• Ekosistema strukturasi.
  • Produtsentlar
  • Konsumentlar
  • -§. EKOTIZIMLARNING TROFIK STRUKTURASI




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    16-§. EKOTIZIMLARNING TROFIK STRUKTURASI
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. Avval o‘zlashtirgan bilimlaringiz 
    asosi da avtotrof organizmlarga ta’rif bering. Fototrof va xemotrof orga-
    nizmlar ga qiyosiy xarakteristika bering. Geterotrof organizmlarning 
    oziq lanish usullarini esga oling. 
    Ekosistema (ekotizim)ga tabiatning asosiy tuzilish birligi sifatida qara-
    ladi. Ekotizim – tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari
    moddalar va energiya almashinuvi majmuyi sanaladi. 
    Quruqlikdagi ekologik sistemalarni ifodalash uchun «biogeotsenoz» atamasi 
    qo‘llaniladi. Biogeotsenoz quruqlikning moddalar va energiya almashinuvi 
    kecha digan, biotik (biotsenoz) va abiotik (bio top) tarkibiy qismlari yig‘indisidir. 
    Biogeotsenozlar oziq moddalar bilan ta’minlanishiga ko‘ra ekosistemalarga 
    nisbatan ko‘proq avtonom, ya’ni boshqa biogeotsenozlardan mustaqildir. Har 
    qaysi biogeotsenozda moddalar aylanishi amalga oshadi. 
    Ekosistema strukturasi. 
    Ekosistemada har xil turga mansub organizmlar 
    o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Moddalarning davriy aylanishida baja-
    radigan vazifasiga ko‘ra, turlar funksional guruhlarga bo‘linadi: produtsentlar, 
    konsumentlar yoki redutsentlar. 
    Produtsentlar 
    yorug‘lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik 
    moddalardan organik birikmalarini sintezlaydilar. Mazkur funksional guruhga yashil 
    o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar kiritiladi. Avtotrof 
    organizmlar geterotrof organizmlar yashashini ta’minlaydigan oziqa va energiya 
    manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Konsumentlar tirik organizm tarkibidagi organik 
    modda hisobiga oziqlanadi va undagi energiyani oziq zanjiri orqali uzatadi. Ularga 
    barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi. Konsumentlar uchun avtotroflar 
    (o‘simlikxo‘r hayvonlar uchun) yoki boshqa organizmlar (yirtqich hayvonlar 
    uchun) oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Oziq turiga ko‘ra konsumentlar quyidagi 
    tartiblarga bo‘linadi: produtsentlarni iste’mol qiluvchi organizmlar birinchi tartib 
    konsumentlar deyiladi, masalan, chigirtka, bargxo‘r qo‘ng‘iz, tuyoqli hayvonlar 
    va parazit o‘simliklar. Birinchi tartib konsumentlarini ikkinchi tartib konsumentlar 
    iste’mol qiladi, ularga go‘shtxo‘r (yirtqich) hayvonlar kiradi. Uchinchi va undan 
    keyingi tartib konsumentlariga ikkinchi va undan keyingi tartib konsumentlarni 
    iste’mol qiladigan yirtqichlar kiradi. Hammaxo‘r konsumentlar, masalan, 
    to‘ng‘izlar birinchi va ikkinchi tartib konsumentlari, yirtqichlar esa, masalan, 
    bo‘rilar ikkinchi va uchinchi tartib konsumentlari bo‘lishi mumkin. O‘simlik va 
    go‘sht mahsulotlarini birday iste’mol qiladigan hayvon turlarini hammaxo‘rlar 


    94
    deyiladi. Bunday turlarga suvaraklar, tuyaqushlar, kalamushlar, cho‘chqalar, 
    qo‘ng‘ir ayiq misol bo‘ladi. Ekosistemada konsumentlar tartibi soni produtsentlar 
    hosil qiladigan biomassa hajmiga bog‘liq holda cheklangan bo‘ladi.

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish