o‘rmon xo‘jaligi tomonidan




Download 0,6 Mb.
bet5/22
Sana21.02.2024
Hajmi0,6 Mb.
#159748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
PF-199 23.11.2023

o‘rmon xo‘jaligi tomonidan — kasanachiga ajratilgan yer maydoniga urug‘, qalamcha yoki nihol ekishi, uni parvarishlash uchun sug‘orish tizimini joriy etishi, talab etiladigan o‘g‘it bilan ta’minlashi, kasanachini belgilangan tartibda oylik maoshi bilan ta’minlashi, ko‘chatlar talab darajasida bo‘lganda qabul qilib olishi, yetishtirilgan ko‘chatlar umumiy hajmining 20 foizini rag‘batlantirish sifatida kasanachi ixtiyoriga qoldirishi;
kasanachi tomonidan — biriktirilgan ko‘chatzor va unga ekilgan urug‘, qalamcha hamda nihollarni moddiy javobgar shaxs sifatida ma’lum muddatga qabul qilib olishi, ularni parvarishlash, tagini yumshatish, o‘g‘it berish, sug‘orish, begona o‘tlardan tozalash, kultivatsiya qilish, tekislash, ariq olish, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlarini bajarishi, urug‘, qalamcha hamda nihollarni kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish, ko‘chatxonani muhofaza qilish va qo‘riqlash tadbirlarini amalga oshirishi, ko‘chatlarni talab darajasidagi (ko‘chat balandligi, shoxlanishi, sog‘lomligi, ko‘chat tanasining to‘g‘ri rivojlanganligi va qalinligi) ko‘rsatkichda o‘rmon xo‘jaligiga topshirishi kabi talablar (shartlar) aks ettiriladi.
Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi va kasanachi o‘rtasida shartnoma asosida qo‘shimcha kelishuvlar rasmiylashtirilishi mumkin.

Kelishuv asosida

2-bosqich

Kasanachi

1. O‘rmon xo‘jaligi tomonidan biriktirilgan ko‘chatzordan samarali foydalanishni tashkil etadi, yer maydoni va unga ekilgan urug‘, qalamcha hamda nihollarni ma’lum muddatga moddiy javobgar shaxs sifatida qabu� qilib oladi.
2. Biriktirilgan ko‘chatzordagi urug‘, qalamcha hamda nihollarni parvarishlash, tagini yumshatish, o‘g‘it berish, sug‘orish, begona o‘tlardan tozalash, kultivatsiya qilish, tekislash, ariq qazish, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlarini bajarish, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish, ko‘chatxonani muhofaza qilish va qo‘riqlash tadbirlarini amalga oshiradi.
3. Biriktirilgan ko‘chatzorda ekilgan urug‘, qalamcha va nihollarni talab darajasida, jumladan daraxt-butalar turlariga bog‘liq holda ko‘chatlarning balandligi, shoxlanishi, sog‘lomligi, ko‘chatlar tanasining to‘g‘ri rivojlanganligi va qalinligi kabi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qilgan holda yetishtirishni ta’minlaydi.
4. Talab darajasida yetishtirilgan ko‘chatlarni belgilangan tartibda (ko‘chatlarga mexanik shikast yetkazmagan holda) o‘rmon xo‘jaligiga yetkazib beradi.

Doimiy, shartnomaga muvofiq

3-bosqich

Ekologiya vazirligi

1. Kasanachilik asosida ko‘chatchilikni rivojlantirish, tuproq-iqlim sharoitlariga mos daraxt va butal�rning urug‘, nihol, qalamchalarini tayyorlash va yetishtirish, shuningdek, boshqa ko‘chatchilik bilan bog‘liq tadbirlarni dastlabki bosqichda moliyalashtirishga ko‘maklashadi.
2. Kasanachilik asosida ko‘chatchilikni rivojlantirish uchun mahalliy hokimlik va vazirliklar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.
3. Ekilgan ko‘chatlarni “Yashil makon” elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi.

Lozim topilganda

4-bosqich

O‘rmon xo‘jaligi

1. Kasanachilar tomonidan yetishtirilgan daraxt-butalar ko‘chatlarini belgilangan tartibda qabul qilib oladi.
2. Ko‘chat yetishtiruvchi va ekuvchilar o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlaydi, shartnoma shartlari ijrosini ta’minlaydi. Etishtirilgan va ekishga tayyor ko‘chatlarni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekuvchilarga yetkazib berish choralarini ko‘radi.

Har yili bahor va kuz mavsumida

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. O‘rmon xo‘jaliklarining mavjud yerlari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda zarurat bo‘lganda kasanachilik asosida ko‘chatchilikni rivojlantirish uchun yer maydonlarini ajratadi.
2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa ko‘chat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan yetishtirilgan ko‘chatlarni xarid qilinishiga ko‘maklashadi.
3. Ko‘chat ekish uchun yerlarni aniqlab beradi, doimiy parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, muhofaza qilish va qo‘riqlash ishlarini amalga oshirish uchun mas’ullarni belgilaydi.

Doimiy

6-bosqich

Ko‘chat ekuvchi subyektlar

1. O‘rmon xo‘jaliklari va boshqa ko‘chat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan yetishtirilgan va tuproq-iqlim sharoitlariga mos daraxt-butalar ko‘chatlarining tanlangan hududlarga ekilishini ta’minlaydi.

Har yili bahor va kuz mavsumida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
4-ILOVA
2024 — 2026-yillarda ihota daraxtzorlarini barpo etish
KO‘RSATKIChLARI


Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



o‘rmon xo‘jaligi tomonidan

Download 0,6 Mb.