• Tilning belgili va belgisiz xususiyatlari. Til belgili xususiyatlarining lingvosemiotika tomonidan o‘rganilishi.
  • Tilshunoslik va semiotika. Lingvistik belgi tuzilishi. (Til belgili xususiyatlarining lingvosemiotika tomonidan o’rganilishi)




    Download 79,46 Kb.
    bet12/27
    Sana20.12.2023
    Hajmi79,46 Kb.
    #124452
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
    Bog'liq
    1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

    26. Tilshunoslik va semiotika. Lingvistik belgi tuzilishi. (Til belgili xususiyatlarining lingvosemiotika tomonidan o’rganilishi)
    61. F.de.Sossyur lingvistik ta’limoti (olimning semiotik va lingvistik goyalari)
    20. Tilning belgili va belgisiz xususiyatlari (semiotika va tishunoslik, axborot va signal tushunchasi,signal va substitut belgilar)
    Inson o’zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida uning unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar shug‘ullandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala ruhshunoslarning ham diqqatini jalb qildi.Belgi haqidagi falsafiy nazariya o‘zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi ellinlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar.Faylasuflar ta’sirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bag‘ishlangan deyarli barcha lingvisgik asarlarda so‘z ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lgan belgi sifatida talqin qilina boshladi. V.Gumboldt, Shleyxer, Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, N.Krushevskiy asarlarida so‘zga belgi nuqtai nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. Hatto belgi nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi alohida fan — semiologiya fani mavjud bo‘lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta’kidladi.XIX asrdagi belgilar sistemasiga bag’ishlangan falsafiy asarlar orasida Ch.S.Pirsning asari alohida ajralib turadi.Semiotikaning asoschisi sanaluvchi Ch.Morrisning Ch.S.Pirs qarashlariga tayanishi ham bejiz emas. Garchi F.de Sossyurning “Umumiy lingvistika kursi” asarida Ch.S.Pirsasarlariga ishora sezilmasa ham, ammo bu ikki olimning belgilar haqidagi qarashlarida bir-biriga juda o’xshashlik bor. Shuning uchun R.O.Yakobson: ikki olimning belgilar sistemasining o’rganishdagi harakatida qandaydir genetic aloqa bormi yoki fikriy muvofiqlikni uchratamizmi, degan masalani hal qilish juda qiziqarli bo’lar edi”, - degandi.
    Ch.Pirs belgilarni birinchi marotaba tasnif qiladi.U tasnifda belgining moddiy tomoni – ifodalovchi bilan ifodalanmish o’rtasidagi farqlanishga asoslanadi. Ana shu belgi asosida Ch.Pirs belgilarni uch katta guruhga ajratadi:
    1.Sanam belgilar. Bunday belgilar ifodalovchi ma’lum darajada ifodalanmish bilan o’xshashlikka ega bo’ladi (masalan, hayvonlarning tasvir belgisi sifatida aks ettirilishi).
    2.Indeks belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ifodalanmish bilan sabab-natija yoki boshqa munosabat (yaqinlik, makon va zamondagi bog’liqlik va h.k.) orqali bog’lanadi. Masalan, tutun olovning indeks belgisi sanaladi.
    3.Simvol belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi bilan ifodalanmish o’rtasida shartli, konvensional, motivlanmagan munosabat mavjud bo’ladi. Bu munosabat erkin va ma’lum qoida asosida vujudga keladi. Ana shu jihatdan lingvistik belgilar simvol belgilarga o’xshaydi.Lekin belgilar tipologiyasida alohida o’rin egallaydi.
    2.Tilning belgili va belgisiz xususiyatlari. Til belgili xususiyatlarining lingvosemiotika tomonidan o‘rganilishi. Tilning belgilar sistemasi ekani uning asosiy xususiyati va universal tomonidir. F.de Sossyurning fikricha, til belgilari o‘z tabiatiga ko‘ra garchi psixik bo‘lsa ham, lekin u abstraksiya emas, balki jamiyat a’zolari til xotirasida joylashgan reallikdir. U ayrim mualliflarning til alohida narsalarning nomlari yig‘indisi (nomenklaturasi) degan qarashlariga tanqidiy munosabatda bo‘ladi.
    F.de Sossyur o‘zigacha bo‘lgan olimlarning belgi deganda faqat akustik obrazni tushunishiga tanqidiy yondashgan holda, lingvistik belgi tarkibiy qismlarini ifodalovchi tushuncha atamasini ifodalanmish atamasiga, akustik obraz atamasini ifodalovchi atamasiga o‘zgartirishni tavsiya etadi. Bunday vaqtda lingvistik belgi atamasi butunni, keyingi ikki atama esa uning ikki tarkibiy qismini ifodalaydi. Keyingi ikki atamaning qulayligi shundaki, avvalo, butun tarkibidagi unsurlarning o‘zaro zid-lanishini, qolaversa, butun va bo‘lak zidlanishini to‘g‘ri ifodalaydi.
    Lingvistik belgi eng muhim ahamiyatga molik ikki xususiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Ularning birinchisi erkinlik (proizvolnost), ikkinchisi esa ifodalovchining ketma-ketligidir.
    F.de Sossyurning talqiniga ko‘ra, har qanday lingvistik belgi ifodalovchi va ifodalanmish munosabatidan tashkil topgan butunlik sanaladi. Lingvistik belgining ifodalovchi va ifodalanmishi o‘rtasidagi munosabat erkindir.
    Masalan: opa tushunchasi o-p-a tovushlar ketma-ketligi bilan hech qanday ichki munosabatga ega emas. Bu tushuncha boshqa har qanday tovushlar ketma-ketligi asosida ham ifodalanishi mumkin. Bu turli tillarda mazkur tushunchaning turlicha ifodalanishi va turli tillarning mavjudligi bilan ham izoxlanadi.
    V.Fon Gumboldt tomonidan aytilgan va F.de Sossyur nomi bilan mashhur bo‘lgan tilning belgilar sistemasi ekani haqidagi qarash ilmiy jamoatchilik o‘rtasida keng tarqaldi.

    Download 79,46 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




    Download 79,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tilshunoslik va semiotika. Lingvistik belgi tuzilishi. (Til belgili xususiyatlarining lingvosemiotika tomonidan o’rganilishi)

    Download 79,46 Kb.