Fanlarni integratsiya qilib dars o’tilganda quyidagilarga e`tibor berish kerak




Download 56 Kb.
bet3/4
Sana08.04.2023
Hajmi56 Kb.
#49651
1   2   3   4
Bog'liq
1-seminar mashg\'uloti
Fuqarolik jamiyati - Vikipediya, Multimedia texnologiyalari, 23.12.2021, ВЫФРВЫФАГВГФЙГД, 315-316-гурух амалиёт, Boshlsng\'ich sinf. axbor.tex, amaliy - 11 6- semestr, 1-MAVZU, Tursunov Ozodbek, disserCat, Hisobot.doc 1-semestr, ХУРРАМОВ.Р 1-ИЛОВАВА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТ ИШЛАРИ, Bog\'lovchi va uning grammatik xususiyatlari, maqollar, Elmira Mamaziyayava Orol fojiasi
Fanlarni integratsiya qilib dars o’tilganda quyidagilarga e`tibor berish kerak.
 har bir dars muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
 fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo’shimcha material o’tiladigan mavzu
bilan bog’lanishi shart.
 sinf o’quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo’llarini
aniqlash mumkin.
Dars faqat ta`limiy bo’lib qolmasdan, o’quvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi kerak. Mavzuni mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar, o’quv respublikamiz kelajagiga ishonch va e`tiqodni shakillantirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Umuman olganda integratsiya darsi bir- biriga mos kelishi ( mavzu jihatdan ) va puxta reja asosida tuzilgan bo’lishi kerak.
Boshlang'ich maktablarda o'qitish va tarbiyalash integrasiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai nazardan juda muhim bo'lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o'zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda. Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini o'rnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda bo'layotgan voqealarni to'g'ri anglashga, ularni mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo'naltirilgan.
Maktablarda o'rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko'rinishli (fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Hozirgi zamon ilm-fanida esa iqtisodiy, siyosiy va madaniy fanlari integrasiyasiga moyillik yuqori turadi. Maktab umumta'lim fanlarining tarqoq holda o'rgatilishi, ularni bir-biriga uzviy bog'liqlikda o'rgatilmasligi o'quvchilar bilimini to'la bo'lishi va butun borliqni bir butun holda anglashlariga to'sqinlik qilib, o'quvchilarda qiyinlik uyg'otadi.
Olimlarimizning fikricha, integrasiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o'rin egallaydi. Bunday tushuncha ta'lim tizimida integrasiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog'liqlik masalasini yana bir bor ko'rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Ta'lim sistemasiga integrasiyani kiritish maktab va jamoatchilik o'rtasida turgan ta'lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita bo'lishi mumkin.
Integrasiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o'rgatadi. Shuni alohida hisobga olish kerakki, maktablardagi boshlang'ich sinflarda darslarning integrasion bog'lanishlari ilmiy jihatdan kam ishlab chiqilgan. Mavjud turli fiklar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy bo'lmaganligi sababli integrasiya muammosi hamon olishlarimiz o'rtasida bahsli masalalardan biri bo'lib qolmoqda. O'qitish jarayonida integrasiyani qo'llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy pedagogik tushunchalar rivoji, asosiy va muhim ahamiyatga ega.
Integrasiya differensiya bilan uzviy bog'liqdir. Bu uzviylik o'quvchilarda olayotgan bilimlarini anglashga bo'lgan intilishlari sistemasini barpo qilishlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Integrasiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog'liqligidir. Integrasiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog'lash bosqichi bo'lib, o'zini yuqori ko'rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayt etish kerakki, integrasiya jarayoni asoslari uzoq o'tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integrasiya fanlararo bog'liqlikdir. Fanlararo bog'liqlik asoslari tabiatni to'la holda o'quv darsliklarda ko'rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo'lgan.
Boshlang’ich sinflarda o`quv fanlari kam. Nimani integratsiyalash kerak? Qanday? Boshlang’ich sinf o`qituvchisiga integratsiyalangan darslarga o`tish oson, chunki bir o`zi hamma fanlarni o`qitadi. O`quvchi qanchalar yosh bo`lsa, u shuncha kam biladi. Shuning uchun boshlang’ichda integratsiya imkonlari chegaralangan. Boshlang’ich ta`limda amalda ichki va fanlararo aloqalardan foydalanish va rivojlantirish kerak.
Boshlang’ich ta`limda integratsiya «oz -oz hamma narsadan» usuliga ega. Bolalar boshlang’ich ta`limda juda ko`p hodisa, tushuncha, fanlar bilan tanishishadi, lekin ular to`g’risida elementar tushuncha olishadi. Keyingi yillarda mavjud bilimlarini to`ldirib va kengaytirib borishadi. Shuning uchun o`qituvchi bir xillikdan qochishi va rang-barang shakl va usullarda dars o`tishi talab etiladi.
Integratsiyalangan darslar charchoqni va taranglikni o`quvchilardan oladi faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o`tishi hisobidan ziyraklik va hozirjavoblikka o`rgatadi. Lekin 1-2-sinflarda integratsion darslarga uncha berilmaslik tavsiya etiladi. Chunki bolaning bilim zapasi ko`p emas, grammatik, matematik va texnik ko`nikmalari shakllanib ulgurmagan. Chunki integratsiya mavjud mavzuni kengaytiradi, chuqur tahlil qilishni talab qiladi, hodisalarni umumlashtiradi, ularning bilim doirasi boshqa fanlar hisobiga kengayadi. O`quvchilar mustaqil tarzda shuncha ishni bajarishga kuchi etmasligi mumkin. O`z navbatida o`qituvchiga juda ko`p talablar qo`yiladi. Integrirlangan dars o`qituvchidan qo`shimcha tayyorgarlik, katta bilimdonlik, yuqori kasb mahoratini talab qiladi.


Download 56 Kb.
1   2   3   4




Download 56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanlarni integratsiya qilib dars o’tilganda quyidagilarga e`tibor berish kerak

Download 56 Kb.