|
II. Ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash
|
bet | 15/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023II. Ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash
9.
|
Orol dengizining g‘arbiy qismidagi hududlarning gidrogeologik salohiyatini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi erosti suvlari holati to‘g‘risida yangi xarita ishlab chiqish.
|
1. Orol dengizining g‘arbiy qismida gidrogeologik izlanishlar olib borishning loyiha-smetalarini ishlab chiqish.
|
2024-yil dekabr
|
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi mablag‘lari
(4 mlrd so‘m)
|
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
|
2. Tasdiqlangan loyiha-smetalariga muvofiq gidrogeologik izlanishlar olib borish.
3. Yerosti suvlari xaritasini yangilash uchun zarur bo‘lgan gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish, to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish.
4. Xaritalarni elektron shaklda ishlab chiqish va chop etish.
5. Tayyorlangan materiallarni maqsadli foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligiga taqdim etish.
|
2025-yil davomida
|
10.
|
Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi qoshida tashkil etilgan o‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi va texnopark faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
|
1. O‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi va texnoparkni asbob-uskunalar va mebellar bilan ta’minlash.
|
2024-yil aprel
|
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(4 mlrd so‘m)
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
Fanlar akademiyasi
|
2. O‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi va texnoparkning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yishni ta’minlash, rivojlangan xorijiy davlatlarning o‘simliklar genbanki tizimini o‘rganish maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb qilish.
|
2024-yil dekabr
|
3. Istiqbolli cho‘l hamda dorivor o‘simliklarni “in vitro” sharoitida ko‘paytirish va ularning genbankini yaratish.
|
2025-yil dekabr
|
11.
|
Mo‘ynoq tumanida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar parkini tashkil etish, Orolbo‘yi hududida ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish va malakali o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish.
|
1. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ishchi guruhlar tuzish.
|
2024-yil sentyabr
|
Mablag‘ talab qilinmaydi
|
Ekologiya vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
O‘rmon xo‘jaligi agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Ishchi guruhlar tomonidan takliflarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
|
2024-yil oktyabr
|
3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda vazirliklar va idoralar bilan kelishish.
|
2024-yil noyabr
|
4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2024-yil dekabr
|
12.
|
Ekologik ta’lim va innovatsiyalar klasteri tizimini yaratish.
|
1. Barcha ta’lim turlarida ekologik ta’lim-tarbiyani mustaqil o‘quv kursi sifatida tegishli yo‘nalishdagi kadrlar tayyorlash o‘quv rejasining majburiy fanlar blokiga kiritish.
|
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab doimiy
|
Mablag‘ talab qilmaydi
|
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim turlarini o‘zida mujassamlashtirgan ekologik ta’lim va innovatsiyalar klasteri tizimini joriy qilish maqsadida ishchi guruh tuzish.
|
2024-yil yanvar
|
3. Ishchi guruh tomonidan berilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2024-yil mart
|
13.
|
Orol dengizining qurigan tubidagi yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish.
|
1. Amaliy va innovatsion loyihalar milliy tanlovini e’lon qilish.
2. Milliy tanlov g‘oliblarni aniqlash.
3. Milliy tanlov g‘oliblarining amaliy va innovatsion loyihalarini moliyalashtirish.
|
2024-2025-yillar
|
2024-2025-yillar
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, loyihalar ijrochilari
|
14.
|
Orol dengizi mintaqasi iqlimiga mos keladigan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan havoni tozalash qurilmasini yaratish.
|
1. Orol dengizi mintaqasi havosida eng ko‘p uchraydigan va inson salomatligi yoki atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan elementlarni aniqlash va ularning xususiyatlarini o‘rganish.
|
2024-yil — iyul
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli jamg‘armasi
(1,5 mlrd. so‘m)
|
Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
|
2. Mavjud havoni tozalash texnologiyalarini ko‘rib chiqish va ular orasidan mintaqa iqlimiga eng mosini tanlash.
|
2024-yil dekabr
|
3. Orolbo‘yi mintaqasining iqlim sharoitlari va o‘ziga xos ehtiyojlariga javob beradigan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan havoni tozalash qurilmasi namunasini tayyorlash.
|
2025-yil iyul
|
4. Havoni tozalash qurilmasini o‘rnatish, ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanma va o‘quv materiallarini ishlab chiqish.
|
2025-yil noyabr
|
15.
|
Orolbo‘yi hududi va Orol dengizining qurigan tubidagi suv havzalarining gidrobiologik tarkibini aniqlash hamda istiqbolli suv o‘tlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish.
|
Orolbo‘yi hududi va Orol dengizining qurigan tubidagi suv havzalari gidrobiontlarining hozirgi ekologik holatini kompleks monitoring qilish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Davlat budjeti mablag‘lari
|
Fanlar akademiyasi,
O‘zbekiston Milliy universiteti,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
16.
|
Krotalyariya (Crotalaria juncea), Kinoa (Chenopodium quinoa) va boshqa sho‘rlanishga, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarni Orolning qurigan tubida introduksiya qilish asosida yuqori kaloriyali ozuqa yetishtirishning arzon, resurs-tejamkor usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
|
1. Orolning qurigan tubida o‘simliklarni tajriba-sinov uchastkasida yetishtirish hamda ularning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy va farmakologik xususiyatlarini o‘rganish.
|
2024-2025-yillar
|
Innovatsion rivojlanish agentligining davlat ilmiy-texnik dasturlari mablag‘lari
(4 mlrd so‘m)
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
|
2. Hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ularni sanoat usulida yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish.
|
2024-2025-yillar
|
3. O‘simlik xomashyosidan tola (sellyuloza), dori vositalari, yuqori kaloriyali ozuqa birikmalari ishlab chiqarishni amaliyotda yo‘lga qo‘yish.
|
2025-2026-yillar
|
17.
|
Orolning qurigan tubida mavjud yovvoyi hayvon va o‘simlik turlarini quruqlikda hamda dronlar yordamida xatlovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish.
|
1. Mavjud yovvoyi hayvon va o‘simlik turlarini ilmiy manbalar asosida kameral o‘rganish.
2. Yovvoyi hayvonot va o‘simlik turlarini quruqlikda hamda dronlar yordamida xatlovdan o‘tkazish maqsadida ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish.
3. O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan yovvoyi hayvon va o‘simliklar turlari hamda ularning miqdori haqidagi ma’lumotlarni O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri elektron ma’lumotlar bazasiga kiritish.
|
2024-2025-yillar
|
Xalqaro moliya institutlari va xalqaro donor tashkilotlar mablag‘lari
(4 mlrd so‘m),
Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida
|
Ekologiya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
|
18.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi innovatsion, ilmiy hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
|
1. “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli yoshlar o‘rtasida tanlov e’lon qilish.
2. Tanlov yakunlari bo‘yicha innovatsion, ilmiy hamda startap loyihalarga ega iqtidorli yoshlar va tanlov g‘oliblarini aniqlash.
3. Iqtidorli yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(5 mlrd so‘m)
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi
|
19.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasining oldini olish, yuqori mahsuldorlik salohiyatiga erishish, tuproq unumdorligini tiklash.
|
1. Tuproq tahlillari asosida tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini va minerologik tarkiblarini, zaharli elementlar bilan ifloslanish, sho‘rlanish darajasini baholash.
2. Tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini va minerologik tarkiblari, zaharli elementlar bilan ifloslanish darajasini aks ettiruvchi 3D formatdagi tuproq ekologik xaritalarini ishlab chiqish.
3. Ekin maydonlarida tuproqning agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritalarni, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida
(6 mlrd. so‘m)
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
|
20.
|
Orol dengizining qurigan tubida kompleks monitoring olib borish maqsadida “Akpetki” va “0 — km” hududlarda 2 ta ilmiy-tadqiqot stansiyasini tashkil etish.
|
1. Ilmiy-tadqiqot stansiyalari uchun modul tipidagi uylarni qurish, zarur maxsus metereologik va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter jihozlari, transport vositalari hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida suv, elektr, issiqlik energiyasi ta’minoti infratuzilmasini yaratish orqali ilmiy izlanishlar va tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar xodimlarini ilmiy izlanishlar va tadqiqot ishlarini amalga oshirishga keng jalb qilish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida
(5 mlrd so‘m)
|
Ekologiya vazirligi,
Oliy ta�lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,
Gidrometeorologiya xizmati agentligi
Fanlar akademiyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
|
21.
|
Orolbo‘yi hududlarida o‘simliklarning to‘liq oziqlanishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan nou-xau — yangi avlod bioo‘g‘itlar asosida yaratilgan yangi ekologik xavfsiz, resurstejamkor, iqtisodiy jihatdan samarali bioagrotexnologiyani qo‘llash choralarini ko‘rish.
|
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bioagrotexnologiya qo‘llanadigan hududlarni aniqlash.
2. Belgilangan hududlarda bioagrotexnologiyani qo‘llash smetasini ishlab chiqish.
3. Bioagrotexnologiyani qo‘llash bo‘yicha dala mashg‘ulotlari va seminarlar tashkil etish.
4. Belgilangan hududlarda biotexnologiyalarni qo‘llash.
|
2024 — 2026-yillar
|
Mahalliy budjet mablag‘lari
(4,5 mlrd so‘m)
|
Oliy Majlis Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi (kelishuv asosida),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Xorazm viloyati hokimligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
22.
|
Mavjud ekologik vaziyat hamda tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda Orolbo‘yi hududidagi tabiiy yaylov va pichanzorlarning yagona tasnifini ishlab chiqish.
|
1. Orolbo‘yi hududidagi tabiiy yaylov va pichanzorlarning kadastr ma’lumotlarini shakllantirish.
2. Cho‘llanish fonida tabiiy yaylov va pichanzorlar holati hamda ulardagi salbiy o‘zgarishlar asosida ma’lumotlar tayyorlash.
3. Orolbo‘yi hududidagi tabiiy yaylov va pichanzorlarning tasnifi, kadastr ma’lumotlari holatining monitoringi natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida,
Ekologiya jamg‘armasi
(2.7 mlrd so‘m)
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi,
Ekologiya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
|
23.
|
Aholi yashash punktlarini ko‘kalamzorlashtirish uchun mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bilan ta’minlash maqsadida ko‘chatxonalar tarmog‘ini kengaytirish, na’matak, chakanda, qizilmiya kabi dorivor hamda terakning mahalliy navlari, gujum, katalpa o‘simliklari plantatsiyalarini tashkil etish.
|
1. Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini, dorivor o‘simliklarni ekish uchun yaroqli yer maydonlarini tanlash va ajratish.
2. Zarur mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, dorivor o‘simliklar urug‘larini jamg‘arish va ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish.
3. Dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini yaratish.
4. Ko‘kalamzorlashtirish uchun mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Xalqaro moliya institutlari, ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida
(3 mlrd so‘m)
|
Ekologiya vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat
va savdo vazirligi
|
24.
|
Orolbo‘yi va Orol dengizining qurigan tubida sodir bo‘layotgan tabiiy hodisalar hamda jarayonlarni doimiy tizimli inventarizatsiya qilish, monitoringini yuritish, shuningdek, modellashtirish uchun sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalari asosida monitoring markaz tashkil etish.
|
1. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarining ko‘p yillik ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
2. Geoaxborot tizimi ma’lumotlarini dala ekspeditsiyalari orqali olishning doimiy inventarizatsiya va monitoringini tashkil etish.
3. “Yashil qoplamalar”, botqoqliklar, erosti suvlari va sho‘rlangan yerlar xaritasini shakllantirish.
4. Ekoturizmni samarali tashkil etish uchun hududning ekologik atlasini yaratish.
5. Iqlim o‘zgarishining hududga ta’sirini va landshaft ekotizimini baholash.
6. O‘rmon xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi hamda sug‘oriladigan maydonlarning ekologik holatini baholash.
7. Yovvoyi hayvonot va o‘simlik dunyosi monitoringi va kadastri bo‘yicha yagona axborot bazasini yaratish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida,
Ekologiya jamg‘armasi
(5 mlrd so‘m)
|
Ekologiya vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mashinalarini mexanizatsiyalashtirish instituti” milliy tadqiqot universiteti
|
25.
|
Orolbo‘yi hududida baliqchilik sohasida baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish.
|
1. Orolbo‘yi mintaqasidagi tabiiy va sun’iy suv havzalarida baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish.
2. Baliqchilik va baliq ovlash tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish.
3. Baliq mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish.
4. Baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(3 mlrd so‘m)
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Ekologiya vazirligi
|
26.
|
Suvni tejaydigan sug‘orish tizimidan foydalangan holda mevali daraxtlarning serhosil va tejamkor ko‘rgazmali intensiv bog‘i hamda plantatsiyasini yaratish.
|
1. Loyiha taklifini va to‘liq hujjatini ishlab chiqish.
2. Moliyalashtirishni tasdiqlash va loyihani ishga tushirish.
3. Suvni tejaydigan sug‘orish tizimidan foydalangan holda mevali daraxtlarning serhosil va tejamkor ko‘rgazmali intensiv bog‘i hamda plantatsiyasinii yaratish.
4. Fermerlar va mahalliy aholiga bog‘dorchilik sohasida trening hamda seminarlar tashkil yetish orqali zamonaviy bog‘dorchilik ko‘nikmalarini o‘rgatish, ularning salohiyatini oshirish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Mahalliy budjet
mablag‘lari
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi
|
27.
|
Orolbo‘yi hududida asalari oilasini boqishning yangi innovatsion texnologiyasini yaratish, saksovullar orasida mahalliy yantoq turlarini ko‘paytirish asosida asalarichilik uchun ozuqa bazasini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish.
|
1. Orolning qurigan tubida mahalliy iqlim sharoitlariga moslashgan asalari oilalarini boqishning yangi innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish.
2. Mahalliy yantoq turlarining urug‘chilik bazasini shakllantirish.
3. Yantoq urug‘larining unuvchanligini oshirishda mahalliy biopreparatlar ta’sirini o‘rganish.
4. Mahalliy yantoq turlarini “in vitro” usulida ko‘paytirish mexanizmlarini yaratish.
5. Orolning qurigan tubiga ekilgan saksovullar orasidagi mahalliy yantoq turlarining ko‘payish jarayonini monitoring qilish.
6. Yantoq turlarini ko‘paytirish asosida hududda asalarichilikni rivojlantirish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(5 mlrd so‘m)
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
28.
|
Amudaryo daryosi havzasi va deltasi suvli botqoq yerlari bioxilmaxilligi va ekotizimining hozirgi holatini baholash.
|
1. Amudaryo daryosi havzasi va deltasining hozirgi ekologik holatlarini o‘rganish.
Amudaryo daryosi havzasi va deltasi hududlari bioxilmaxilligi va ekotizimining iqlim o‘zgarishiga moslashuvchanligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va ularning hozirgi holatini baholash.
|
2025-2026-yillar
|
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(2 mlrd so‘m)
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi
|
29.
|
O‘zbekistonda tabiiy va ekologik turizm salohiyatini oshirish uchun tarixiy rekratsion obyektlarning ekologik holatini baholash.
|
1. Tarixiy rekratsion obyektlarning hozirgi ekologik holatini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.
2. Tarixiy rekratsion obyektlarda ekologik turizmni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
|
2024-2025-yillar
|
Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari
(2 mlrd so‘m)
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi
|
30.
|
Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida o‘simliklar ildiz qismida namlikni saqlash, o‘sishini jadallashtirish va suv resurslarini tejovchi meliorantlar olish texnologiyasini yaratish.
|
1. Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilaridan meliorantlar olish texnologiyasini yaratish va jarayonning optimal parametrlarini aniqlash.
|
2024-yil dekabr
|
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(2 mlrd so‘m)
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
Fanlar akademiyasi
|
2. Yaratilgan texnologiya asosida mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilaridan fitomeliorantlarning tajriba partiyasini olish va dala sharoitida sinovlar o‘tkazish.
|
2025-yil dekabr
|
31.
|
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning elektron platformasini yaratish.
|
1. “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, fotoalbomini yaratish.
2. GAT asosida turlarning tarqalishini aks ettiruvchi xaritalarini tuzish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining kelgusidagi nashri uchun kamyob va endem turlar bo‘yicha takliflar tayyorlash.
4. Qo‘riqxona florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning elektron platformasini yaratish.
|
2024-2025-yillar
|
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(2 mlrd so‘m)
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi
|
32.
|
“Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tijoratlash-tirishga tayyor innovatsion ishlanmalar va loyihalar tanlovini tashkil etish.
|
1. Tanlovga arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, tegishli tadbirlarni tashkil etish.
2. Tanlov doirasida ekologik xavfsiz texnologiyalar va “yashil iqtisodiyot” loyihalari bilan bog‘liq taqdimotlar, seminar-treninglar va davra suhbatlari o‘tkazish.
3. Amaliyotga joriy etilgan innovatsion loyihalar tajribasini keng yoritish hamda g‘oliblarni munosib taqdirlash.
|
2024 — 2026-yillar
|
Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari
(5 mlrd so‘m)
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
O‘zbekiston ekologik partiyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi
|
33.
|
Orolbuyi hududi uchun Global yashil o‘sish institutining Greenpreneurs — “Yashil” tadbirkorlik dasturi doirasida tajriba almashish o‘quv dasturini amalga oshirish.
|
1. Virtual kurslar, mentorlik dasturi, tadbirlar va tarmoq imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan inkubatsiya va tezlashtiruvchi dasturlarni ishlab chiqish.
2. “Yashil” tadbirkorlik biznes modellarining yechimiga bag‘ishlangan o‘quv dasturlarini amalga oshirish.
3. Erta bosqichdagi o‘rta va kichik biznes vakillarini, shu jumladan ayollar orasida “yashil” tadbirkorlikni va ekologik holatni yaxshilash asoslari bo‘yicha ma’ruzalar va mahorat darslari tashkil etish.
|
2024-2025-yillar
|
Mablag‘ talab etilmaydi
|
Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
34.
|
Orolbuyi hududida iqlim o‘zgarishi jarayonlarining iqtisodiyotga, atrof-muhitga ta’sirini tahlil qiluvchi va “yashil” yechimlar bo‘yicha tavsiyalar beruvchi modellar to‘plamini yaratish.
|
1. Qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini baholash maqsadida Climate-Resilient Green Growth Assessment (CRGG) va Green Recovery Investment Analysis (GRIA) modellar to‘plamini ishlab chiqish.
2. Modellar to‘plamini Orolbuyi hududidagi qishloq xo‘jaligida va OTM hamda ITIlarda tatbiq etish.
3. Global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri, sezgirligini va moslashuvchanligini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.
|
2024-2025-yillar
|
Mablag‘ talab etilmaydi
|
Ekologiya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II. Ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash
|