Qadimgi Yunon va Rimda tilshunoslik.( falsafiy davr, grammatik davr, Geraklit, Demokrit, Platon, Anaksimen, Iskandariya maktabi




Download 79,46 Kb.
bet7/27
Sana20.12.2023
Hajmi79,46 Kb.
#124452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

16. Qadimgi Yunon va Rimda tilshunoslik.( falsafiy davr, grammatik davr, Geraklit, Demokrit, Platon, Anaksimen, Iskandariya maktabi)
46. Tilshunoslik fani taraqqiyoti tarixidan. Tilshunoslik fanining shakllanish bosqichlari. Antik davr tilshunosligi.

Qadimgi yunon tilshunosligi. Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo‘linadi: 1.Falsafiy davr. 2.Grammatik davr. Tilshunoslikning falsafiy davri 2 asr davom etadi. Bunda tilga falsafaning bir qismi sifatida qarash, til hodisalarining mohiyatini falsafiy jihatdan ochish va tushuntirish, taxminlar, xulosalar chiqarish, g‘oyalar yaratish ayni davrning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Fikr yuritilayotgan davrning o‘ta dolzarb va eng muhim muam-molaridan so‘z bilan ma’no orasidagi, predmet bilan uning nomi orasidagi munosabat masalasi edi va munosabat masalasini hal qilishda Geraklit va Demokrit g‘oyalari ilgari surildi. Bu masala Platonning «Kratil» nomli asarida ham mukammal bayon qilinadi. Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon fay-lasuflari Anaksimen (“Riktorika” asari, stilistika fanining asosi), Prodik (sinonimika masalalari), Protagor (ot jinsi, fe’l zamonlari, gap turlari) Platon (etimologika fanining asoschisi), Aristotel(grammatikani mantiqdan ajratdi)lar til masalalariga oid asarlar yaratganlar.
Tilshunoslikning grammatik davri (Iskandariya)da Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy Diskol kabilar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Zenodot (taxminan er.av.250) artiklni, olmoshlarni farqladi.
Aristarx (er.av.215-143) so‘z turkumi haqidagi ta’limotni mukammal ishlab chiqdi va sakkizta so‘z turkumini ajratdi. Bular: ot, fe’l, sifatdosh, artikl yoki ko‘rsatkich, olmosh, old ko‘makchi, ravish va bog‘lovchi.
Dionisiy (er.av.170-9) «Grammatika san’ati» nomli sistemalashtirilgan dastlabki yunon grammatikasini yaratdi.

Apolloniy Diskol ( eramizning II asrining birinchi yarmi) bizgacha etib kelgan yunon tili sintaksisini yaratdi. U «Sintaksis haqida» asarida yunon tili sintaksisiga oid ma’lumotlarni berdi.
Iskandariya maktabi vakillari tilning tovush tomoniga ham katta e’tibor berishdi. Ular tovushlarni akustik prinsip asosida tasvirladilar, tovush va harflarni aynan bir narsa hisoblab, ularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar. bo‘g‘in, urg‘u haqida ham ma’lumot berishdi.
Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo‘yicha jiddiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va qator asarlar yaratdilar.

Download 79,46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Download 79,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qadimgi Yunon va Rimda tilshunoslik.( falsafiy davr, grammatik davr, Geraklit, Demokrit, Platon, Anaksimen, Iskandariya maktabi

Download 79,46 Kb.