|
-Qurilish materiallari texnologiyasida qoliplash jarayonlari
|
bet | 2/4 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 28,19 Kb. | | #248270 |
Bog'liq Jarayon va apparatlar fanidan
Qoliplash usullari. Ishlab chiqariladigan mahsulotning turiga va xom ashyoning xossalariga ko’ra sopol buyumlar uch xil usulda ishlab chiqariladi: plastik qoliplash, yarim quruq yoki quruq presslash, quyma (shliker) usul.
Plastik qoliplash usuli. Bu usulda tabiiy namlikkdagi yoki oldindan quritilgan xom ashyo suv bilan aralashtirilib, loy hamiri hosil qilinadi. Loyning namligi 18-25%. Tayyorlangan loy qoliplash uchun lentali pressga yuboriladi. Yarim quruq presslash usuli. Bu usulda xom ashyolar avval quritiladi, maydalanadi, tegirmonlarda eziladi. So’ngra hosil bo’lgan kukunsimon ashyo aralashtirilib suv yoki bug’ yordamida namlanadi. Bug’ bilan ishlov berganda giltuproqning xossalari yaxshilanadi, gil zarralari ko’pchiydi, yaxshi qoliplanadi. Bu usulda sopol massa kukun holida bo’lib, uning namligi yarim quruq presslash usulida 8-12% va quruq presslash usulida 4-6% bo’ladi. Shuning uchun bunday sopol massalardan tayyorlanadigan buyumlar maxsus presslarda yuqori bosim (1540 MPa) ostida qoliplanadi.
5-Aralashmalarning gomogenizatsiyasi
Ko’pchilik qurilish materialli ikki yoki undan ortiq komponentdan tashkil topgan. Materialning sifati xom ashyoni aralashtirishga juda bog’liq. Aralashtirish mexanik jarayon bo’lib asosiy vazifasi bir xil gamogen massani tayyorlashdir. Aralashtirishning tezligi va natijasi quyidagilarga bog’liq: Zarralarning shakli va o’lchamiga, Donadorlik tarkibiga,Aralashtiriladigan komponentlar soni va ularnini zichligiga, Ishkalanish koeffisiyentiga,Namlik darajasiga, Zarralarning yopishqoqligiga, Maydalash darajasiga. Aralashtirish maxsus apparatlarda aralashtirgichlarda olib boriladi. Aralashtirgichning turi aralashmaning xarakteriga va unumdorlikka qarab tanlanadi.
Aralashtirgichlarni solishtirib ko’rish uchun asosiy ko’rsatkichlar ularning effektivligi va xarakatining intensivligidir. Aralashtirgichlarning effektivligi aralashtirish jarayonining sifatini xaraterlaydi va massasining gamogenligi orqali ifodalandi ya’ni aralashtiriladigan komponentlarning aralashma hajmida bir tekisda tarqalgani orqali aniqlanadi. Materiallarni aralashtirish uchun “qorishtiruvchi” deb nomlanadigan mashinalar ishlatiladi. Aralashtirilayotgan materialni fizik xossasiga ko’ra plastik, quruq va xo’l materiallar uchun aralashtirgichlar qo’llaniladi. Ish xarakteriga ko’ra aralashtirgichlar davriy va uzluksiz ishlaydiganlarga bo’linadi.
|
| |