• 8. Til va nutq antinomiyasi. Nutq faoliyatining o‘z mohiyati va shartlanganligiga asosan ijtimoiyligi (umumiy va xususiy, doimiy va o‘zgaruvchan, zamonaviy va tarixiy,sotsial-individual)
  • Moskva fonologik maktabida fonema nazariyasi. (maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi (kuchsiz pozitsiya)




    Download 79,46 Kb.
    bet15/27
    Sana20.12.2023
    Hajmi79,46 Kb.
    #124452
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
    Bog'liq
    1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

    52.Moskva fonologik maktabida fonema nazariyasi. (maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi (kuchsiz pozitsiya)
    Moskva fonologik maktabida fonema nazariyasi. Moskva fonologik maktabi o‘tgan asrning 30-yillarida A.A.Reformatskiy ta’biri bilan aytganda, DARS ilmiy markazi asosida shakllandi (DARS nomi bu ilmiy markaz asoschilari Dmitriyev, Avanesov, Reformatskiy, Sidorovlarning bosh harflaridan olingan) Leningrad fonologik maktabidan farkli ravishda MFM da fonema ma’lum avtonomlikka ega bo‘lgan, so‘z va morfemaning tovush qobig‘iga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil birlik emas, balki so‘z va morfemaning tarkibiy elementi hisoblanadi. LFM va MFM da fonemaga bunday ikki xil nuqtai nazar bir fonetik qurshovdagi ayrim tovush birliklarini ikki xil galqin qilishga olib keladi.
    Moskva fonologik maktabi konsepsiyasining katta yutug‘i shundaki, ular so‘z shaklning tovush tomonini farqlash darajasiga qo‘ra uning ikki pozitsiyasi-maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi (kuchsiz pozitsiya)ga ajratadi.
    Qurshovdagi tovushlarning ta’siriga kam beriltan perseptiv (bilish) tomondan maksimal differensial pozitsiya fonemalarning kuchli pozitsiyasi hisoblanadi. O‘zbek tili unlilari uchun faqat bir unlidan tashkil topgan so‘zning birinchi bo‘g‘ini pozitsiyasi kuchli pozitsiyadir.
    R.A.Avanesov fonemalar pozitsiyasini tasnif qilar ekan, ma’lum bir fonemaning bir belgisi uchun kuchli pozitsiya shu fonemaning boshqa belgisi uchun kuchsiz pozitsiya bo‘lishi mumkinligini aytadi. Shuning uchun u pozitsiyalarni quyidagi to‘rt guruhga bo‘ladi:
    1 Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun ham, qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun ham kuchli pozitsiya.
    II. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchli, qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun kuchsiz pozitsiya.
    Sh. Qattiqlik-yumshoklik belgisi uchun kuchli, jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchsiz pozitsiya.
    IV. Har ikki belgi uchun absolyut kuchsiz pozitsiya.
    Pozitsiya tushushchasi asosida MFM fonema variantlari va variatsiyalarini ham ajratadi. Jumladan, A.A.Reformatskiy kuchsiz pozitsiyalarni ikkiga-perseptiv kuchsiz (bilish tomoshidan) va signifikativ kuchsiz (farqlash tomonidan) shozitsiyalarga ajratgani holda, birinchi pozitsiya fonema variatsiyalarini, ikkinchi pozitsiya esa variantlarini hosil qilishini aytadi. Birinchisiga "a"ning turli ottenkalari "mat", "mat", "myat", "myat"; ikkinchisiga so‘zning oxirgi pozitsiyasi – "prud" va "prut" kiritiladi.
    MFMning yana bir yutug‘i bir belgi asosida oppozitsiyaga kirishgan fonemalarning shu belgi uchun kuchsiz pozitsiyada oppozitsiyaning yo‘qolishi, yani ikki fonemaning bir variantga muvofivlashuvi-neytralizatsiyasi hakidagi ta’limotdir. Masalaan, yod so‘zidagi d \t holida talaffuz qilinadi. MFM fonemani avtonom holda emas, balki morfema va so‘zning ichida uning elementi sifatida o‘rgandi.
    8. Til va nutq antinomiyasi. Nutq faoliyatining o‘z mohiyati va shartlanganligiga asosan ijtimoiyligi (umumiy va xususiy, doimiy va o‘zgaruvchan, zamonaviy va tarixiy,sotsial-individual)

    Download 79,46 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




    Download 79,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moskva fonologik maktabida fonema nazariyasi. (maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi (kuchsiz pozitsiya)

    Download 79,46 Kb.