|
Tilshunoslik va biologiya. Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika
|
bet | 5/27 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 79,46 Kb. | | #124452 |
Bog'liq 1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsaTilshunoslik va biologiya. Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika.
Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo, tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi.Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1) birlamchi vazifasi insonning fiziologik a’zosi. Bunday a’zo sifatida ular inson organizmining normal yashashi uchun zarur tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi; 2) ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat homo sapiensga xos xususiyatlar bo‘lib, birlamchi vazifasi ustiga qo‘shimcha vazifa – ma’lum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi qo‘shiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning, ham tilshunoslikning tekshirish obyekti bo‘ladi.
Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan ham uzviy aloqada. So‘nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig‘ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog’i vujudga keldi. Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekani, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalarini o‘rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o‘rganish obyekti afaziyadir.
Bundan tashqari, tilshunoslikda valentlik atamasining keng tarqalishi, invariant – variant tushunchalarining paydo bo‘lishi kimyo fanining, yadro-preferiya munosabatlari fizika fanining, tilshunoslikda keng qo‘llanilayotgan statistik metodlar matematika fanining ta’siri orqali maydonga keldi.
12. 36. Tilshunoslik fani taraqqiyoti tarixidan. Qadimgi Hindistonda tilshunoslik. ( Vedalar, Panini, “Ashtadxyan”, Guru, so’z turkumlari, kelishik, zamon va hk )
Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar olamiga kirib keldi va o‘zining alohida o‘rganish ob’ektiga va tekshirish metodiga ega bo‘ldi. Qat’iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga etib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini bosib o‘tdi. Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim manbalari, ta’limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi. O‘rta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va O‘rta Osiyoda taraqqiy qildi.
|
| |