|
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari
|
bet | 16/27 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 79,46 Kb. | | #124452 |
Bog'liq 1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsaTil va nutq munosabati. Ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan tayyor holga keltirilib qo‘yilgan, hamma uchun umumiy, ya’ni qabul qilinishi va qo‘llanishi majburiy, fikrni shakllantirish, ifodalash uchun xizmat etadigan birliklar va bu birliklarning o‘zaro birikishini belgilovchi qonun-qoidalar yig‘indisi til deb ataladi. Til inson ongidagi psixofizik hodisa bo‘lib, o‘ziga umumiylik, mohiyat, imkoniyat kabi sifatlarni mujassamlashtirgan. U o‘zining bu sifatlarini aniq shakllarda-xususiy hodisa va voqeliklar sifatida, rang-barang miqdoriy ko‘rinishlarda gavdalantiradi. Shu jihatdan til va nutqning o‘ziga xos nisbiy mustaqil birliklari mavjud: fonema, morfema, leksema, konstruktsiya til birliklari hisoblansa; tovush, fon, bo‘g‘in, affiks, morf, so‘z, so‘z shakli, so‘z birikmasi, gap, matn nutq birliklari sanaladi.
Kishilar o‘zaro aloqa qilish jarayonida til nutqqa aylanadi va ma’lum vazifani bajaradi. Nutq so‘zlovchining va umuman tildan foydalanuvchilarning shu tilda so‘zlovchi guruh a’zolari bilan o‘zaro aloqa qilish faoliyatidir. Bu faoliyatda so‘zlovchi yoki yozuvchi o‘z fikrini, his-tuyg‘u, kechinmalarini til vositalari orqali ifodalaydi va tinglovchiga yetkazadi.
Til bilan nutq bir-biridan ajralib qolgan, bir-birini «inkor» qiladigan ikki hodisa emas. Til bilan nutq orasidagi dialektik munosabat shundan iboratki, nutqiy faoliyat jarayonida nutq shakllanadi, nutq til unsurlaridan tuziladi va til unsurlariga ajralib ketadi, til unsurlari yana nutq uchun xizmat qiladi.
Til va nutq haqida nazariy adabiyotlarda bayon etilganlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, quyidagi xususiyatlarni qayd etish mumkin:
1.Til aloqa materiali—nutq esa aloqa shaklidir.
2. Tilni xalq yaratadi—nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
3.Tilning hayoti uzoq, xalq hayoti bilan bog‘liq, nutqning hayoti qisqa, u aytilgan paytdagina mavjud. Yozma nutq bundan mustasno. Chunki yozma nutqni istalgan joyga yetkazish mumkin. Uni asrlar davomida saqlab avloddan-avlodga o‘tkazish mumkin. Ayrim shaxslar ayni bir zamonda bir necha tilni bilishi mumkin, chunki u vaqt va o‘rin bilan bevosita bog‘langan, ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat bitta bo‘ladi; chunki u ma’lum vaqtda va ma’lum o‘rinda yuz beradi.
4.Tilning hajmi noaniq—nutqning hajmi aniq: u dialog, monolog, ayrim matn, kitob shakllarida bo‘lishi mumkin.
5. Til birliklari paradigmatik, nutq birliklari sintagmatik bog‘lanishda yashaydi.
6. Til tizimi fonema, leksema, morfema, so‘z birikmasi va gap kabi til birliklariga oid bo‘lgan kichik tizimlarning o‘zaro tashkil etuvchilik roli asosidagi bog‘lanishidan vujudga keladi.
Nutq tizimi esa turli tipdagi kichik til tizimlaridan tanlab olingan birliklar yordamida hosil qilinadigan, shaxsiy kommunikativ maqsad uchun xizmat qilib, o‘zining fizik, moddiy ko‘lamiga ega bo‘lgan hosilalar bilan ish ko‘radi.
7. Til birliklariga avvaldan barqarorlik, doimiylik va majburiylik xususiyati, nutq birliklariga esa vaqtinchalik va erkinlik xususiyati xosdir.
Xullas, til uchun umumiylik, imkoniyat, tayyorlik, majburiylik, birliklari chegaralanganlik xos bo‘lsa, nutq uchun xususiylik, voqelik, hosilalik, ixtiyoriylik, birliklari chegaralanmaganlik xosdir.
3.Til va mantiqiy tafakkur. Til birliklari va mantiqiy birliklari (subyekt, predikat, bog‘lama, tushuncha, hukm, mantiqiy kategoriyalar, grammatik kategoriyalar, so‘z, gap, gap bo‘laklari)
|
| |