Leksik –semantik sath. Leksema va so‘z. Semantika (so‘z, leksema, sema, semema, atash sema, chegara sema)




Download 79,46 Kb.
bet13/27
Sana20.12.2023
Hajmi79,46 Kb.
#124452
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

14.Leksik –semantik sath. Leksema va so‘z. Semantika (so‘z, leksema, sema, semema, atash sema, chegara sema)
40. Leksik –semantik sathga xos xususiyatlar. So‘z va leksemaning farqlanishi. (atash, ifoda va vazifaviy semalar)


55.Til sathlari. (fonetik-fonologik sath, leksik-semantik, grammatik sath)
Leksik-semantik sath tahlilida leksikologiya va semasiologiya fanlari bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Leksikologiya tilning umumiy lugat tarkibini, semasiologiya esa leksik ma’noni o‘rganadi. Leksik-semantik tizimga lug‘aviy va frazeologik birliklarning ma’no-mazmun munosabatlari, ular tashkil qiladigan guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zaro aloqadorlik xarakteri (leksik-paradigmatik) va tilning boshqa quyi tizimlari bilan bogliq tomonlari, til birliklarining semantik o‘zgarishidagi variantlilik kabi masalalar taalluqlidir.
Leksema va so‘z.Leksik sath birligi leksemadir. Prof. H.Ne’matov va R.Rasulovlarning ta’kidlashicha: "Jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqeliqdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug‘atda grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan morfema turi leksemadir". Leksema nutqiy jarayonda leksik-semantik variantlar orqali voqelanadi. Bunday leksik-semantik variantlar leks yoki alloleks atamalari bilan ham nomlanadi. So‘z va leksema atamalari ko‘p hollarda aralash holda qo‘llanadi. Lekin ular bir-biridan farq qiladi. Leksema semema va nomemaning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalib, uning mazmuniy mundarijasi atash, ifoda va vazifaviy semalar munosabatidan iborat bo‘ladi. Har qanday leksemada bu semalardan "atash" semasi albatta ishtirok etadi.Shuning uchun bu sema leksemaning markaziy semasi, qolgan semalar esa chegara semalar hisoblanadi. Masalan, gapirmoq, do‘ng‘illamoq leksemalari bir xil atash semasiga ega bo‘lib, ifoda semasi bilan bir-biridan farq qiladi. So‘z atamasi leksemalardan boshqa birliklarni ham, ya’ni atash semasiga ega bo‘lmagan birliklarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, ammo, uchun so‘z, lekin leksema emas. Chunki ularning atash semasi mavjud emas. Faqat grammatik ma’noga ega. Demak, so‘z grammatik ma’noga ega bo‘lgan leksemalarni va yordamchi, undov, modal nomlari bilan yuritiluvchi birliklarni o‘z ichiga oladi. Leksema leksik sath birligi sanaladi. U grammatik ma’no va bu ma’noni ifodalovchi shaklga ega bo‘lib, so‘zga, ya’ni morfologik birlikka aylanadi.
Leksik ma’no va uning tuzilishi. Leksik ma’noni ongda predmet, hodisa, xususiyat, muayyan jarayon va shu kabilar haqidagi tushunchalarni aks ettiruvchi va unga bog‘lovchi hamda so‘zlovchining subektiv munosabatini ifodalovchi so‘z mazmuni (mundarijasi) deb hisoblash mumkin.Leksik ma’no murakkab strukturali butunlik sanaladi. Leksik ma’no to‘g‘risida gapirganda, borliq elementining umumlashgan obrazini ongda aks ettirish xamda aks etgan borliq elementining akustik signallar orqali ifodalanishi haqida fikr yuritishga to‘g‘ri keladi. Bu elementlar, yuqorida ta’kidlanganidek, ayrim adabiyotlarda trapetsiya shaklida ham ifodalanadi.Bunda tushuncha bilan so‘zning ma’nosi bir-biridan farqlanadi.Ayrim mualliflar so‘z orqali ifodalangan tushunchani leksik ma’no hisoblaydilar.

Download 79,46 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Download 79,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Leksik –semantik sath. Leksema va so‘z. Semantika (so‘z, leksema, sema, semema, atash sema, chegara sema)

Download 79,46 Kb.