PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MANBALARI, METODOLOGIK ASOSLARI VA UNING TURLARI




Download 46.3 Kb.
bet3/5
Sana20.02.2022
Hajmi46.3 Kb.
#17855
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI TEX
talim texnologiyalari, 1 OYLIK UMUMIY YUKLAMA 156 SOAT, Talabaga yakuniy testlar (AutoRecovered) JAVOBLAR (2), Давомат далолатномаа МГ
3. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MANBALARI, METODOLOGIK ASOSLARI VA UNING TURLARI
.T a’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarning bilim saviyasi, o'zlashtirish qobiliyati, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab. munosib ravishda og'zaki, ko'rgazmali va amaliy kabi uch guruhga bo'linadigan metodlarning quyidagi variantlari qo'llaniladi: - o'qitishning ma’ruza (suhbat) metodi; - o'qitishning amaliy ishlar metodi; - laboratoriya ishlari metodi; - mustaqil ishlar metodi; - muammoli-evristik modellashtirish metodi; - ilmiy-tadqiqot metodlari; - o'qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi; - o'qitishning induktiv va deduktiv metodi; - o'qitishning nazorat va o'z-o‘zini nazorat qilish metodi. Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o'qitish uslublaridan foydalanib, jahon talablari darajasida o'quvchi va talabalarni o'qitish mumkin. Pedagogik muloqot deganda, odatda, o'qituvchining o'quvchi bilan dars mobaynida va darsdan tashqari bo'ladigan aniq pedagogik funksiyalarga ega va qulay psixologik muhitni yaratish, shuning bilan birga, boshqa xildagi psixologik optimal ilmiy faoliyat va pedagog bilan o'quvchilar uchun o'rtasidagi munosabatlar uchun yo'naltirilgan professional muloqot shakli tushuniladi (A.A. Leontev). \ y Boshqaruv uslublari bo'yicha birinchi eksperimental psixologik izlanishlar 1938-yilda nemis psixologi Kurt Levin tomonidan AQShda emigratsiyalangan natsistlaming Germaniya hududiga qaytishi davomida o'tkazilgan. Bu izlanishda boshqaruv uslublarining kengaytirilwww.ziyouz.com kutubxonasi gan klassifikatsiyasi sifatida avtoritar, demokratik va e’tiborsizlik yoki layoqatsizlik uslublari kiritilgan edi. Shu o‘rinda aytib o'tish joizki, K. Levin keltirilayotgan boshqaruv uslublari bo‘yicha o'zining buyuk tadqiqotini muallimlaming maktab o'quvchilari ustidan olib boradigan boshchiligini o'rgangan holda o‘tkazgan edi. O'zining eksperimentida K.Levin o'n yoshga to'lgan maktab o'quvchilarini bir necha guruhlarga bo'ldi. Bu guruhlardagi bolalar bir xil mashg'ulot bilan, ya’ni qo'ng'iroq yasash bilan shug'ullandilar. Eksperimentning haqqoniy o'tkazihshi maqsadida guruhlar umumiy va xususiy belgilari bo'yicha, yoshi, jism oniy va intellektual ko'rsatkichlari. o'zaro shaxsiy munosabatlar tizimi va boshqalarning aynan mos kelishiga qarab tashkil etildi. Undan tashqari barcha guruhlar bir xil shart-sharoitlarda umumiy dastur bo'yicha ishladilar, bir xil vazifani bajardilar. Faqatgina instruktorlar yoki bizga yaqin termin bilan aytganda, muallimlar o'zlarining boshqaruv uslublari bo'lmish demokratik, avtoritar va e'tiborsizlik yoki layoqatsizlik kabi uslublarda guruhlar faoliyatini olib borishi bilan farqlanadilar. Har bir mualhm o'ziga biriktirilgan guruh bilan olti hafta ishladi. Undan so'ng o'zaro guruhlar almashinuvi amalga oshirildi. Bu guruhlar bilan yana olti haftalik ish kunlari yo'lga qo'yildi va yana yangi guruh bilan almashish amalga oshirildi. Bunday jarayon eksperimentni imkon qadar to'g'ri yo'lga qo'yilishiga katta yordam berdi. Undan tashqari, yuqorida keltirilib o'tilganidek, guruhlar umumiy va xususiy belgilarga ko'ra, aynan mos kelishiga qarab tashkil etilgan edi, shuning bilan birga. har bir mualhm har qaysi guruh bilan yana qo'shimcha ravishda ish olib bordi. Natijada guruh omilining ta’siri emas, balki aynan boshqaruv uslublarining guruhdagi o'zaro munosabatlarga ta’siri, faoliyat motivatsiyasi, mehnat natijalari va boshqalaming ta’siri kuzatiladi. K. Levin tom onidan o'tkazilgan eksperimentda aniqlangan o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotning u yoki bu xususiyatlarini qisqacha keltirib o'tamiz. Avtoritar uslubning xarakterli tom oni sifatida undagi qattiqqo'l boshqaruv va umumiy nazorat ko'proq mualhmning boshqalarga nisbatan buyruq ovozida munosabatlarga kirishishiga va tez ogohlantirishlar berishiga olib kelishida ko'rish mumkin. Shuning bilan ba’zi ishtirokchilarga nisbatan sababsiz ogohlantirishlar va boshqalariga esa asossiz maqtovlar yog'dirilishi www.ziyouz.com kutubxonasi kuzatiladi. Avtoritar muallim faoliyat va vazifaning umumiy maqsadlarinigina emas, balki u kimning kim bilan ishlashini ko‘rsatib, uning yechilish yo'llarini ham belgilab berdi. Vazifalar va ularning yechilish yo'llari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi. Bunday yondashuv inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil rolini pasaytiradi. Chunki inson bunda o'zining faoliyatidan kutilayotgan maqsadni, ya’ni ushbu bosqichning nima uchun bajarilayotganligini va oldinda uni nima kutayotganligini aniq bilmaydi. Undan tashqari faoliyatni bosqichma-bosqich tartibga solish va nazorat qilish ishlari shuni ko'rsatdiki, o ‘qituvchining ishtirokchilar bilan bo‘ladigan munosabatida uning mustaqilligi va javobgarligi sust yoki bu xususiyat laming unda past darajada ekanligi kuzatildi. O'qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan tashabbus yo'qolib, u xuddi keraksiz xohish sifatida qaraladi. K.. Levindan so'ng amalga oshirilgan izlanishlaming ko'rsatishicha, tashabbus go'yoki avtoritar o‘qituvchining ishonch vakolatini qisqartirar ekan. Aytaylik, kimdir ishni boshqacharoq tashkil etishni taklif qilsa, demakki u bu narsani oldindan ко‘rib chiqmaganligiga sha’ma qilayotgandek tuyular ekan. Shuning bilan birga, ma’lum bo'lishicha, avtoritar lider ishtirokchilar muvaffaqiyatini subyektiv tarzda baholar ekan. Demokratik o ‘qitish uslubida shaxs emas, balki faktlar m uhimligi tan olinadi. Ammo demokratik o'qitish uslubining asosiy xususiyati sifatida guruhning o'rtacha tashlangan masala muhokamasida va uning tashkil etilishida faol ishtirok etilishi qaraladi. Natijada ishtirokchilaming o'ziga bo'lgan ishonchi oshadi va o'z-o'zini boshqarish hissi rag'batlantiriladi. Bu uslubda guruhdagi o'zaro munosabatlar yaxshi kelisha olish tarzida davom etadi va bir-biriga bo'lgan ishonch kuchayadi. O'qitishda boshqaruvning layoqatsizlik uslubining asosiy xususiyati sifatida rahbaming bo'lib o'tadigan voqea-hodisaga nisbatan javobgarhk hissidan o'zini olib qochishini ko'rsatish mumkin. Natijalaming ko'rsatishicha, eng yomon uslub layoqatsizlik uslubi bo'lib chiqdi. Bu uslubda vazifalar oz bajarilib, ularning sifati ham yomon edi. Eng muhimi, bunday guruhda hech qanday javobgarlik hissi bo'lmaganligi va vazifalar murakkab bo'lmagan qandaydir o'yinni eslatgani tufayli ishtirokchilar unga kam darajada qiziqish hosil qildilar. Avtoritar uslubda o'qituvchi bilan kelishishda ko'pgina janjallar paydo bo'lishi kuzatildi. Eng samaraii uslub sifatiwww.ziyouz.com kutubxonasi da demokratik uslub tan olindi. Guruh, ishtirokchilari uchun bu erda xarakterli xususiyat bo'lib vazifaga qiziqish va ichki faoliyat motivatsiyasi xizmat qiladi. Vazifalarning bajarilish sifati va aniqligi oshdi. Shu bilan birga, guruh qobiliyati, erishilgan umumiy muvaffaqiyatlar ustidan g'urur tuyg'usi, o‘zaro ko'maklashuv va do‘stona munosabatlar kuchaydi. Bu natijalar keyinchalik amalga oshirilgan izlanishlar asosida ko'p marta tasdiqlandi. Pedagogik muloqotda demokratik uslubning afzalligi quyi sinf o ‘quvchilaridan boshlab yuqori sinf o'quvchilarigacha bo'lgan turli guruhlarda isbotlandi. Shu narsa ham ma’lum bo'ldiki, birinchi sinf o'quvchilarida o'qishning ikkinchi haftasidayoq maktabga va o'qishga bo'lgan ishtiyoqning tez sur’atlarda susayishi aynan avtoritar o'qituvchilar boshchilik qilgan guruhlarda kuzatilar ekan. Shunday qilib, maktab hayotida va bilim olishda o'qituvchilarning o'quvchilar bilan bo'ladigan munosabatlari m uhim rolni o'ynashi aniqlandi. Adolat mezoniga asoslangan holda aytish lozimki, zamonaviy sotsial psixologiyaning tasdiqlashicha shunaqa holatlar ham bo'ladiki. ba'zida avtoritar uslub eng foydali va maqbul bo'lib chiqadi. Lekin. odatda, ko'proq pedagogik muloqotda bu qoida emas, balki istisnodir. Bir so'z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina va pedagogik faoliyat jarayonlari metodologik hamda psixologik jihatdan to'g'ri tashkil qilinganida ta'lim samarasi yangi bosqichga ko'tariladi, ya’ni: - bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi; - o'quvchining o'quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi; - bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi; - u umr bo'yi o'z bilimini uning o'zigina boyitishiga ishonch paydo bo'ladi; - erkin fikrlash malakasi shakllanadi; - shaxs jamiyatda o'zining o'm ini tezroq topib olishiga muhit yaratadi. Buning uchun biz o'quvchiga «Sen buni bilishing kerak», degan majburlovchi da’vatdan «Menga bu zarur va men buni bilishga, uni hayotda qo'llashga qodirman», degan ichki ishonch va intilishni uyg'otishga o'tishimiz kerak. www.ziyouz.com kutubxonasi Shu munosabat bilan doimiy harakatdagi yangi pedagogik texnologiyalar bo'yicha tashabbuskor innovatsion guruhlar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida hukm surayotgan inqirozdan qutilishning yagona va bosh mezonidir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta ’kidlanganidek: «Zamonaviy iqtisodiyot. fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratishmamlakat taraqqiy etishining eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolda mo'ljallangan vazifalarni hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo'nalish ola bilish mahoratiga ega bo'lgan yangi avlodini shakllantirishni ta ’minlaydi». S Pedagogik texnologiyaning umumiy muammolari ko'p va rangbarangdir. Bular orasida an’anaviy ta’limga yangicha yondashuvlami tatbiq qilish, pedagogik jarayonni takomillashtirish, demokratik pedagogika elementlarini shakllantirish va ulardan amalda foydalanish, hamkorlik va insonparvarlik pedagogikasini kuchaytirish, bilim oluvchi va tarbiy alanuvchi shaxsini faollashtirish, ta’lim mazmunmi didaktik tamoyillar asosida boyitish, o'quv jarayonini yuksak darajada tashkil etish va uni boshqarish, ta ’lim-tarbiya jarayonlarining uzluksiz monitoringi va nazorati hamda sarhisobini amalga oshirish, rivojlantiruvchi va altemativ (muqobil) texnologiyalarni samaraii tarzda qo'llash kabilar alohida o'rin tutadi. ^ У Pedagogik texnologiyaning umumpedagogik, xususiy va kichik darajalari farq qilinadi. Bundan tashqari, sezgi a’zolari orqali bilim olishni ifodalaydigan empirik, moddiy va m a’naviy olam haqidagi bilimlarni kengaytiruvchi kognitiv, ijodiy faollik va o'quv-izlanish mehnatiga asoslangan evristik, tadqiqot va yangilik yaratish faoliyati bilan bog'liq kreativ, axborot va ma’lumotlami qayta ishlash va o'zgartirish evaziga ta'lim-tarbiya beruvchi inversion, o'zlashtirilgan bilimlarni omixtalab tugal tafakkuiga olib keluvchi integrativ, yosh va individual xususiyatlami hisobga olib o'qitishga tayanuvchi adaptiv, ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsi bilan o'qituvchi (tarbiyachi) munosabatidagi tenglik va adolatlilikka bo'ysunuvchi inklyuziv kabi pedagogik texnologiyalaming yo'nalishlari shakllanganj Ularning qamwww.ziyouz.com kutubxonasi rovi yuqorida tilga olingan uch xil darajada bo'lishi mumkin. Umumpedagogik texnologiya dunyo ta’lim tizimining barcha ilg'or va samaraii elementlarini o'zida jo etadi va keng ko'lamda amalga oshiriladi. Bizning amaldagi uzluksiz va yagona ta’lim tizimimizda umumpedagogik texnologiya yetakchi o'rinni egallaydi. Ta’lim turlari va yo'nalishlari, ixtisoslik va mutaxassislik tasnifi hamda ta’lim muassasasining o'ziga xosligi asosida xususiy texnologiya joriy etiladi. O'qitishning asosiy tashkiliy shakli bo'lgan dars va uning bevosita davomi bo'lgan darsdan tashqari ishJarda kichik texnologiyalar qo'llaniladi hamda ular lokal (mahalliy) pedagogik samaraga olib borishi lozim. Pedagogik texnologiyaning asoslari. Pedagogik texnologiya eng murakkab jarayon-insonning ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishda asosiy vosita bo'lganligi tufayli ham uning asoslari ham shaxs murakkabligi kabi xilma-xildir. Ular orasida tarixiy, nazariy, ijtimoiy, falsafiy, metodologik, pedagogik, didaktik, fiziologik, gigienik, iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy-me’yoriy, amaliy va boshqalar farq qilinadi. Umuman, pedagogik texnologiyaning vujudga kelishi ilmiy jarayon sifatida qaraladi^Pedagogik texnologiya o'quv predmeti va fan sifatida o'zining hayotdagi munosib o'rnini egallab bormoqda. «Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiyalar», «Zamonaviy pedagogik va interfaol texnologiya», «Axborot va innovatsion texnologiyalar», «Xa’lim texnologiyasi», «Texnika», «M ahorat», «Axborot texnologiyasi», «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari», «Ta’lim metodlari», «Tarbiya metodlari», «Pedagogik mahorat» kabi atamalar, tushunchalar, maxsus va tanlov kurslari, o’quv predmetlari shakllanib va ularning mazmun-mohiyati o zgarib turmush va amaliy faoliyatga shiddat bilan kirib kelmoqda^ Umumpedagogik tushunchalar tizimida texnologiya muammosiga ilmiy yondashish kuchaymoqda. Pedagogik texnologiya va pedagogik faoliyat hamda o'qituvchi professiogrammasi bir butun jarayon yoki hodisa tarzida tasawur qilinadi. Shu nuqtai nazardan, pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat o'zaro qondosh-egizakdir. Pedagogik texnologiyani o'qitish jarayonida qo'llash-sifat va samaradorlikning yetakchi omillaridan biridir. Pedagogik texnologiyaning o'z tarkibi va mazmuni bo'yicha takomillashuvi, uning kasbiy faoliyat sifatida samaradorligining ortishi uzluksiz davom etadi. Bunday dinamik jarayon ta’lim tizimida sodir bo'ladigan o'zgarishlar bilan garmonik tarzda kechadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Pedagogik texnologiyaning umumiy tavsifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy hodisa ekanligida namoyon boiadi va ta’lim-tarbiya masalalari bilan bog'liq maqsad va vazifalar. motiv va ehtiyojlar. talab va manfaatlar, qiziqish va xohishlarni amalga oshirishda ro'yrost ko'rinadi. Pedagogik texnologiya tamoyillari. Asosiy tamoyil-pedagogik texnologiyaning O'zbekiston Respublikasida ta ’limning uchta turiumumiy o‘rta. o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim uchun yaratilgan va amaliyotga joriy etilayotgan davlat ta'lim standartlari hamda ta'limning boshqa turlari uchun tegishli davlat dasturlari va talablarini bajarishga yo‘g‘rilganligidir. Pedagogik texnologiya tamoyillarining manbalari ijtimoiy-ma'naviy o'zgarishlar, yangi pedagogikpsixologik evrilishlar. pedagogika-psixologiya va barcha turdagi fanlarning integrativ va differensiativ rivojlanishi, dunyo pedagogikasi va milliy (mahalliy) pedagogikaning boy va ilg'or tajribasi, etnopedagogika(xalq pedagogikasi)ning tarixiv va zamonaviy merosidan kelib chiqadi. Pirovard natijada. pedagogik texnologiya pedagogikaning asosiy («oltin») qoidasini bajarishga, ya’ni ta’lim va tarbiyaning birligini ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Bunda izchillik, maqsadlilik, umumiylik kabi tamoyillar bilan bir qatorda pedagogik texnologiyaning ijtimoiy, falsafiy, metodologik. didaktik. pedagogik, psixologik, fiziologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiyme'yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy va amaliy asoslari ham baravariga qatnashadi. O'qituvchi va o'quvchining munosabatiga daxldor tamoyillaming amal qilishi esa o'quv jarayonining sifat va samaradorligini ta’minlashning qudratli omilidir. Pedagogik texnologiyaning barcha tamoyillari o'zaro aloqadorlikda va bir-birini taqozo etgan holda amal qiladilar. Pedagogik texnologiyaning o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni desa bo'ladi. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi bo'lib hisoblanadi. Pedagogik texnologiya-ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, novator o'qituvchilar tajribasi, ta'lim metodlari, tarbiya metodlari kabi tushunchalarni qamrab olishi bilan birgalikda ta’lim www.ziyouz.com kutubxonasi jarayonida oldinga qo'yilgan maqsadga erishishningyo'Ii, o‘ziga xos instrumentariy bo'lib hisoblanadi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samaraii amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li. Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyasi o'zaro bog'liq bo'lishi bilan birga farq qiluvchi tomonlari ham mavjud. Pedagogik texnologiya ta’lim-taibiya jarayonining hamma sohalarini qamrab oluvchi yaxlit tizim bo'lsa, o'qitish texnologiyasi m a’lum fanlarni hozirgi didaktik talablar asosida o'qitishning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Ularning o'zaro bog'liqligi «Ta’lim to'g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarida o'z ifodasini topgan. 1. Yangi pedagogik texnologiyaning metodik asoslari davlat ta’lim standartlari bo'lib hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlarida talaba (o'quvchi) egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikm a, malakalar mezoni belgilab berilgan. Bilim, ko'nikma va malakalar DTS talablaridan past bo'lmasligi kerak. 2. Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining maqsadi bitta- ijodiy tafakkur sohibini yetishtirishdan iborat. Bu maqsaddavlat ta’lim standartlarining bosh talabidir. Ta’lim jarayonidagi har bir texnologiya, berilgan topshiriqlar o'quvchining ijodiy fikrlashiga va ijodiy rivojlanishiga olib kelsin. Shunday vaziyat yaratish kerakki, o'quvchi(talaba) o'z xohishi bilan izlansin, tafakkurini rivojlantirsin, intilsin, unda fanni egallashga qiziqish uyg'onsin. 3. Har bir mashg'ulotda beriladigan topshiriqlar umumiy vaqtaing 20-25% ini egallasin, o'quvchining ijodiy tafakkur asosida ish olib borishi esa vaqtning 70-80% miqdoriga to'g'ri kelsin. O'quvchi ko'proq amaliy bilimlarni egallasin va undan nazariy xulosalar chiqara olsin. 4. O'qitish texnologiyasida bilim berish, bilim olish usulini tanlash va o'rganishga katta ahamiyat berish, bilim olishning bahs-munozara asosida amalga oshishini ta’minlash. 5. O'qitish usuli-texnologiyasi yangi pedagogik texnologiyalarning asosi bo'lib hisoblanadi. 6. Ta’lim jarayonida darslami bahs-munozara, seminar, o'yinlar, disputlar, quvnoqlar va zukkolar musobaqasi tarzida va har xil teatrlashgan vaziyatlar shaklida tashkil etish, ya'ni ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish lozim. www.ziyouz.com kutubxonasi 7. Ta'lim jarayonining tayanch bilimlarni amaliyotga tatbiq etib, rivojlantirib borish asosida va tizimli tarzda tashkil etilishi yangi pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining uzviyligini ta’- minlovchi - lokal (bitta yo'nalish) holatining samara berishiga olib keladi. Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot asrida ta'limni texnologiyalashtirish oldiga bir qator vazifalar qo'yilgan. Har bir dars ta'lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko'zda tutib amalga oshiriladi. O'quv jarayonida motivatsiya, bilish faoliyati, boshqarish faoliyati kabi o'ziga xos texnologik vazifalar mavjud: 1. Motivatsiya - o'quvchilar diqqatini tortish, ichki tuyg'u-istak, zaruratni shakllantirishdir. O'quv jarayonida o'quvchi va o'qituvchi uchun ham asosiy harakatlantiruvchi kuch-ichki motivatsiya bo'lishi kerak. 2. Bilish faoliyatida e'tibom i asosan quyidagilarga qarata borish kerak: o'quvchilarda tashabbuskorlik. mustaqillik, bilimlarni puxta o'zlashtirish istagini paydo qilish, zarur malaka va ko'nikmalami hosil qilishga moyillik tug'dirish, tafakkur rivojiga jiddiy e'tibor qaratish va h.k.. Boshqarish faoliyatining vazifalari berilayotgan bilim, ko'nikma va malakalar tizimini tashkil etish bilan bog'liqdir. Darsda qo'llanilayotgan texnologiyalarga ularning monitoringi asosida va pirovard natijasi orqali baho beriladi. Pedagogik innovatsiya-ta’limga yangiliklami kiritishdir. Boshqarishda pedagogik innovatsiyaga rioya qilmoq zarur. Pedagogik texnologiya esa dinamik jarayonlaming in’ikosi sifatida rivojlanadi, takomillashadi va vaqt mezonida boyib boradi.


Download 46.3 Kb.
1   2   3   4   5




Download 46.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MANBALARI, METODOLOGIK ASOSLARI VA UNING TURLARI

Download 46.3 Kb.