III. Loyiha hujjatlari asosida daraxtlar va butalarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalari asosida sug‘orish tadbirlarini joriy etish




Download 0,6 Mb.
bet11/22
Sana21.02.2024
Hajmi0,6 Mb.
#159748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
PF-199 23.11.2023

III. Loyiha hujjatlari asosida daraxtlar va butalarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalari asosida sug‘orish tadbirlarini joriy etish

6.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va butalarni sug‘orish tizimlarini joriy etish, ularni parvarish qilish ishlarini amalga oshirish.

1. “Yashil belbog‘” maydonlarini kengaytirish, qo‘shimcha sug‘orish tizimlarini barpo etish va mavjudlarini ta’mirlash.
2. Daraxtlarni saqlash va zarur agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish.

Mahalliy budjet mablag‘lari

Zaruratga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Ekologiya vazirligi

7.

Daraxtlarni tomchilab sug‘orish tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish.

1. Hududlarda tasdiqlangan loyiha asosida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida mavjud quduqlardan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish yoki yangi quduqlarni barpo etish choralarini ko‘rish.
2. Daraxtlarni sug‘orish jarayonida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar yordamida tomchilab sug‘orish usulini yo‘lga qo‘yish.

Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Zaruratga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi

8.

“Yashil belbog‘”lar barpo etishni tizimli tashkil etish maqsadida iqlim sharoitlariga mos, suvsizlikka chidamli, ko‘p mehnat talab etmaydigan daraxt navlarini ekish bo‘yicha innovatsion ko‘chatxonalarni tashkil etish.

1. Yangi manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini mahalliylashtirish, seleksion ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.
2. Seleksiya ishlariga xorijiy va mahalliy mutaxassislarni, mustaqil izlanuvchilarni jalb etish va ilmiy ishlanmalarni amalga oshirishga sharoit yaratish.
3. Olib borilgan izlanishlar va o‘rganilgan xorijiy tajriba asosida uslubiy qo‘llanma yaratish.
4. Tuproq-iqlim sharoitlariga mos, suvsizlikka chidamli daraxt navlarini ko‘paytirish maqsadida ko‘chatxonalarni tashkil etish.

Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, grant va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Doimiy ravishda

Toshkent shahar tumanlari hokimiyatlarining Obodonlashtirish boshqarmalari,
Fanlar akademiyasi,
Ekologiya vazirligi


Download 0,6 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Loyiha hujjatlari asosida daraxtlar va butalarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalari asosida sug‘orish tadbirlarini joriy etish

Download 0,6 Mb.