Tilshunoslik va tarix. Tilshunoslikning etnografiya bilan munosabati




Download 79,46 Kb.
bet3/27
Sana20.12.2023
Hajmi79,46 Kb.
#124452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa
95826, Amaliy 3, 5-MAVZU-1, 1 ot, pisa-xalqaro-dasturida-matematik-savodxonlik, Najim aka, 3.7 ASOSIY VOSITALARNI INVENTARIZATSIYA QILISH HISOBI, statistika fani kitobi, Qurbonboyeva Qunduzxon Komiljon qizi, atv va ra, atv maruza 14, 3-ma\'ruza, C#, 5-лаборотория, 8-лаборотория
Tilshunoslik va tarix. Tilshunoslikning etnografiya bilan munosabati. Jamiyatda ro‘y bergan har bir o‘zgarish shu jamiyatning tilida o‘zining ma’lum izini qoldiradi. Shuning uchun jamiyat tarixining muayyan jihatlarini yoritishda tarixiy hujjatlar, yozma yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik materiallar yordamga kelishi mumkin. Ayni paytda, ma’lum lingvistik faktlarni tarixiy materiallarga suyanmasdan turib izohlash yetarli bo‘lmaydi. Bu esa jamiyat tarixi bilan shu jamiyat tilining va ularni o‘rganuvchi tarix fani bilan tilshunoslik fanining naqadar aloqador ekanini ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda til ikki yo‘nalishda o‘rganiladi: statik (sinxron) holati va dinamik (diaxron) holati.Til taraqqiyotining muayyan bir davridagi holati sinxron holat sanaladi. Til sinxron holatda o‘rganilganda, uning hozirgi holati tadqiqot obyekti bo‘ladi. Diaxron o‘rganishda esa til birliklarining tarixiy taraqqiyotiga e’tibor beriladi. Lekin sinxroniya bilan diaxroniya o‘zaro aloqadadir. Sinxroniya diaxroniya zanjiridagi bir halqa sanaladi. Shuning uchun ko‘p hollarda diaxroniyasiz tilning sinxron holatini tushuntirish qiyin bo‘ladi.
Til tarixi jamiyat tarixining tarkibiy qismi, shuning uchun til tarixini (tilni diaxronik o‘rganish) jamiyat tarixidan uzilgan holda o‘rganish mumkin emas. Tilda mavjud bir qator hodisalar mohiyati jamiyat tarixi asosida ochiladi.
Xalq tarixidagi har bir voqea, urf-odatlari, turmush tarzi uning tilida aks etadi. Shuning uchun til bilan shu til egasi bo‘lgan etnos o‘rtasida qanday mustahkam aloqa mavjud bo‘lsa, ularni o‘rganuvchi tilshunoslik bilan xalq tarixi va etnografiya o‘rtasida ham shunday aloqa bor.Shu sababdan, tilning shu til egasi bo‘lgan etnos malaniyatiga munosabatini, tilning funksiyalanish va rivojlanish jarayonida til bilan etnomadaniyat, etnopsixologik omillar o‘rtasidagi aloqani o‘rganishga ehtiyoj tufayli etnolingvistika (grekcha etnos – xalq, qabila va lingvistika so‘zlaridan olingan) yo‘nalishi vujudga keldi. Etnolingvistika tillarning tasnifidan tashqari, yana tillarning va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri, bilingvizm masalalari, til taraqqiyotiga ijtimoiy madaniyatning ta’siri kabi muammolarni, turli etnik guruhlarda qo‘llaniladigan paralingvistik vositalar, folklor materiallarini o‘rganadi.



Download 79,46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 79,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tilshunoslik va tarix. Tilshunoslikning etnografiya bilan munosabati

Download 79,46 Kb.