|
IV. Toshkent shahri atrofida yaratilgan “yashil belbog‘”larda biologik xilma-xillikni saqlash va ularni qayta tiklash tadbirlari
|
bet | 8/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023IV. Toshkent shahri atrofida yaratilgan “yashil belbog‘”larda biologik xilma-xillikni saqlash va ularni qayta tiklash tadbirlari
11.
|
Toshkent shahri atrofida yaratilgan “yashil belbog‘”lardao‘simliklar kasallik va zararkunandalaridan himoya qilishni ornitofauna uslubidan foydalanish.
|
1. Daraxt va butalarni kasallik va zararkunandalariga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashishda ornitofauna yashash muhitini muhofaza qilish orqali ular soni ko‘payishiga ko‘maklashish choralarini ko‘rish.
2. Zararli hashoratlarga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashish choralarini ko‘rish.
|
Mahalliy budjet mablag‘lari
|
Doimiy ravishda
|
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
12.
|
Daraxt va butalar ekilishida ayrim hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash, qayta tiklanishni ta’minlash hamda ular yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ozuqabop daraxt va butalar turlarini ekish.
|
1. Ekiladigan daraxt va butalar turlarini tanlashda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop bo‘lgan turlarni (do‘lana, jiyda, achchiq bodom va boshqalar) ham tanlash.
2. Ayrim hududlarda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop daraxt va buta turlarini ekish.
|
Mahalliy budjet mablag‘lari
|
Tadbir davomida
|
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
13.
|
Tabiiy va texnogen omillar yoki kasallik va zararkunandalar ta’sirida zararlangan daraxt va butalar boshqa daraxt va butalarni zararlanishini yoki fuqarolar sog‘lig‘i va ular mol-mulkiga ta’sir qilishini oldini olish maqsadida ularni xatlovda� o‘tkazish va tegishli choralarni ko‘rish.
|
1. Tabiiy omillar yoki kasallik va zararkunandalar ta’sirida zararlangan daraxt va butalarni doimiy ravishda fitosanitar nazoratidan (monitoring, dala nazorati) o‘tkazib ular haqida ma’lumotlar va manzillari hududlar kesimida zararlangan maydonlar xaritasini bo‘yicha yillik xaritanomalar tuzish.
|
Mahalliy budjet mablag‘lari
|
Har yili aprel — avgust
|
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
2. Xatlov natijalari hamda zararlangan maydonlar bo‘yicha yillik xaritanomalarga ko‘ra zararlangan daraxt va butalarni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish.
|
Daraxtlar vegetatsiya davrida
|
3. O‘suvchanlik imkoniyati va yashovchanligini saqlab qolish imkoniyati past darajadagi daraxtlar ro‘yxati va ular haqida ma’lumotlarni to‘plab ularni kesish choralarini ko‘rish uchun tegishli hudud hokimiyatlarini qarorlarini qabul qilishga kiritish.
|
Avgust — oktyabr
|
4. O‘suvchanlik imkoni bo‘lmagan daraxtlarni kesish va ular o‘rniga daraxt ko‘chatlarini ekish choralarini ko‘rish.
|
Dekabr — fevral
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
5a-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish dasturining
PROGNOZ KO‘RSATKIChLARI
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
IV. Toshkent shahri atrofida yaratilgan “yashil belbog‘”larda biologik xilma-xillikni saqlash va ularni qayta tiklash tadbirlari
|