• 44.Tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan munosabati natijasida tutash fanlarning yuzaga kelishi (kompyuter lingvistikasi, neyrolingvistika, valentlik nazariyasi, maydon nazariyasi)
  • Tilshunoslikning mantiq fani bilan bog‘liqligi.
  • Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati natijasida tutash fanlarning vujudga kelishi




    Download 79,46 Kb.
    bet2/27
    Sana20.12.2023
    Hajmi79,46 Kb.
    #124452
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa
    95826, Amaliy 3, 5-MAVZU-1, 1 ot, pisa-xalqaro-dasturida-matematik-savodxonlik, Najim aka, 3.7 ASOSIY VOSITALARNI INVENTARIZATSIYA QILISH HISOBI, statistika fani kitobi, Qurbonboyeva Qunduzxon Komiljon qizi, atv va ra, atv maruza 14, 3-ma\'ruza, C#, 5-лаборотория, 8-лаборотория
    7.Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati natijasida tutash fanlarning vujudga kelishi. (Psixolingvistika, neyrolingvistika)
    18.Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati natijasida tutash fanlarning yuzaga kelishi (sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolinvistika )
    44.Tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan munosabati natijasida tutash fanlarning yuzaga kelishi (kompyuter lingvistikasi, neyrolingvistika, valentlik nazariyasi, maydon nazariyasi)
    Tilshunoslik mustaqil fan sohasi sifatida XIX asrdagina ajralib chiqdi. Lekin uning falsafa, psixologiya, mantiq, tarix, adabiyot fanlari bilan uzviy aloqadorligi saqlanib qoldi.

    Tilshunoslikning mantiq fani bilan bog‘liqligi. Ularning aloqadorlik tomoni shundaki, har ikkisi ham tafakkur bilan bog‘lanadi. Chunki tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan til tafakkur bilan o‘zaro munosabatda. Til kishilarning olam haqidagi bilimlarini, fikrlarini boshqalarga yetkazuvchi va shakllantiruvchi vositadir. Til va tafakkur o‘zaro dialektik munosabatda ekan, ularni o‘rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o‘rtasida ham ana shunday dialektik aloqaning bo‘lishi tabiiy.
    Mantiq tafakkur shakllari, qonunlari va usullarini o‘rganadi. U tushuncha, hukm shakllarini, xulosa chiqarish, isbot va rad etish holatlari orqali obyektiv voqelikiing in’ikos etish jarayonida qanday bo‘lish yo‘llarini ko‘rsatib, inson fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo‘lishini ta’minlaydi. Shunday ekan, mantiq tilshunoslikning grammatika bo‘limi bilan bevosita munosabatdadir. Chunki tushuncha so‘z va so‘z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Bu esa har bir savodli kishi uchun grammatikani bilish qancha zarur bo‘lsa, mantiqning shakl va qonunlarini bilish ham shunchalik zarur.Shu bilan birga, mantiq va grammatika qanchalik o‘zaro zich bog‘lanmasin, o‘zlariga xos xususiyatlarga ham ega. Mantiq shakllari tushuncha, hukm, xulosalar hamma xalqlar uchun umumiy bo‘lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli-tumandir. Shuning uchun har bir tilning boshqasidan farq qiladigan o‘z grammatikalari mavjud. Bu shuni ko‘rsatadiki, mantiq bilan grammatika bir-biri bilan bog‘liq, ular bir-birini to‘ldiradi. Ayni paytda, o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi.

    Download 79,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 79,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati natijasida tutash fanlarning vujudga kelishi

    Download 79,46 Kb.