|
1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
|
bet | 3/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023(hokimiyat, bosh pudrat tashkiloti, manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari hamda loyiha tashkiloti, yerdan foydalanuvchilar vakillari)
| |
Yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma muddati tugaganidan so‘ng, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
tugallangan obyektlarda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi tashkilotlar ishtirokida loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tadbirlarning to‘liq amalga oshirilganligini o‘rganib chiqadi;
ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik darajasi belgilangan me’yorlar (100 foiz)dan kam bo‘lmasligini tahlil qiladi;
obyektni qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiradi, bunda, qabul qilinishi rad etilgan obyektning pudratchi tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan tiklashga qaytaradi.
qabul qilingan yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilgan hududlarni erdan doimiy foydalanuvchilar, yer egalari, ijarachilarga (foydalanuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqalar) mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida topshiradi.
| |
Zaruratga ko‘ra, tugallangan obyektlarda
| | | |
Izoh: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasi tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar:
buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
loyihachi — qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi;
pudratchi — qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
2-ILOVA
“Yashil makon” umummilliy loyihasini moliyalashtirishga qo‘shimcha mexanizmlardan tushadigan mablag‘larni
YO‘NALTIRISh MAQSADLARI
1. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “yashil belbog‘”, “yashil bog‘”, “yashil jamoat parklari”, “yashil qalqon”, “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini hamda ihota daraxtzorlarini barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, amaliy ishlarni tashkil etish va doimiy egasiga topshirilgunga qadar uch yil davomida saqlash.
2. O‘rmon xo‘jaligi tadbirlari uchun hududlarning iqlim sharoitiga mos daraxt va buta urug‘larini tayyorlash, urug‘larni belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilishini ta’minlash, urug‘chilik genbankini tashkil etish.
3. O‘rmonchilik va o‘rmon ko‘chatchiligini rivojlantirish, shu jumladan, intensiv usulda hamda yopiq ildiz tizimi bilan ko‘chat yetishtirish tizimini yaratish va uni rivojlantirish.
4. O‘rmon xo‘jaliklarida pitomniklarni tashkil etish hamda o‘rmon fondi yerlarida ko‘chatchilik sohasida kasanachilikni rivojlantirish.
5. Loyihalashtirish, yer uchastkalarini tayyorlash, kam suv talab etadigan daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirish.
6. Daraxt va butalarning kasallik hamda zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish.
7. Sug‘orish tizimlarini joriy qilish va suv ta’minotini tashkil etish tadbirlari uchun yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
3-ILOVA
Kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish
SXEMASI
|
| |