1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari




Download 79,46 Kb.
bet8/27
Sana20.12.2023
Hajmi79,46 Kb.
#124452
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa
95826, Amaliy 3, 5-MAVZU-1, 1 ot, pisa-xalqaro-dasturida-matematik-savodxonlik, Najim aka, 3.7 ASOSIY VOSITALARNI INVENTARIZATSIYA QILISH HISOBI, statistika fani kitobi, Qurbonboyeva Qunduzxon Komiljon qizi, atv va ra, atv maruza 14, 3-ma\'ruza, C#, 5-лаборотория, 8-лаборотория
Rim grammatikasi yunon grammatikasining shahobchasi sifatida maydonga keldi. Qadimgi Rim tilshunosligida Yuliy Sezar (Analogiya haqida), Mark Terensiy Varron (Lotin tili haqida), Mark Fabiy , Kvintilian, Eliya Donata(Grammatika san’ati), Verriy Flakk (Fe’lning ma’nosi), Prissian(Grammatika san’ati haqida ta’limot) va boshqalar lotin tili haqida keng tadqiqot ishlarini olib bordilar. Rimliklarning ona tili bo‘yicha grammatikaga oid tadqiqotlari, asosan, yunon tilidan tarjima qilingan bo‘lsa - da, ularning grammatikalarida ayrim yangiliklar, yangicha qarashlar uchrab turadi. Jumladan, Rim tilshunoslari yunon tilshunoslaridan farqli holda Rim grammatikasiga alohida stilistikani (uslubshunoslikni) kiritdilar. Rim grammatika-chilari so‘z turkumiga undovlarni ham kiritdi. Ammo yunon tiliga xos bo‘lgan artiklni chiqarib tashladilar. Chunki lotin tilida artikl yo‘q edi. Demak, lotin tili uchun ham 8 ta so‘z turkumi xos bo‘lib qoldi. Rim tilshunoslari son turkumini ikkiga: tub son va tartib songa bo‘lib o‘rganishdi. Yuliy Sezar lotin tiliga yunon tilida mavjud bo‘lmagan ablativ (ajratish) kelishigini kiritdi va kelishiklar sonini oltitaga etkazdi.
Rim filologlari grammatikaga oid terminlarni ham yunon tilidagi terminlar asosida yaratdilar. Jumladan, yunon va rim grammatikasiga oid ayrim terminlar ruscha va o‘zbekcha tarjimalari bilan quyidagilar: onoma, nomenimya, ot; rema, verbum - glagol, fe’l (qadimgi rus tilida nutq); antonomia, pronomen-mestoimenie, olmosh; nomen adjektivumimya priglagatelnoe, sifat; epirryoma, adverbium-narechie, ravish; artron, artikulum-artikl; prodesis, praepositio-predlog, old ko‘makchi, old qo‘shimcha; syndesmos, conjunctio-soyuz, bog‘lovchi; interjectio- mejdometie, undov; soneenta, vokales-glasniye, unlilar; symfona, consonantes - soglasniye, undoshlar va boshqalar.
Qadimgi yunon va Rim tilshunosliklarining yutuqlari:
1.Iskandariya tilshunoslik maktablari vakillari gramma-tikani mustaqil fanga aylantirdilar.
2.Yunon tilshunoslari fonetika, morfologiya, sintaksis va etimologiya fanlarining asoslarini yaratdilar.
Kamchiliklari: 1.Tilga tarixiy yondashish prinsipi yo‘q edi.
2.Ular yunon va Rim tillaridan boshqa tillarni tadqiq qilmadilar. Ya’ni bir til (yunon yoki Rim tillari) doirasida qoldilar, boshqa barcha tillarni esa yovvoyi, qo‘pol til deb hisobladilar.
3.Shuningdek, ular ko‘pgina grammatik kategoriyalarni mantiq kategoriyalari bilan qorishtirdilar.

21. .Arab tilshunosligi. Basra va Kufa tilshunoslik maktablari. (Sibavayxiy, “Al – kitob”, “To‘lqinlar toshqini”, “Arab tili”, “Qomus”, lug‘atshunoslik)

Download 79,46 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Download 79,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari

Download 79,46 Kb.