• Tilshunoslikning psixologiya bilan munosabati. Psixolingvistika.
  • Tilshunoslik va adabiyot. Lingvopoetika.
  • Tilshunoslikning sotsiologiya bilan munosabati. Sotsiolingvistika




    Download 79,46 Kb.
    bet4/27
    Sana20.12.2023
    Hajmi79,46 Kb.
    #124452
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

    Tilshunoslikning sotsiologiya bilan munosabati. Sotsiolingvistika. Ijtimoiy tuzumga aloqador, hayot bilan va kishilarning jamiyatdagi munosabatlari bilan bog‘liq qonunlarni o‘rganadigan sotsiologiya fani ham tilshunoslik fani bilan aloqadordir. Bu fan va tilshunoslik fanining tutash nuqtasida alohida yo‘nalish – sotsiolingvistika sohasi shakllandi. Sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasidir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq bo‘lgan nutqiy muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiya(vazifa)lari, ijtimoiy omillarning tilga bo‘lgan ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir.
    Tilshunoslikning psixologiya bilan munosabati. Psixolingvistika. Lisoniy faoliyat, bir tomondan, tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lsa, ikkinchi tomondan, psixologiyaning ham tekshirish predmeti sanaladi. Shu sababdan, tilshunoslik bilan psixologiyaning ham kesishish nuqtasi mavjud bo‘lib, bu ikki fan oralig’idagi kesishish nuqtasi psixolingvistikaning o‘rganish obyekti sanaladi. Psixolingvistika nutqning vujudga kelish mexanizmini, bolalar nutqining shakllanish jarayonini, turli nutqiy vaziyatda nutqni so‘zlovchi bilan tinglovchi o‘rtasidagi munosabatni hisobga olgan holda o‘rganadi.
    Tilshunoslik va adabiyot. Lingvopoetika. Tilshunoslik badiiy adabiyot bilan ham uzviy aloqadadir. Chunki til aloqa vositasi sifatida muayyan axborot tashuvchi oddiy belgilar sistemasigina bo‘lib qolmay, balki tinglovchiga ta’sir qiluvchi qudratli vosita hamdir. Tilning birinchi funksiyasi an’anaviy va sistem-struktur tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lsa, ikkinchi funksiyasi lingvopoetikaning o‘rganish obyektidir. Lingvopoetika lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo‘lib, badiiy asarlarda qo‘llanilgan lisoniy birliklarning (fonetik, morfemik, leksik va boshq.) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, lingvopoetika tilshunoslikning badiiy nutqni o‘rganuvchi bo‘limidir. Badiiy nutq badiiy adabiyotning bayon qilish vositasi sanaladi. Filologiya tarixida badiiy asar tili va poetik til atamalari tez-tez uchrab turadi. Mazkur atamalar ifodalagan tushunchalar bir-biriga juda yaqin tursa ham, lekin o‘zaro ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. «Obraz», «uslub», «ko‘chim (trop)», «badiiy til», «stilistika», «poetika» kabi tushunchalar badiiy asar tili va lingvistik poetikaga daxldor tushunchalardir.

    Download 79,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 79,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tilshunoslikning sotsiologiya bilan munosabati. Sotsiolingvistika

    Download 79,46 Kb.