|
III. Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘” barpo etishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar asosida sug‘orish tizimlarini joriy etish
|
bet | 7/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023III. Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘” barpo etishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar asosida sug‘orish tizimlarini joriy etish
7.
|
Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun zarur ko‘chatlar bilan ta’minlash maqsadida O‘rmon xo‘jaligi agentligiga jami 60 gektar yer maydonlari ajratish.
|
1. Ko‘chatxonalar tashkil etishga yer maydonlarini tanlash.
2. Tanlangan yer maydonlarini O‘rmon xo‘jaligi agentligiga 10 yil muddatga biriktirish uchun tegishliligi bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining tegishli qarorini qabul qilish.
|
Mahalliy budjet mablag‘lari
|
Uch oy muddatda
|
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi
|
8.
|
Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etishda sug‘orish tizimlarini joriy etish, ularni parvarish qilishni amalga oshirish.
|
1. “Yashil belbog‘”lar barpo etilgan maydonlarda sug‘orish tizimlarini o‘rnatish va ta’mirlash.
2. Daraxtlarni saqlash va zarur agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish.
|
Mahalliy byudjet mablag‘lari
|
2024 — 2026-yillar
|
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi
|
9.
|
Daraxtlarni tomchilab sug‘orish tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish.
|
1. Tasdiqlangan loyiha asosida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida mavjud quduqlardan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish yoki yangi quduqlarni barpo etish choralarini ko‘rish.
2. Daraxtlarni sug‘orish jarayonida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar yordamida tomchilab sug‘orish usulini yo‘lga qo‘yish.
|
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari
|
2024 — 2026-yillar
|
Toshkent shahar hokimligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi
|
10.
|
“Yashil belbog‘”lar barpo etishni tashkil etish maqsadida iqlim sharoitiga mos, suvsizlikka chidamli ko‘chatlarni yetishtirish bo‘yicha innovatsion ko‘chatxonalarni tashkil etish.
|
1. Yangi manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini mahalliylashtirish, seleksion ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.
2. Seleksiya ishlariga xorijiy va mahalliy mutaxassislarni, mustaqil izlanuvchilarni jalb etish va ilmiy ishlanmalarni amalga oshirishga sharoit yaratish.
3. Olib borilgan izlanishlar va o‘rganilgan xorijiy tajriba asosida uslubiy qo‘llanma yaratish.
4. Tuproq-iqlim sharoitlariga mos, suvsizlikka chidamli daraxt navlarini ko‘paytirish maqsadida ko‘chatxonalarni tashkil etish.
|
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, grant va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari
|
Doimiy ravishda
|
Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Ekologiya vazirligi
|
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
III. Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘” barpo etishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar asosida sug‘orish tizimlarini joriy etish
|