|
Bosqichlar
Subyektlar
|
bet | 2/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023Bosqichlar
| |
Subyektlar
| |
Tadbirlar
| |
Muddatlar
| | | | | | | | | | |
1-bosqich
| |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida tashkil etilgan ishchi guruhlari
| |
Hududlarda shamol va garmselning salbiy ta’siri, suv obyektlarining joylashishi, qum va chang ko‘tarilish ehtimoli yuqori bo‘lgan maydonlar, shamolning kuchi va yo‘nalishi, yog‘ingarchilik, shamol eroziyasi, qum va chang bo‘ronlari ko‘tarilishining asosiy sabablari hamda boshqa ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi.
| |
Har yili 10-martga qadar
| | | | | | | | | | |
O‘rganish ishlari yakuniga ko‘ra shakllantirilgan ma’lumotlar asosida manzilli dasturlarni ishlab chiqadi, bunda:
har bir loyiha pasporti (asosiy ko‘rsatkichlari) va annotatsiyalari;
har bir tuman (shahar) va tegishli hudud bo‘yicha yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini bajarish bosqichlari aks ettirilgan xaritalari (sxemalar) ilova qilinishini ta’minlaydi.
| |
Har yili 1-mayga qadar
| | | | | | | | | | |
Yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha shakllantirilgan manzilli dasturning:
tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tegishli qaror bilan tasdiqlanishini ta’minlaydi.
| |
Har yili 15-mayga qadar
| | | | | | | | | | |
2-bosqich
| |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
| |
Yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchun tanlangan yer maydonlarini ajratish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
tasdiqlangan manzilli dasturlarni Ekologiya vazirligiga taqdim etadi;
manzilli dasturlarga:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma va yer maydonlarini ajratish to‘g‘risidagi qarorlar;
yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshiriladigan joyning xaritalari (sxemalari) ilova qilinadi.
| |
Har yili 1-iyunga qadar
| | | | | | | | | | |
3-bosqich
| |
Ekologiya vazirligi
| |
1. Taqdim etilgan manzilli dasturlarning to‘liq o‘rganib chiqilishini hamda ekologik ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
2. Manzilli dasturlarni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bunda, rad etilgan manzilli dasturlarni qayta ishlab chiqish uchun hududlarga yuboradi.
3. Ma’qullangan manzilli dasturlarni umumlashtirib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
| |
Har yili 15-iyunga qadar
| | | | | | | | | | |
4-bosqich
| |
Vazirlar Mahkamasi
| |
Kelgusi yilda respublikada yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlaydi.
| |
Har yili 1-iyulga qadar
| | | | | | | | | | |
5-bosqich
| |
Ekologiya vazirligi
| |
1. Tasdiqlangan manzilli dasturlarda belgilangan tadbirlar doirasida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq ishlab chiqadi.
2. Ekologiya vazirligi tizimidagi “Yashil loyiha” loyihalash instituti bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma tuzadi.
3. Muayyan loyiha-smeta hujjatining mazmuni va tarkibi hamda ishlab chiqilayotgan bo‘limlar ro‘yxati, loyihalanayotgan obyekt xususiyatiga qarab, aniqlashtirilishi va qisqartirilishini va ushbu talablarning loyiha topshirig‘ida belgilanishini ta’minlaydi.
| |
Har yili 1-sentabrga qadar
| | | | | | | | | | |
6-bosqich
| |
Ekologiya vazirligi
| |
1. “Binolardan foydalanish va qurilish-ta’mirlash ishlari direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriqlar asosida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshiradi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.
2. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tegishli tizim tashkilotlaridan ekspertizadan o‘tkazadi.
| |
Shartnomada belgilangan muddatda
| | |
3. Loyiha-smeta hujjatlarini 3 nusxada tayyorlaydi va bajarilgan ishlarni qabul qilib olish dalolatnomasi asosida buyurtmachiga topshiradi.
4. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarda loyiha-smeta hujjatlari ko‘rsatkichlariga amal qilinishi yuzasidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
| |
Zaruratga ko‘ra
| | | | | | | |
7-bosqich
| |
Ekologiya vazirligi
| |
Loyiha-smeta hujjatlarini qabul qilib olgandan so‘ng:
Yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazadi;
Qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan Pudratchi tashkilot bilan shartnoma tuzadi, bunda:
shartnoma uch yildan kam bo‘lmagan muddatga tuziladi;
pudratchi tashkilot tomonidan ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va saqlash tadbirlarining amalga oshirilishi shartnoma shartlarida belgilab qo‘yiladi.
| |
Bir oy muddatda
| | | | | | | | | | |
8-bosqich
| |
Tuman (shahar) hokimlari tomonidan tashkil etilgan Komissiya
|
|
| |