulardan keyin katta yoshdagi zebralar, eng oxirida esa 
poda boshchisi bo‘lgan erkak zebra harakatlanadi. 
Pavian maymunlar podasining markazida, eng xavfsiz joyda bolali yoki 
homilador urg‘ochilar, chetlarida boshchilari, yosh erkak va urg‘ochilari 
bo‘ladi. Podaning old va orqa tomonlarida hujumni qaytarishga tayyor yirik 
erkaklari harakatlanadi (21-rasm).
Koloniyalar – o‘troq hayot kechiradigan hayvonlar hosil qiladigan guruhlar. 
Ular uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lishi yoki ko‘payish davridagina 
shakllanishi mumkin. Individlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning murak-
kablik darajasiga ko‘ra koloniyalar har xil bo‘ladi. Ba’zi koloniyalar bir hududda 
yashovchi ayrim individlarning oddiy yig‘indisi bo‘lsa, ba’zi koloniyalar 
yaxlit organizmni tashkil etuvchi organlar singari turli funksiyalarni bajarishga 


90
Tulkining yakka hayot tarzi
B
o‘rilar to‘dasi
S
herlar oilasi yoki prayd
K
iyiklar podasi
Pingvinlar koloniyasi

Download 4,78 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   176




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish